Tibbiyot kasbiga kirish


O’choqli  pnevmoniya  bilan  og’rigan  bemorlarni  parvarishi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   314
Bog'liq
терапия

O’choqli  pnevmoniya  bilan  og’rigan  bemorlarni  parvarishi  krupoz 
pnevmoniyani davolash qoidalari kabi amalga oshiriladi.  
1. Qat’iy yotish rejimi.  
2. Ko’p miqdorda suyuqlik berish.  
3. Kislorodli yostiqdan nafas oldirish.  
4. Yotish rejimidagi bemorlarni parvarish qilishda gigienik qoidalar.  
5. Xonani yelvizaksiz, tez-tez shamollatib turishi, namlab tozalash.  
6. Vitaminli, energetik quvvati yuqori bo’lgan ovqatni oz-ozdan berish.  
7. Qo’shimcha vositalar: ko’krak qafasiga xantal kukuni yoki banka qo’yish. 
Ko’krak  qafasida  og’riqlarni  kamaytirish  uchun  quyidagi  xalq  vositasini  qo’llash 
mumkin:  turpni  qirg’ichda  qirib,  bir  bo’lak  dokaga  yupqa  qavat  qilib,  ko’krak 
qafasiga  qo’yiladi,  avval  sochiq  so’ngra  esa  ro’mol  bilan  yopiladi.  Buqilingan 
kompress  terini  qizartiradi  va  issiqlik  hissini  paydo  qiladi.  Teri  kuyib  qolmasligi 
kuzatib turiladi, 20 daqiqa ushlab, teri yaxshilab artiladi va issiq kiyim kiyiladi.  
Balg’amli yo’talda bemorga balg’am ko’chiruvchi vositalar beriladi.  
Bemorda shaxsiy tuflagich bo’lishi zarur, tuflagichning 1/3 qismiga 5 foizli 
xloramin eritmasi qo’yiladi.  


Qabziyatda  tozalovchi  xuqna  qilinadi  yoki  surgi  dori  beriladi  (ayniqsa 
quyidagi o’tlar samara beradi - sano, itshumurt po’stlog’i, haydovchi to’plam: 1 osh 
qoshiq  o’tga  1  stakan  qaynoq  suv  quyiladi,  damlanib,  suzgichdan  o’tkaziladi  va 
ichiladi).  Quyidagilar  ichakni  yaxshi  tozalaydi:  1  stakan  qatiqqa  1  osh  qoshiq 
o’simlik moyi qo’shiladi, shuningdek suvda pishirilgan lavlagi (1 ta lavlagi yoki 1/2 
stakan xom lavlagining sharbati) kechqurun beriladi.  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling