Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


-ish. LAKTATDEGIDROGENAZA FERMENTI FAOLLIGINI


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

130-ish. LAKTATDEGIDROGENAZA FERMENTI FAOLLIGINI
ANIQLASH
Usulning asosi: sut kislotaning pirouzum kislotaga aylanish reaksiyasi
tezligini o‘lchash, pH 10 da reaksiya muvozanati laktatni pirouzum kislotaga aylanish
tomon suriladi. Ferment faolligi o‘lchovi 340 nm da E tezligi oshishga bog‘liq,
chunki oksidlangan va qaytarilgan NAD
+
ning spektr yutishi turlicha bo‘ladi.
Laktatdegidrogenaza faolligi birligi qilib (DE) optik zichligining 0,001 ga nisbatan
oshganligi olinadi.
Tekshiriluvchi material: qon zardobi.
Reaktivlar: inkubatsion aralshma: 0,1 ml qon zardobi, 0,1ml NAD
+
, 0.02M; 2 ml glitsin buferi 0,1
M (pH i 10,0), 0,5 ml 0,5M D1- laktat eritmasi va 1 ml distillagan suv.
Kerakli anjomlar: SF- 6 markali spektrofotometr.
Bajariladigan ish tartibi: probirkaga inkubasion aralashma solib 30 daqiqa
davomida 37
0
C da saqlanadi. Probirkalarning qaynab turgan suvga 3 daqiqa qo‘yish
bilan reaksiya tugatiladi. Tekshiruv probirkasi bilan bir qatorda nazoat probirkasi
ham qo‘yiladi. Bunda 0,1 l qon zardobi o‘rniga 0,1 ml suv olinadi. 340 nm da tajriba
va tekshiruv probirkalarni solishtirish bilan boshlanishi hisobga olinadi va har 30
sekundda 3 daqiqa davomida E zichligi va NADH (H
+
) hosil bo‘lishi natijasida uning
optik zichligi oshib borshi yozib boriladi.
23-rasm.
Ferment faolligi quydagi tenglama asosida hisoblanadi.
T
E
E
100


E – zichlikning nisbiy birlikda ifodalangan ferment faoligi.
E – optik zichlikning 5 daqiqa ichidagi yig‘indisi, nazorat probirkasiga
nisbatan har 1 daqiqa o‘lchaniladi.
T - inkubatsion vaqt.
1000-100 ml qon zardobiga o‘tkazish koeffitsienti.
Sog‘lom odamlarda laktatdegidrogenaza faolligi 80-250 ga, o‘rta hisobida 180
TB ga teng. Ferment faolligi hosil bo‘lgan NADH (H
+
) ni mmol/10 ml qon zardobi
hisoblash mumkin.
Laktatdegidrogenaza faolligi miokard jarohatllanganda, leykozlarda, buyrak
kasalliklarida, gemolitik o‘roqsimon hujayra anemiyasida, trombotsitopeniyalarda,
yuqumli mononukleozlarda, shiddatli mushak distrofiyalarida ortadi. To’qima
nekroziga uchragan barcha kasallik (miokard infarkti, buyrakning nekrozlanishi, sariq
kasalligi - gepatit, pankreatit (me’da osti bezining yallig‘lanishi), o‘smalar odatda
qon zardobi laktatdegidrogenazasining faolligi oshishga olib keladi. Kuzatishlar shuni


176
ko‘rsatdiki, miokard infarkti xuruji boshlangandan 8-10 soat o‘tgach LDG
1
faolligi
ortadi va 23- 48 soat o‘tgach u maksimal darajaga yetadi. Yuqori darajaga
ko‘tarilgan ferment birinchi hafta davomida saqlanadi, kasallikning sakkizinchi
kuniga kelib esa u me’yoriga keladi. O‘tkir sariq kasalligining birinchi haftasida
laktatdegidrogenaza faolligi ortadi. Uning faolligi kasallikning kechishiga bog‘liq.
Ushbu ferment fraksiyalarini o‘lchash, kasallikni aniqlash, ularning farqlash
kasallikning darajasini aniqlashda katta ahamiyatga ega.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling