Tibbiyot kasbiga kirish


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   314
Bog'liq
терапия

Maxsus  tadbirlar  -  bu  nafas  organlari  kasalligi  simptomlari  (xansirash, 
yo’tal, qon qusish va og’riq) bilan og’rigan  bemorlarni kuzatish va parvarish qilish 
choralaridir. 
NAFAS OLISH TIZIMI 
Nafas olish — bu tashqi muhitdan kislorodning avval o’pkaga, keyin qonga, 
so’ngra  esa  butun  organizmning  a’zo  va  to’qimalariga  kelishi  va  organizmdan 
karbonat angidrid gazining chiqarilishi bilan bog’liq jarayon. Nafas olish a’zolari 
nafas olish yo’llari (burun bo’shligi, kekirdak traxeya, bronxlar) va gaz almashtirish 
a’zosi  —  o’pkalardan  iborat.  Nafas  olish  harakatlari  (nafas  olish  va  nafas 
chiqarish)da ko’krak qafasi, diafragma (ko’krak qafasi va qorin bo’shligi oralig’ida 
joylashgan  muskul),  nafas  olish  yo’llari  (ustki  va  pastki),  o’pkalar  ishtirok  etadi. 
Havo burun yoki og’iz orqali olinadi va burun - halqum yoki og’iz-halqum bo’yicha 
hiqildoqga, so’ngra traxeyaga tushadi. Traxeya o’ng va chap o’pkaga mos ravishda 
2 bosh bronxga bo’linadi, har biri ko’krak qafasining tegishli qismida joylashgan 
bo’ladi.  Bronxlar  daraxt  shoxlari  singari  mayda  naylarga  bo’linadi  va  havoni 
alveolalarga yetkazadi. O’pkaga tushishdan avval olinayotgan havo burun bo’shlig’i 
va nafas olish yo’llari tomonidan isitiladi, namlanadi va tozalanadi. O’pka - juft a’zo. 
O’pka g’alvirga o’xshaydi va kapillyarlar bilan o’ralgan million mayda qopchalar 
— alveolalardan tashkil topgan. Karbonat angidrid bilan to’yingan qon oqib o’tuvchi 
alveola  va  kapillyar  devorlari  orqali  gaz  almashinuvi  amalga  oshiriladi.  Har  bitta 
o’pka yupqa parda — plevra bilan o’ralgan. Plevraning asosiy vazifasi — o’pkalar 
bir maromda qisqarib, to’g’irlanishidan iborat. Plevra kovaksimon bo’shliqni tashkil 
qiladi, unda o’pkaning nafas olish harakatlarida ishqalanishni kamaytiruvchi 1—2 


ml  suyuqlik  mavjud;  plevra  bo’shlig’ida  nafas  olishda  so’rib  oladigan  harakatni 
amalga  oshiruvchi  manfiy  bosim  bor.  Plevra  bo’shlig’ining  yaxlitligi  buzilganda 
o’pkaning  nafas  olish  funksiyasi  keskin  buziladi.  Nafas  olish  funksiyasi  yuqumli 
kasalliklar,  tamaki  tutuni,  ifloslangan  muhit,  chiqindi  gazlar  bir  necha  bor  ta’sir 
qilganda buzilishi mumkin. Nafas olish ko’krak hajmi kattalashishi va o’pkalarning 
yozilishi  bilan  bog’liq.  Nafas  olish  vaqtida  gumbazsimon  diafragma  yassi  bo’lib 
qoladi. 
Bir vaqtning o’zida qovurg’alar orasidagi muskullar qisqarib, ko’krak qafasini 
tepaga va yon atrofga cho’zadi. Bu harakatlar ko’krak qafasi hajmini kattalashtiradi 
va  shu  bilan  havo  so’rilishini  ta’minlaydi.  Nafas  chiqarish  vaqtida  diafragma  va 
ko’krak muskullari bo’shashib, havo chiqib ketadi.  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling