Abortdan so‘ng kuzatiladigan ruhiy-hissiy buzilishlar
Statistik ma’lumotlarga ko'ra, deyarli har beshinchi homiladorlik bola tushishi bilan yakunlanadi va ular homiladorlikning dastlabki davrida kuzatiladi. Bu holat u yoki bu ko'rinishda ruhiyatning buzilishi bilan kechadi. Ayniqsa, birinchi homiladorlikda bo'lajak farzanddan judo bo'lish og'ir depressiv holatlami yuzaga keltirishi mumkin. Ayol ko'p yig'laydi, jizzaki bo'lib qoladi, ishtahasi pasayadi, ishga qo'li bormaydi, uyqusi buziladi, bolasini tushlarida ko'radi. Bola nobud bo'lganiga o'zini aybdordek sezadi.
Bir marta bolasi tushgan ayollaming ba’zilarida turli kasalliklar sababli bu holat qayta-qayta kuzatiladi. Shu sabab bo'lib oila darz ketishi mumkin. Erkak va ayol vrachma-vrach qatnay boshlashadi, bola tushishi sabablarini izlashadi. Bu tabiiy, albatta. Ginekologlaming ma’lumotlariga ko'ra bola tushishining 50 foizga yaqini jinsiy a’zolar infeksiyalari bilan bog'liqdir, albatta, bu yerda venerik kasalliklar alohida o'rin tutadi. Birinchi bor bolasi tushgach, yana shu holat takrorlanishidan qo'rqib ayol doimo xavotirda yashaydi, hadeb ginekologga qatnayveradi, uning ko'rsatmalarini so'zsiz bajarib borishga intiladi, ya’ni reaktiv nevroz yuzaga keladi. Bu yerda, albatta, ayol bilan psixologik suhbat o'tkazish juda o'rinlidir. Chunki doimiy xavotir va qo'rquv ham ba’zi hollarda bola rivojlanishiga ta’sir qilishi va to'satdan bola tushishi bilan tugashi mumkin. Shu sababli homilador ayol uchun ruhiy tinchlik va oila a’zolari orasida sog'lom psixologik muhit yaratish lozim. Bu esa yuqoridagi noxush holatlarning oldini oladi va sog'lom farzand dunyoga kelishini ta’minlab beradi. Ba’zan esa antidepressantlar tavsiya qilishga ham to'g'ri keladi.
3)9
Do'stlaringiz bilan baham: |