Ayrim zararli moddalarning ruxsat etilgan mikdori
№
|
Moddalarning Nomi
|
PDK,
Mg/m3
|
Xavflilik sinfi
|
Agregat
holati.
|
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10
|
Ammiak
Atseton
Benzin
Geksaxloron
Simob
Qo`rg’oshin va uning noorganik birikmalari
Tamaki
Xlor
Don changlari
O`simlik yoki hayvon changlari
|
20
200
100
0,1
0,01
0,01
3,0
1,0
4,0
4,0
|
4
4
4
1
1
1
3
2
4
4
|
Bug’
Bug’
B
B-A
B
A
A
B
A
A
|
Izoh: B-bug’ yoki gaz, A-aerozol, B-A-bug’ (gaz) va aerozol aralashmasi holatlarida.
2.2. Chang miqdorini aniqlash asbobi qurilmasining
tuzilishi
Ish joylari havosi tarkibidagi zararli changlar miqdorini aniqlashda aspiratordan foydalaniladi. Ushbu moslamaning ishlash tartibi tortib ko`rish uslubiga asoslangan bo`lib, unga o`rnatilgan AFA-V filtrlari nafaqat mexanik usulda, balki filtrdagi materiallarning elektrostatik xususiyatlari asosida ham changlarni tutib qoladi.
Aspirator changlangan havoni maxsus filtr (4) orqali so`rib olish uchun xizmat qiladi va u 220V kuchlanishdagi elektr tarmog’i yordamida ishlaydi. Asbob so`ruvchi nasos va ish unumdorlikni (so`rish qobiliyatini) rostlovchi 4ta rotametrdan tashkil topgan bo`lib, uning so`ruvchi shtutseri rezina quvur yordamida allonj bilan birlashtirilgan.
2.1.-Rasm. Changlanish darajasini aniqlash qurilmasining sxemasi
1-aspirator; 2-chang kamerasi;
3-allonj; 4-filtr; 5-birlashtiruvchi rezina quvur; 6-shtutser; 7-rostlash klapani; 8-rotametr.
Allonj filtrni o`rnatish uchun xizmat qiladi va u aspirator rotametrining so`ruvchi shtutseriga rezina quvur yordamida birlashtiriladi, ikkinchi tomoni esa chang kamerasiga ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |