Burun qonashida birinchi yordam
1. Bemorni o’tkazib qo’ying, uni tinchlantirib, gaplashmaslikni,
yo’talmaslikni, burun qoqmaslikni, keskin harakatlar qilmaslikni iltimos qiling.
2. Bemorga yarim o’tirish holatini yarating, boshini pastga eging. Agar bemor
hushidan ketgan bo’lsa, uni yotqizib, boshini yonboshiga o’giring va transportda
olib ketish vaqtida qo’lingiz bilan ushlab keting.
3. Burun va kanshar soxasiga muz solingan xaltacha yoki sovuq suvga
ho’llangan toza matoni kuying.
4. Burun to’sig’iga 3—5 daqiqa bosing, bosh biroz oldinga engashtiriladi;
og’izga tushgan qonni bemor tuflab tashlaydi; bemorga burun bilan nafas olish va
burun qoqish man qilinadi; samara bo’lmaganda burun ichiga adrenalin eritmasi
bilan ho’llangan paxta turundalari yoki vazelin bilan moylangan quruq tamponlar
kiritiladi va burun yo’llari tamponlanadi (tamponlarni 3 foizli vodorod peroksidi
bilan ho’llash mumkin).
Burun yo’lini tamponlashning yana bir usuli: 3—5 sm li vazelin moyi bilan
ho’llangan sterillangan doka bintni yoki uzun doka salfetkani qisqich bilan burunga
chuqur kiritiladi; bintning keyingi har qavatini avvalgi qavatiga shunday
joylashtiringki, burunning butun bo’shlig’i tamponlangan bo’lsin. Tampon burun
bo’shilig’ida 1 kecha-kunduz mobaynida qolishi mumkin.
Qayd qilingan tadbirlar samara bermasa bemorni shoshilinch ravishda
kasalxonaga yotqizish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |