Tibbiyot kasbiga kirish


Nafas  olish  yo’llari  to’silib  qolganda  birinchi  yordam  (bir-biriga  yordam


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   314
Bog'liq
терапия

Nafas  olish  yo’llari  to’silib  qolganda  birinchi  yordam  (bir-biriga  yordam 
berish)  
1. Panjangizni musht qiling.  
2. Mushtni qorinning yuqori qismiga to’sh suyagidan pastroqda joylashtiring.  
3. Mushtni ikkinchi qo’lingiz bilan ushlab, tepaga tezlik bilan turting.  
4. Oldinga egilib, ko’rsatilgan sohaga chetlari uchli bo’lmagan qattiq predmet 
bilan bosish mumkin (stul orqasi, panjara bilan).  
Ogohlantirish:  
1.  Yot  jismni  yo’tal  yordamida  chiqarib  tashlashda  bemorga  halal  berish 
mumkin emas; yo’tal — bu og’iz orqali nafas chiqarishni kuchaytiradigan himoya 
reflektor akt.  
2.  Agar  yo’tal  bir  necha  daqiqa  davom  etsa,  shoshilinch  ravishda  yordam 
chaqiring.  
3.  Bemorning  o’zini  yolg’iz  qoldirmang,  unga  dalda  bering,  bemordan 
yo’talishni davom ettirishni so’rang.  
4.  Nafas  yo’llari  to’liq  to’silib  qolganda,  bemor  gapira  olmaydi,  nafas 
ololmaydi  va  yo’tala  olmaydi.  Odatda  bemor  o’ziga  xos  harakat  qiladi:  qo’li 
bo’ynini  jon-jahdi  bilan  o’rab  oladi.  Sizning  vazifangiz  —  nafas  yo’llarini  tezlik 
bilan tozalash.  
Nafas yo’llari to’silib qolganda qorin turtkilari usuli bilan birinchi yordam 
(bemor hushini yo’qotmagan)  
1. Birorta odamni tezlik bilan yordamga chaqiring.  
2. Zarar ko’rganning orqasiga turing.  
3. Qo’lingizni uning beli atrofida chirmashtiring.  
4. Panjangizni musht qilib, zarar ko’rganning qornining tepa qismiga marham 
bosing (epigastral sohasi).  
5. Mushtingizni ikkinchi qo’lingiz bilan ushlab oling.  
6. Mushtingizni tepaga ildam turtki bilan qoringa bosib kirgizing.  
7.  Turtkilarni  nafas  yo’llari  ochilguncha  yoki  zarar  ko’rgan  hushidan 
ketguncha davom ettiring.  
Ortiqcha  vaznli  bemorlar  va  homilador  ayollarning  nafas  yo’llari  to’silib 
qolganda  ko’krak  turtkilari  bilan  birinchi  yordam  ko’rsatish  (bemor  hushini 
yo’qotmagan)  
1. Birorta odamni tezlik bilan yordamga chaqiring.  
2.  Zarar  ko’rganning  orqasida  turib,  kaftingizni  uning  qo’ltig’i  tagiga  va 
ko’krak qafasi atrofiga joylashtiring.  
3.  Qo’lingizni  musht  qilib,  mush-tingizni  to’sh  suyagining  o’rta  qismiga 
joylashtiring.  
4. Mushtingizni ikkinchi qo’lingiz bilan ushlab oling.  
5. Turtkilarni ko’krak qafasiga nafas yo’llari ochilguncha yoki zarar ko’rgan 
hushidan ketguncha davom ettiring.  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling