Uy sahifam
/
Mening kurslarim
/
Лечебный факультет
/
1 курс
/
O'zb
/
Tibbiyot kasbiga kirish
/
Tibbiyot kаsbigа kirish (Хirurgik bеmоr bоlаlаrni pаrvаrish qilish)
/
/
Amaliy mashg’ulot
materiallari
Tibbiyot kаsbigа kirish (Хirurgik bеmоr
bоlаlаrni pаrvаrish qilish)
Amaliy mashg’ulot materiallari
7-mаvzu.
Mavzu: Operatsiyadan keyingi davrda shifokor tomonidan bajariladigan
muolajalar ahamiyati. Operatsiyadan so’nggi davr to’g’risida tushuncha.
Operatsiyadan so’nggi davr– bu
operatsiya tugagandan to
bemorning kasalxonadan tuzalib
chiqib, mehnat
faoliyati tiklanguncha
bo’lgan davri hisoblanadi. Operatsiya
hajmi, xarakteri va bemor umumiy
holatiga ko’ra bu davr bir necha
kundan bir necha oygacha cho’zilishi mumkin.
Xirurgik operatsiya natijasi
operatsiyadan so’nggi davr qanday olib borilishiga bog’liq bo’ladi. Bu davrda
bemorlarni parvarishda o’rta tibbiyot xodimi o’rni juda katta. Vrach
ko’rsatmasini to’g’ri va o’z vaqtida bajarish, bemorga to’g’ri munosabatda
bo’lish bemorni tezroq sog’ayishi garovi hisoblanadi.
Kichik
operatsiyalardan keyin, asosan mahalliy og’riqsizlantirilib qilingan
operatsiyalardan keyin bemor bolani umumiy palataga qo’yiladi. Ko’krak
yoshidagi bolani onasi qo’liga beriladi. Katta operatsiyalardan keyin bemor
maxsus jihozlangan, reanimatsion yordam ko’rsatishga mo’ljallangan
operatsiyadan keyingi palatalarga o’tkaziladi.
Operatsiya xonasidan bemor
bolani operatsiyadana keyingi palataga o’tkazish vrach-anesteziolog yoki
operatsiyadana keyingi palata hamshirasi yordamida amalga oshiriladi. Bu
vaqtda bemorga qo’shimcha jarohat yetkazmaslik, bog’lamni surib
yubormaslik, gipsni sindirmaslikka katta ahamiyat berish lozim. Operatsion
stoldan bemorni katalkaga o’tkaziladi va
unda operatsiyadana keyingi
palataga olib boriladi. Katalka zambili bilan krovatni oyoq tomoniga to’g’rilab
qo’yiladi. Keyin katalkadan bemorni qo’lda olib krovatga yotqiziladi. Bemorni
boshqa holatda, ya’ni zambilni krovatni bosh tomoniga to’g’rilab ham yotqizsa
bo’ladi (rasm.1).
Hozirgi vaqtda umumiy narkoz ostida o’tkazilgan murakkab operatsiyalardan
keyin bemor 2-4 kunga reanimatsiya bo’limiga o’tqaziladi.
Keyinchalik bemor
ahvoli yaxshilanishiga qarab operatsiyadan so’nggi palataga yoki umumiy
palataga o’tkaziladi. Operatsiyadan so’nggi palata katta bo’lmasligi lozim
(ko’pi bilan 2-3 bemorga mo’ljallangan). Bu palatada markazlashgan kislorod
berish tizimi va reanimatsion yordam ko’rsatishga kerak bo’ladigan hamma
instrumentlar jamlanmasi,
apparatlar, dori vositalari bo’lishi shart.
Asosan bemorga ma’qul joylanishni amalga oshirishga imkon beradigan
fuksional krovatlar bo’ladi. Krovatga tagidan kulyonka qo’yilgan toza oqlik
solingan bo’ladi. Bemorni krovatga yotqizishdan oldin oqliklar isitgich bilan
isitiladi.