Tibbiyot kasbiga kirish


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   314
Bog'liq
терапия

Ogohlantirish: 
moyli 
tomchilar 
tomizilganda 
dorivor 
modda 
kekirdakning orqa devori orqali oqib tushadi.  
Muolaja. Dori vositasini burun orqali ingalyatsiya  qilish  
Tayyorgarlik:  dorivor  moddaning  nomlanishi  shifokorning  ko’rsatmasiga 
mosligini tekshiring, bemorning burun yo’llarini shilimshiq va po’stloqdan tozalang.  
Bajarilishi:  
1. O’zini tutish qoidalarini, muolajaning borishini bemorga tushuntiring.  
2. Bemorni o’tkazing.  
3. Qo’lingizni yuving.  
4.  Dori  preparatga  solinmagan  ingalyatsiya    ballonchasi  bilan  muolaja 
bajarilishini bemorga ko’rsating.  
5. Ingalyatordan himoya qopqog’ini yeching, silkitib, aerozolli ballonchaning 
tubini tepaga qilib o’giring.  
6. Bemorga boshni sal orqaga qilib, o’ng yelkaga egishni iltimos qiling.  
7. Bemorga barmoq bilan burunning o’ng qanotini yopishni taklif qiling.  
8. Bemorni og’iz orqali chuqur nafas chiqarishini iltimos qiling.  
9.  Mundshtuk  uchligini  bemor  burnining  chap  qismiga  kiriting,  bemordan 
burun orqali chuqur nafas olishni va bir vaqtga ballonchaning tubini bosishni iltimos 
qiling;  mundshtuk  uchligini  bemorning  burnidan  chiqaring  va  5-10  sek.  nafasni 
ushlab turishni ayting.  
10. Bemordan tinch nafas chiqarishini iltimos qiling.  
11.  Burunning  o’ng  tomoni  ingalyatsiya  qilinganda  bemorga  boshni  chap 
yelkaga egib, burunning chap qanotini yopishni maslahat bering; ushbu muolajani 
sizning yoningizda mustaqil bajarib ko’rishini tavsiya qiling 
12. Ingalyatorni himoya qalpoqchasi bilan yoping, maxsus joyga olib qo’ying, 
qo’lingizni yuving.  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling