Tibbiyot kasbiga kirish


BUYRAK VA SIYDIK AJRATUV YO‘LLARI KASALLIKLARI


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   314
Bog'liq
терапия

 
BUYRAK VA SIYDIK AJRATUV YO‘LLARI KASALLIKLARI 
BILAN KASALLANGAN BEMORLARNI PARVARISHI VA ULARNING 
NAZORATI 
 
Nefrologiya (yunoncha nephros-buyrak, logos-ta`limot) buyrak kasalligining 
etiologiyasi, patogenezi va kasallikning klinik kechishi, diagnostikasi, davolash va 
oldini  olish  usullarini  ishlab  chiqadigan  ichki  kasalliklar  bo`limi.  Urologiya 
(yunoncha uron-siydik, logos – ta`limot ) siydik tizimining jarrohlik kasalliklarini 
o`rganuvchi yo`nalish.  
Buyrak va siydik kasalligi bilan og`rigan bemorlarni kuzatish va davolash ikki 
yo'nalishda olib borish kerak. 
 
Kuzatuv va parvarishning umumiy chora-tadbirlari turli organlar va tizimlar 
kasalliklari  bilan  bir  vaqtda,  zarur  g'amxo'rlik  qilish  chora-tadbirlari:  Bemorning 
umumiy holati monitoringi, harorti, puls va qon bosimini aniqlash,  bemorni shaxsiy 
gigiena bilan ta'minlash va boshqalar kiradi. 
 


Maxsus  parvarish  -  siydik  ayiruv  tizimi  kasalliklarining  belgilari 
kuzatiladigan  bemorlarga  yordam  berish  uchun  mo'ljallangan  parvarish  -  bel 
sohasida og'riq, shish, siyish buzilishi, arterial gipertenziya va boshqalar.  
Buyrak  kasalligi  va  siydik  yo'llallari  bilan  og`rigan  bemorlarni    kuzatish 
ehtiyotkorlik va muntazam parvarishlash talab qiladi. Qachonki bemorning: siydik 
rangi  o'zgarishi,  qon  bosimining  ortishi,  dispeptik  buzilishlar  sodir  bo’lganda, 
umumiy ahvoli yomonlashganda darhol shifokorga xabar berish kerak. 
 
Buyraklar  asosiy  vazifasi  –  siydik,   suvda  erigan  tuz,  metabolizm 
mahsulotlarini  ajratish  (xususan, protein metabolizm  mahsulotlari  -  "azot-qoldig`i 
bo'ladi"). Bundan  tashqari,  ,  buyraklar  oqsillar,  uglevodlar  va  yog'lar  almashinuv 
jarayonlarida,  gemodinamikada  tartibga  solishda  ishtirok  etadigan  biologik  faol 
moddalar (eritropoietin, renin, prostaglandinlar va boshqalar) ishlab chiqaradi.
 
Har  5-10  minutda  buyraklar  orqali  tanamizdagi  barcha  qon  oqib 
o'tadi.  Sutkada buyraklarda  1000 litr gacha qon aylanadi. Buyrakdagi siydik doimiy 
asta-sekinlik bilan siydik pufagida to`planadi. Keng ma'noda,  "diurez" so’zi siydik 
shakllanishi  va  siydik  ajratish  nazarda  tutladi,  lekin  u  ko'pincha  siydik  chiqishi 
miqdorini  tavsiflash  uchun  ishlatiladi  (grekcha    diureo  -  siydik  ajratmoq).  Katta 
yoshli  odamlarda  siydik  ajratish  kundalik  miqdori  odatda,  qabul  qilingan 
suyuqlikning  50-80%ini  tashkil  qiladi,  ya’ni  1000  dan  2000  ml  orasida  o'zgarib 
turadi.Suyuqlikning  qolgan  hajmi  teri  orqali  (300-400  ml  /  kuniga)o`pka  orqali  ( 
300-400mlgacha, jismoniy yuk paytida 500 mlgacha,) ajraladi. Ichaklar orqali 100 
mlgacha suyuqlik ajraladi.  Jismoniy  og`ir ish bajarganda va issiq havoda haddan 
tashqari  terlash,  qayt  qilish,  ich  ketishi  paytida  siydik  chiqishi  kamayadi  va, 
aksincha:ko;p suyuqlik qabul qilinganda siydik ajralishi ko’payadi. Buyrak va siydik 
yo'llari kasalliklari bilan og`rigan bemorlarda turli hil shikoyotlar kuzatiladi. Bunda 
bel sohasida shish, dizuriya, og'riq, qon bosimini oshishi kabi eng keng tarqalgan  
alomatlar kuzatiladi.   

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling