Tibbiyot mikrobiologiyasi


Poksviruslar oilasiga chinchechak virusi kiradi


Download 15.11 Kb.
bet3/4
Sana01.04.2023
Hajmi15.11 Kb.
#1317826
1   2   3   4
Bog'liq
KARIMOVA OYBARCHIN

Poksviruslar oilasiga chinchechak virusi kiradi. Bu virus hamma DNK tutuvchi viruslar ichida o‘lchami jihatidan katta virusi hisoblanib suvchechak virusidan farqli ravishda ko‘p kamerali yiringli toshmalami keltirib chiqaradi. Bu virus toshmalaridagi suyuqliqda mayda-mayda Pashen tanachalarini ko‘rish mumkin.
Gepatit viruslari. Gepatit kasalligining turlari ko'p - toksik gepatit, ikkilamchi gepatit, virusli gepatitlar va h.k. Virusli gepatitlarning ham bir nechaxil turlari bor (infeksion gepatit yoki Botkin kasalligi, zardob gepatiti va x.o.). Ularni 7 xil viruslar chaqiradi. А, В, C, D, E, F, G. Bu viruslar birbirlari bilan tuzilishi. yuqish yo'llari. antigenlari va boshqa xususiyatlari bo'vicha farqlanadi. Shu farqlanishlari asosida harxil oilaga kiradi. Gepatit viruslari asosan jigar gepatotsit hujayralarida reproduksiyalanadi.
Virusli gepatit A (ilgarigi nomi - infeksion gepatit yoki Botkin kasalligi) ni Pikornaviruslar oilasiga kiruvchi enterovirus 72 yoki gepatitA virusi qo‘zg'atadi. Gepatit A virusi RNK - saqlovchi virus (VGA) bo‘lib, uning kattaligi 42-45 nm, oddiy virus hisoblahadi (80-rasm). Uni 1979-yilda Feystoun ajratgan. Virusning gemomasini bir ipli RNK hosil qiladi. Gepatit A virusi bitta antigen turiga ega, unga qarshi hosil bo‘lgan immunitet uzoq vaqtgacha yetadi.
Gepatit A virusi og‘iz orqali fekal-oral yo‘l bilan (boshqa ichak
infeksiyalari kabi) suv yoki oziq-ovqatlar bilan yuqadi, ingichka ichak epiteliysida va regionar limfa to‘qimalarida reproduksi-yalanib, so‘ngra qonga o‘tib jigami zararlaydi. Kasallik manbayi kasal odam hisoblanadi.
Inkubatsion davri 2-6 hafta. Gepatit A ning ikki xil davri tafovut qilinadi: prodromal sariqlik oldi-davri va sariqlik davri. Sariqlik oldi davrida grippga o‘xshash belgilar hamda ko‘ngil aynish, qusishi, ba’zan ich ketish bo‘lishi, siydik biroz qizarishi mumkin. Sarg‘ayish davrida ko‘zning oqsil pardasi, tomoq shilliq pardasi va teri sarg‘ayadi; jigar kattalashadi, qonda bilirubin miqdori hamda alanin va aspartat aminotransferaza miqdori ko‘payadi, chunki jigar hujayralari zararlanadi.

Download 15.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling