Tibbiyot kasbiga kirish


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   314
Bog'liq
терапия

Bug’li ingalyatsiyalar bug’lanuvchi moddalar (mentol, evkalipt) yordamida 
tayyorlanadi. Ular ko’pincha uy sharoitida qo’llanadi.  
Iliq-nam ingalyatsiyalar: dorivor eritma isitib, purkaladi.  
Bitta ingalyatsiya uchun 25—250 ml dorivor eritma sarflanadi.  
Moyli  ingalyatsiyalar:  profilaktik  va  davo  maqsadida  tayinlanadi.  Bitta 
ingalyatsiya da 5 ml gacha moy sarflanadi. Ko’pincha o’simlik moylari ishlatiladi 
(zaytun, kungaboqar, evkalipt, shaftoli va boshqalar).  
Oson  parlanuvchi  kislorod  va  uglekislotani  ham  nafas  olib  qabul  qilish 
mumkin.  Uy  sharoitida  yaxshi  samara  beradigan  o’t  damlamali  ingalyatsiyalar 
qo’llaniladi (kalendula, qizilpoycha va boshqa damlamalar).  
Ingalyatsiya 
uchun 
pulverizator 
turidagi 
maxsus 
ingalyatorlardan 
foydalaniladi,  ular  qisilgan  havo  va  kislorod  yordamida  eritmalar  purkaydi. 
Ko’pincha dorivor moddalar nafas yo’llariga bug’simon holatda kiritiladi.  
Bug’li  ingalyatsiya    deb  suv  bug’i  va  havo  bilan  aralashgan  mayda 
zarrachalardan  iborat  dorivor  eritma  (moy,  dorivor  preparatlar,  ichiladigan  soda  - 
natriy gidrokarbonat eritmasi) ni nafas yo’llariga kiritishga aytiladi. Odatda, bemor 
muolajani  mustaqil  bajaradi,  lekin  asoratlar  kelib  chiqishining  oldini  olish  uchun 
unga yo’l-yo’riq ko’rsatish zarur.  
Ko’pincha  ingalyatsiya    maxsus bug’li  ingalyator yoki  choynak  yordamida 
bajariladi. Choynakka 2-3 stakan suv quyiladi va qaynatiladi. So’ng bug’ chiqqan 
jo’mrakdan bemor ingalyator kabi nafas oladi. Suvga qat’iy tayinlangan miqdorda 
ingalyatsiya    uchun  modda  qo’shiladi.  Yuz  terisi  kuymasligi  uchun  choynak 
jo’mragiga  qattiq  qog’ozdan  yasalgan  voronkasimon  nay  kiydiriladi  va  shu  nay 
orqali bug’ bilan nafas olinadi.  
Ingalyatsiyani  shilliq  qavatni  zararli  omillar  ta’siridan  himoya  qilish 
maqsadida  ham  ishlatish  mumkin.  Moyli  ingalyatsiyalar  uchun  o’simlik  moylari 
ishlatiladi:  bodom,  shaftoli,  tozalangan  pista  yog’i.  Ba’zida  yog’ga  mentol 


qo’shiladi  (1—3%),  mentol  og’riq  qoldiruvchi  va  sust  bakteriosid  xususiyatlarga 
ega.  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling