Tibbiyot kasbiga kirish


Ingalyatsiya ning oddiy usuli


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   314
Bog'liq
терапия

Ingalyatsiya ning oddiy usuli:  
1. Bemorning boshi salfetka bilan yopiladi.  
2. Bug’ yuzni va shilliq qavatlarni kuydirmaydigan masofada o’tkaziladi.  
3. Balg’am ko’chiruvchi moddalar qo’shilgan issiq suvli idish tepasiga bosh 
engashtiriladi; ko’proq samara olish uchun sochiq bilan yopiladi va bemor bug’dan 
og’iz yoki burun bilan nafas oladi.  
Muolaja. Kislorod ingalyatsiyasi (oksigenoterapiya)  


Samara: yurak-o’pka reanimatsiyasi,og’iroperatsiyalardan keyin, o’tkir yoki 
surunkali  nafas  olish  yetishmovchiligida  qonni  kislorod  bilan  ta’minlashni 
yaxshilaydi.  
Ko’rsatmalar: nafas olish, yurak faoliyatining buzilishi, og’ir holatlar.  
Tayyorgarlik: bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring.  
Jihozlar:  kasalxona  sharoitida,  odatda,  statsionar  qurilmasi  va  bir  marta 
ishlatiladigan  tayyor  steril  sistemalardan  foydalaniladi;  sistema  bo’lmaganda, 
kislorodli ballon yoki kislorodli yostiq ishlatiladi; Bobrov apparati, namlangan doka 
salfetkalar, burun kateteri (mundshtuk niqob), vazelin moyi.  
Bemorning holati: bosh tomoni ko’tarib yotqizilgan.  
Bajarilishi:  
1.  Jihozlarni  tayyorlang,  kislorodli  ballonning  texnik  foydalanish  qoidalari, 
xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqing.  
2. Bemorning nafas yo’llari tozaligiga (balg’am, qusuq massalari, shilimshiq 
yo’qligiga) ishonch hosil qiling.  
3. Kateter uchini vazelin moyi bilan arting  va kateter kiritish lozim bo’lgan 
masofani aniqlang, burun uchidan quloq yumshog’igacha bo’lgan masofaga teng.  
4.  Kateterni  pastki  burun  yo’li  orqali  orqa  halqum  bo’shlig’iga  kiriting 
(halqum tekshirilganda kateter uchi ko’rinib turishi kerak).  
5. Kateterni bemorning yuziga yopishqoq plastir bilan mahkamlab qo’ying.  
6.  Kateterni  dozimetr  yoki  Bobrov  apparatiga  ulang,  niqobdan  ham 
foydalanish mumkin.  
7. Bemorga reduktor manometri bo’yicha 1—2 atm. bosim ostida 2-4 l/min 
tezligida  10—30  daqiqa  davomida  oralatib  yoki  to’xtovsiz  kislorod  bering. 
Kislorodli  yostiqni  ishlatish  oksigenoterapiyaning  samarali  uslubi  hisoblanmaydi, 
chunki u kislorod kelishini dozalashga imkon bermaydi.  
8. Bemordan qulay joylashganligi haqida so’rang.  
9.  Muolaja  tugagandan  so’ng  kateterni  chiqarib  oling,  dezinfeksiya, 
shilimshiqdan tozalash, sterillashni amalga oshiring.  
10. Qo’lingizni yuving.  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling