Tibbiyot kаsbigа kirish (Хirurgik bеmоr bоlаlаrni pаrvаrish qilish)


Bemorni kuzatish va parvarishlash


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana13.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1455389
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
lf-1-uz Tibbiyot kаsbigа kirish (Хirurgik bеmоr bоlаlаrni pаrvаrish qilish) Amaliy mashg’ulot materiallari

Bemorni kuzatish va parvarishlash. Operatsiyadan keyingi davrda bemorni
kuzatish va parvarishlashda vrach roli katta ahamiyat kasb etadi.Bemor
shikoyatini tinglash, bemorni yuzi holatiga (stradalgik, xotirjam, tetik va h.o.),
teri rangiga (rangpar, qizargan, ko’kargan) va tana haroratiga (tushishi,
normal, ko’tarilishi) ahamiyat qilish lozim. Har kuni bemorni umumiy ko’rikdan
o’tkazish kerak. Hayotiy muhim a’zolar faoliyatini doimo kuzatib turish lozim.
Har xil asoratlarni oldini olish – bu to’g’ri tashkil qilingan bemorni
parvarishidir.
Yurak qon-tomir faoliyatini puls, arterial bosim, teri rangi baholaydi. Puls
sekinlashib to’liqligini kuchayishi (daqiqada 40-50 zarba) markaziy nerv
sistemasini buzilishi (bosh miya shishi yoki bosh miyaga qon quyilishi), 
meningit sababli bo’lishi mumkin. Puls tezlashib to’liqligini susayishi
(daqiqada 100 zarba) ikkilamchi shokdan yoki qon ketishdan dalolat beradi.
Agarda ushbu holat birdan, ko’krak qafasida og’riq va qon tuflash bilan
boshlansa o’pka arteriyasi emboliyasi to’g’risida o’ylash mumkin. Bu holda
bemor bir necha soniyada o’lib qoladi.


Operatsiyadan so’nggi davrda operatsiya turi, hajmidan qat’iy nazar o’pka
ventilyatsiyasi kamaydi (yuzaki, tez nafas olish). Bu holat o’pka nafas
ekskursiyasini kamayishi (og’riq, bemorni majburiy holati), bronxlarga
suyuqlik to’planishi (balg’amni yaxshi ko’chmasligi) bilan bog’liq bo’ladi.
Bunday holatlar nafas yetishmovchiligiga va o’pka yallig’lanishiga olib keladi.
Nafas yetishmovchiligi va operatsiyadan keyingi davrda o’pka yallig’lanishini
profilaktikasi: bemorni erta aktiv harakatlantirish, davolovchi fizkultura,
massaj, davriy ravishda kislorod ingalyatsiyasi, antibiotikoterapiya, balg’am
ko’chiruvchi dorilar berish.
Har bir operatsiya hazm qilish a’zolari faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi, hattoki
ushbu a’zolarda operatsiya o’tkazilmagan bo’lsa ham. Markaziy nerv
sistemasini tormozlovchi ta’siri, operatsiyadan keyingi davrda bemor
harakatini cheklanishi hazm qilish a’zolari disfunksiyasiga olib keladi. Hazm
qilish a’zolari “oynasi” – tildir.
Til qurishi organizmni ko’p suv yo’qotishini va suv almashinuvini buzilganini
bildiradi. Zich oq karash bilan qoplangan quruq, yorilgan til esa qorin bo’shlig’i
a’zolari patologiyasi – peritonit, ichaklar parezini bildiradi.
Og’iz quriganda og’iz bo’shlig’ini nim
tuzli suv, yoriqlar bo’lganda esa soda
eritmasi (bir stakan suvga 1 choy
qoshiq), 2% borkislotasi,
vodorodpereoksideritmasi (bir stakan
suvga 2 choy qoshiq), 0,05-0,1% kaliy
permanganat eritmasibilan chayish,
glitserin surtish tavsiya etiladi. Og’iz
qurish fonida stomatit (og’iz shilliq qavati yallig’lanishi) yoki parotit (quloq
orldi bezi yallig’lanishi)rivojlanishi mumkin. Salivatsiyani kuchaytirish
maqsadida suvga limon yoki klyukva soki qo’shiladi.
Ko’ngil aynish va qusish narkoz, intoksikatsiya, ichak tutilishi, peritonit tufayli
kelib chiqadi. Ko’ngil aynish va qusishni sababini aniqlash lozim. Birinchi
yordam: boshni yon tomonga buriladi, burundan ingichka zond o’tkaziladi va
oshqozon yuviladi.
Meteorizm sababi bo’lib ichak parezi yoki ichaklarda gaz yig’ilishi hisoblanadi.
Meteorizmni bartaraf etish uchun bemorni tez-tez turg’azish, gaz chiqaruv
naycha qo’yish, tozalovchi yoki gipertonik klizmalar qilish tavsiya etiladi.


Bemorni aktiv hvrvkatlantirish qabziyatni oldini oladi. Ovqat kletchatkaga boy
bo’lishi, ichni yumshatish effektiga (prostokvasha, kefir, mevalar) ega bo’lishi
lozim. Huqna qilsa ham bo’ladi.
Normada bemor sutkasiga 1500 ml siydik ajratadi. Ba’zi holatlarda buyraklar
faoliyati buziladi (intoksikatsiya, nerv-reflektor va h.o. sabablar), to siydik
ajratishni to’xtashigacha – anuriyagacha. Ba’zan buyrak normal ishlashi
fonida siydik ajralishi vaqtincha to’xtaydi – ishuriya, asosan nerv-reflektor
sababga ko’ra. Ishuriyada bemor ahvoli ko’tarsa bemor turg’iziladi, o’tqiziladi,
qorin pastki sohalariga isitkich qo’yiladi, isitilgan tuvakka o’tqaziladi, tog’oraga
suv tomiziladi (reflektor ta’sir). Bu muolajalar natija bermasa siydik qopiga
kateter qo’yiladi.
Operatsiyadan so’nggi davrda psixika holati katta ahamiyatga ega. Injiq bemor
rejim va ko’rsatmalarni yomon bajaradi. Shu sababli ham ularda yara bitishi
asoratli bo’ladi. Operatsiyadan so’nggi davrda nerv-psixik zo’riqishni
kamaytirish lozim. Bu esa nafaqat dori bilan, balki yaxshi parvarish bilan
amalga oshiriladi. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling