Tibbiyot kasbiga kirish


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   314
Bog'liq
терапия

Davolash usullari  
1. Zararli omillarni bartaraf qilish.  
2. Statsionarda vaqt-vaqti bilan davolanish.  
3. Dengiz havosi bilan kurortda davolanish.  
4. Yo’talda doimiy ravishda balg’am ko’chirish vositalarini qo’llash, Buteyko 
uslubi bo’yicha nafas olish gimnastikasi bilan shug’ullanish zarur.  
O’pka yalliglanishi (zotiljam)  
Zotiljam  (pnevmoniya)  —  pnevmokokk  stafilokokk  yoki  gripp  virusi, 
shuningdek boshqa infeksiya qo’zg’atadigan o’tkir yuqumli kasallik. Qo’zg’atuvchi 
mikroorganizm burun-halqumda bo’ladi, lekin o’zining hayot faoliyati mahsuloti — 
toksinni qonga ajratib chiqaradi, bu esa organizmning zaxarlanish va o’pka, yurak-
tomir va asab tizimining zararlanishiga olib keladi. O’pka yalliglanishi krupoz va 
o’choqli bo’ladi.  
Krupoz pnevmoniyani Frenkel pnevmokokklari, stafilokokklar, gripp virusi 
q’o’zg’atadi.  Kasallikning  yuzaga  kelish  va  rivojlanishiga  odamning  qattiq 
sovqotishi,  organizmning  kasallikka  qarshi  kurashish  qobiliyatini  susaytiruvchi 


omillar,  quvvatsizlik  sabab  buladi.  Ushbu  kasallikda  o’pkaning  butun  bir  bo’lagi 
zararlanadi  va  jarayonga  plevra  (o’pkani  o’rab  turuvchi  parda)  jalb  qilinadi,  shu 
sababli  kasallik  plevropnevmoniya  deb  ataladi.  Krupoz  pnevmoniya  to’satdan 
boshlanadi.  
Belgilar:  
- qattiq et uvushish;  
- haroratning 38—40°C gacha tez ko’tarilishi;  
- ko’krak qafasida kuchli og’riqlar;  
- quvvatsizlik bosh og’rig’i, ishtaha pasayishi;  
- yuz, ayniqsa lab va burun qanotlarining qizarishi;  
- ongning xiralanishi, alahlash;  
-  harakatli  qo’zgalishlar  (bemorlar  yotgan  o’rinlaridan  sakrab  turadilar, 
xonadan yugurib chiqishlari yoki o’zlarini derazadan pastga tashlashlari mumkin);  
- nafas qisishi (yuzaki nafas olish);  
- zang tusidagi balgamli yo’tal;  
- nafas olishda ko’krak qafasida og’riqlar paydo bo’ladi, shu sababli bemor 
og’riyotgan tomonini avaylab, kamroq nafas olishga harakat qiladi va og’riyotgan 
tomonini bosib yotadi;  
- pulsning tezlashuvi, to’liqsizligi;  
- oz mikdordagi to’q rangli, quyuq siydik.  
-  tez-tez  yo’talish  yoki  ko’krakdagi  qattiq  og’riq  sababli  uyqu  buziladi, 
notinch va uzuq-yuluq bo’ladi;  
- lablar ko’karadi, oyoq-qo’llar sovuq bo’ladi.  
Bir necha soat davom etgan badan uvushishi isitma bilan almashadi. Yo’tal 
avval quruq, xurujsimon, og’riqli, ozgina balg’am bilan; balg’am miqdori ko’payishi 
bilan  yo’tal  bir  oz  yengillashadi.  Teri  ushlab  ko’rilganda  issiq  va  quruq  bo’ladi. 
Nafas olish yuzaki, og’riqdan uzuq-uzuq qisqa bo’ladi. Nafas olish tezligi og’riq, 
isitmaning  jadalligi,  intoksikatsiya  darajasiga  bog’liq  bo’ladi,  puls  tezlashgan, 
tarang.  Pnevmoniyada  me’da-ichak  trakti  ham  zararlanadi.  Ishtaha  yo’qoladi, 
chanqash, qusish, ichning dam bo’lishi (meteorizm), qabziyat paydo bo’ladi.  
Davolanmasdan, harorat 7 yoki 9 kunda tez, keskin, 40°C dan 35°C gacha 
tushadi,  arterial  bosim  keskin  tushadi,  puls  ipsimon,  yopishoq  sovuq  ter  bilan 
qoplangan  teri  qoplamasi  oqargan  bo’ladi.  Qattiq  terlash  kuzatiladi.  Krupoz 
pnevmoniya bilan og’rigan bemorlarni shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizish 
zarur.  
Shoshilinch yordam ko’rsatilmasa, tomir tonusi keskin tushib ketishi sababli 
o’lim yuz berishi mumkin.  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling