Tibbiyot kasbiga kirish


Uy sharoitida qilinadigan ingalyatsiyalarning eng ko’p tarqalgan usullari


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   314
Bog'liq
терапия

Uy sharoitida qilinadigan ingalyatsiyalarning eng ko’p tarqalgan usullari  
Kartoshka po’sti bilan suvda pishiriladi, suvning bir qismi to’kib tashlanadi, 
ozgina ukrop solinadi, 2 osh qoshiq o’simlik moyi va 1 choy qoshiq ichimlik sodasi 
qo’shib, olovda isitiladi. Bemor qulay o’tkaziladi, uning boshiga paxmoq adyol yoki 
katta  issiq  ro’mol  (katta  kapyushon  ko’rinishida)  yopiladi,  issiq  kartoshkali  idish 
ustida  boshi  engashtiriladi.  Undan  chiqayotgan  bug’dan  bemor  10—15  daqiqa 
mobaynida nafas oladi. Shundan so’ng bemor issiq o’ralib, 1—2 soat o’rnida yotishi 
lozim.  
Kartoshkaning po’chogini yaxshilab yuvib, oz miqdordagi suvda kartoshka 
hidi chiqquncha pishiriladi. 2 ta validol tabletkasini qo’shish ham mumkin. Bemor 
boshi yopiladi, po’choqli idish ustiga engashtirib, burun va og’iz bilan 10-15 daqiqa 
mobaynida chuqur nafas olinadi, shundan so’ng o’ringa yotiladi.  
Bir choy qoshiq evkalipt bargi maydalanadi, 3 stakan qaynok suv quyiladi, 5 
daqiqa damlanadi, isitilib, 20 daqiqa nafas olinadi.  
Choynakda  qaynab  turgan  suvga  1  osh  qoshiq  skipidar  qo’shilib,  bug’idan 
nafas olinadi.  
Sirlangan idishga 10 g qarag’ay kurtagi va tozalangan qalampir solinadi, 1 
stakan  qaynoq  suv  qo’shiladi,  20  daqiqa  damlanib,  siqib  olinadi,  suzgichdan 
o’tkaziladi, ingalyatsiya  qilinadigan idishga solinadi va bug’idan nafas olinadi.  
70 ml issiq suvga 30 g asal qo’shiladi, bu suyuqlik kastryulka yoki choynakka 
quyiladi, isitilib, kuniga 2—3 mahal 10—15 daqiqa nafas olinadi.  
Qaynoq suvli choynakka 1 choy qoshiq ichimlik sodasi qo’shiladi va bug’idan 
nafas olinadi.  
1  osh  qoshiq  qizilpoycha  o’tiga  1  stakan  qaynoq  suv  quyiladi,  30  daqiqa 
damlanadi, siqib olinadi, qaynoq suvli choynakka qo’shilib, ingalyatsiya  qilinadi.  
1 osh qoshiq kalendula, moychechaq mavrak  qaynoq suvga qo’shiladi, 3—5 
daqiqa damlanadi, suzgichdan o’tkaziladi kastryul yoki choynakdagi qaynoq suvga 
qo’shilib, bug’dan 20 daqiqa nafas olinadi.  
Qora  andizning  maydalangan  ildiz  va  ildizpoyalari  (20  g  —  to’la  bir 
oshqoshiq) sirli idishga solinadi, 1 stakan qaynoq suv quyiladi, qopqog’i yopiladi va 
bug’da  isitiladi,  30  daqiqa  tez-tez  kavlab  turiladi,  shundan  so’ng  suzgichdan 
o’tkaziladi, issiq suvli choynakka qo’shilib, 10 daqiqa nafas olinadi.  
20  g  moychechakka  1  stakan  qaynoq  suv  qo’shiladi,  4  soat  damlanadi, 
suzgichdan o’tkaziladi; damlama isitilib, iliq holda burun ingalyatsiyasi qilinadi. Bu 
usul tumovda yaxshi yordam beradi.  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling