Tibbiyot kasbiga kirish


Nafas yo’llari to’silib qolganda birinchi yordam (bemor hushsiz)


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   314
Bog'liq
терапия

Nafas yo’llari to’silib qolganda birinchi yordam (bemor hushsiz)  


1. Tezlik bilan yordam chaqiring.  
2. Zarar ko’rganning tepasida tizzangiz bilan turing va qo’lingizni yurakning 
bilvosita massajida qilgandek joylashtiring.  
3. To’sh suyagini 6—10 marta 5—6 sm chuqurlikda bosing; ko’krak suyagiga 
turtkilar sekin, lekin aniq bo’lishi kerak.  
4. Zarar ko’rganning og’zini oching, tilinipastki jag’iga bosib, barmog’ingiz 
bilan  yot  jismni  olib  tashlashga  harakat  qiling;  nafas  yo’llarini  oching  (boshini 
orqaga qilib, iyagini ko’taring va 2 marta to’liq havo kirgizing.  
5. 2—4 bosqichlarni nafas yo’llari ochilguncha yoki yordam yetib kelguncha 
takrorlang.  
Nafas bo’lmaganda birinchi yordam (bemor hushsiz), og’izdan og’izga usuli 
bo’yicha o’pkalarni sun’iy ventilyatsiya qilish  
Zarar ko’rganga yordam berishdan avval quyidagilar lozim:  
1. Haqiqatdan ham u bo’g’ilib qolayotganini aniqlash.  
2. Nafas yo’llari to’silib qolganligi darajasini aniqlash. Harakatlarning ketma-
ketligi:  
1. Yordamga chaqiring.  
2. Zarar ko’rganni chalqanchasiga yotqizib, qo’llarini biqiniga qo’ying.  
3.  Boshini  orqaga  egib,  iyagini  ko’tarish  usulini  qo’llab,  nafas  yo’llarini 
oching:  
- qo’lingizni uning peshanasiga qo’ying.  
— ikkinchi kulingizning 2 barmogini pastki jarga iyak yakdniga joylashtiring.  
4.  Nafas  bor-yo’qligini  (ko’krak  qafasi  ko’tarilayotganligi,  chiqarilayotgan 
nafas sezilayotganligini) tekshiring; nafas bo’lmaganda harakatlarning ketma-ketligi 
quyidagicha:  
— zarar ko’rganning burnini yoping, og‘zinikatta oching, chuqur nafas oling 
va og’zingizni uning og’ziga marham qilib qo’ying;  
—  5  sek.  oralig’ida  har  birining  davomiyligi  1,5—2  sek.  bo’lgan  2  marta 
chuqur  nafas  kirgizing;  ularning  orasidagi  pauza  sizga  nafas  olish  uchun  xizmat 
qiladi;  
—  zarar  ko’rganning  ko’krak  qafasi  havo  berilayotgan  vaqtda  ko’tarilib 
tushayot-ganligini kuzatib turing;  
—  bemorning  og’zidan  nafas  chiqayotganini  sezing;  o’pkalarning  sun’iy 
ventilyatsiyasini 1 daqiqa mobaynida davom ettiring (taxminan 12 ta nafas olish).  
Ogohlantirish: Quyidagi hollarda havo nafas yo’llariga kira olmaydi:  
—  yot  jism  nafas  yo’llarini  hiqildoqgacha  yopgan  bo’lsa  havo  me’daga 
o’tadi; tezlik bilan operatsiya—traxeotomiya qilish lozim.  
— og’zingiz bilan bemorning og’ziniqattiq yopmaganingizda;  
—  bosh  egilganda  yoki  tez-tez  nafas  berilganligi  natijasida  havo  me’daga 
tushadi.  
Tish protezlari bemorning og’zida yordam beruvchining og’zi bilan qattiqroq 
aloqada bo’lish uchun qoldiriladi. Zarar ko’rgan qusishni boshlasa, uni yonboshiga 
ag’darib,  og’iz  bo’shlig’ini  tozalash  va  o’pkaning  sun’iy  ventilyatsiyasini  davom 
ettirish lozim.  


O’pkalarni  sun’iy  ventilyatsiya  qilish  paytida  uyqu  arteriyasidagi  puls 
tekshiriladi.  Agar  puls  bo’lib,  nafas  olish  bo’lmasa,  yordam  yetib  kelguncha 
o’pkaning sun’iy ventilyatsiyasi davom ettiriladi, puls ham bo’lmasa, ventilyatsiya 
bilan birgalikda yurakning bilvosita massaji boshlanadi.  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling