Tibbiyot kasbiga kirish


Burun qonashida birinchi yordam


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   314
Bog'liq
терапия

Burun qonashida birinchi yordam  
1.  Bemorni  o’tkazib  qo’ying,  uni  tinchlantirib,  gaplashmaslikni, 
yo’talmaslikni, burun qoqmaslikni, keskin harakatlar qilmaslikni iltimos qiling.  
2. Bemorga yarim o’tirish holatini yarating, boshini pastga eging. Agar bemor 
hushidan  ketgan  bo’lsa,  uni  yotqizib,  boshini  yonboshiga  o’giring  va  transportda 
olib ketish vaqtida qo’lingiz bilan ushlab keting.  
3.  Burun  va  kanshar  soxasiga  muz  solingan  xaltacha  yoki  sovuq  suvga 
ho’llangan toza matoni kuying.  
4.  Burun  to’sig’iga  3—5  daqiqa  bosing,  bosh  biroz  oldinga  engashtiriladi; 
og’izga tushgan qonni bemor tuflab tashlaydi; bemorga burun bilan nafas olish va 
burun  qoqish  man  qilinadi;  samara  bo’lmaganda  burun  ichiga  adrenalin  eritmasi 
bilan ho’llangan paxta turundalari yoki vazelin bilan moylangan quruq tamponlar 
kiritiladi  va  burun  yo’llari  tamponlanadi  (tamponlarni  3  foizli  vodorod  peroksidi 
bilan ho’llash mumkin).  
Burun yo’lini tamponlashning yana bir usuli: 3—5 sm li vazelin moyi bilan 
ho’llangan sterillangan doka bintni yoki uzun doka salfetkani qisqich bilan burunga 
chuqur  kiritiladi;  bintning  keyingi  har  qavatini  avvalgi  qavatiga  shunday 
joylashtiringki,  burunning  butun  bo’shlig’i  tamponlangan  bo’lsin.  Tampon  burun 
bo’shilig’ida 1 kecha-kunduz mobaynida qolishi mumkin.  
Qayd  qilingan  tadbirlar  samara  bermasa  bemorni  shoshilinch  ravishda 
kasalxonaga yotqizish zarur.  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling