Tibbiyot kasbiga kirish


Qon tuflashda birinchi yordam


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   314
Bog'liq
терапия

Qon tuflashda birinchi yordam:  
1. Bemorni tinchlantiring  — hayajon va jismoniy zo’riqishlar qon tuflashni 
kuchaytirishi mumkin.  
2. Bemorga yarim o’tirish holatini yaratib bering (bosh tanadan yuqoriroq), 
bunday holat tuflashni osonlashtiradi; unga salfetka yoki balg’amni yig’ish uchun 
maxsus idish bering.  
3. Bemorga gaplashish va chekishni man qiling.  


4. Yutish uchun muz bo’laklarini bering.  
5. Qaysi o’pkadan qon ketayotganligi ma’lum bo’lsa, ko’krak qafasiga muz 
solingan rezina xalta qo’ying.  
6. Shifokorni chaqiring.  
Ogohlantirish:  ko’krak  qafasiga  banka,  xantalma,  grelka  qo’yish  qat’iyan 
man qilinadi.  
Simptom. Nafas olish a’zolari kasalliklarida isitma chiqishi 
Turli  xil  mikroorganizmlar  tomonidan  kuzatilgan  o’pka  kasalliklari  o’tkir 
davrida  harorat  ko’tarilishi  —  isitma  bilan  kechadi.  Bemorning  qarindosh-
urug’lariga  harorat  o’lchash  tartibining  yo’l-yo’riqlarini  ko’rsatish,  bemorni 
ko’rishda, turli xil muolajalarni bajarishda haroratni o’lchash va uning ahamiyatini 
baholash zarur.  
Yuqori  haroratda  yurak-tomir  sistemasi  va  nafas  olish  funksiyasini  kuzatib 
turish muhim ahamiyatga ega. Isitmalayotgan bemorga ko’p miqdorda (1,5 l gacha) 
suyuqlik  —  choy,  mors, kompot, bulyon  beriladi.  Ovqat  yengil  hazm  bo’ladigan, 
vitaminga, ayniqsa C vitamini, uglevodlarga boy bo’lishi kerak uni tez-tez va oz-
ozdan berish lozim. Harorat tushayotganda ko’p ter ajralib chiqadi. Bemorni quruq 
choyshab bilan artish, ichki kiyimlarini almashtirish zarur. Bemor bir daqiqa ham 
xo’l  kiyimda  yotmasligi  uchun  kechkurunga  bir  necha  juft  ichki  kiyim  qoldirish 
lozim.  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling