Tibbiyot kasbiga kirish


Yo’tal quyidagicha bo’ladi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   314
Bog'liq
терапия

Yo’tal quyidagicha bo’ladi:  
- davomliligi bo’yicha — xurujsimon, davriy, to’xtovsiz;  
-  tembr  bo’yicha  -  qisqa  va  extiyotli  (plevritda),  xirillagan  (hiqildoq 
shikastlanganda,  isteriyada),  bo’g’ilgan  va  tovushsiz  (tovush  paychalari 
yallig’langanda);  
- yo’tal vaqtida nafas olish yo’llaridan ajralmalar bor-yo’qligiga qarab quruq 
(balg’amsiz),  ho’l  (balg’am  ajralganda).  Yo’talda  parvarish  qilish  yo’tal  paydo 
qilgan kasallikka mos kelib, yo’talni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf qilishga 
qaratiladi.  Qo’zg’atuvchan  va  ogriqli  quruq  yo’talni  ogriq  qoldiruvchi  vositalar 
yordamida  kamaytirish  va  yumshatishga  harakat  qilinadi.  Ushbu  vositalar  ichga 
qabul qilinadi va ingalyastiya yo’li bilan kiritiladi, xususan ingalyastiyada issiq bug’ 
yordamida yuqori nafas olish yo’llari shilliq qavatining holati yaxshilanadi. Quruq 
yo’tal yuqori nafas olish yo’llari, plevra yallig’lanishida, bronxlar shish, yot jism 
bilan bosilib qolganda ro’y beradi.  
Yo’tal vaqtida chalg’ituvchi vositalar sifatida xantalma, ko’krakka isituvchi 
kompresslar, oyoqqa xantalmali vannalar qo’llaniladi. Qiyin ko’chuvchi yopishqoq 
balg’amli  yo’talda  uni  balg’am  ko’chiruvchi  ingalyatsiyalar  va  boshqa  vositalar 
yordamida  suyultirish  va  ko’chishini  osonlashtirish  mumkin.  O’pkalarning 
surunkali  yallig’lanishida  nam  yo’tal  foydali,  chunki  u  yig’ilib  qolgan  balg’amni 
o’pka va nafas olish yo’llaridan chiqarishga yordam beradi.  
Bemorda yo’tal bo’lganda quyidagilar zarur:  
1. Yo’tal turini aniqlash.  
2. Bemor uchun unda yo’talni kamaytiradigan holat yaratish.  
 egallashga yordam berish.  
4. Uzoq davom etadigan og’ir yo’tal xurujlarida yo’tal bemorning uyqusini 
buzmasligi  maqsadida,  shifokor  tomonidan  tayinlangan  yo’talga  qarshi  vositalar 
kechki uyqudan oldin beriladi.  
5. Soda qo’shilgan iliq sut (1 stakan iliq sutga pichoq uchida soda) yoki 1x2 
stakan iliq sutga shuncha miqdorda borjom qo’shib beriladi.  
6. Qizilmiya damlamasi bilan qilingan ingalyatsiya  yaxshi ta’sir ko’rsatadi (1 
stakan qaynoq suvga 1 osh qoshiq o’tdan solinadi, 30 daqiqa damlab, suzgichdan 
o’tkaziladi va pulverizator yoki qo’l ingalyatori orqali nafas olinadi).  
7.  Tomoqqa  achchiq  choy,  evkalipt  barglari,  moychechak  gulining  iliq 
damlamasi  bilan  chayish  (1  stakan  qaynoq  suvga  1  osh  qoshiq  kiritilgan  barglar 


solinadi,  30  daqiqa  damlanib,  suzgichdan  o’tkaziladi  va  suyuqlik  hajmi  bir 
stakangacha yetkaziladi).  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling