Tibbiyot psixologiy asi
Hayz buzilishlarida ayollar psixologiyasi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayz oldi sindromi
Hayz buzilishlarida ayollar psixologiyasi
Ayollarda o'tkir va surunkali ruhiy siqilishlar aksariyat hollarda hayz buzilishlariga olib keladi. So'nggi yillarda qizlarda hayz ko'rishning barvaqt kelishiga e’tibor qaratilmoqda va bu vaziyatni hayot tarzining gurkirab o'zgarib kelayotgani hamda ruhiy va jismoniy rivojlanish orasidagi nomutanosiblik bilan bog'lashadi. Psixologlar qizlarda seksual faollikning erta shakllanishiga matbuot sahifalarida va intemetda intim hayotga bog'liq ma’lumotlarning ko'payib borayotgani ham sabab bo'layotganiga katta urg'u berishadi. Hayz ko'rishning buzilishlari ichida amenoreya alohida o'rin tutadi. Amenoreyaga oid dastlabki ma’lumotlar va uning ruhiyatga bog'liqligi ikkinchi jahon urushi davrida aniqlangan. Urush davrida hayoti xavf ostidagi ayollarda hayz kelishi uzoq vaqt to'xtagani kuzatilgani yozib qoldirilgan. Shu davrda mutaxassislar amenoreyani ginekologik kasalliklar emas, balki ruhiy buzilishlar va xavotir sababli kelib chiqishini bir necha ayollarda kuzatishgan hamda turmush o'rtog'i urushga ketib halok bo'lgan ayollarda ham amenoreya kuzatilishi ushbu holatning ruhiyat buzilishi bilan bog'liqligini ko'rsatgan. Stress asri deb atalmish XXI asrda amenoreya eng ko'p uchraydigan patologik holatlardan biridir. Ayniqsa, oiladagi doimiy janjallar, farzand bo'lmasligi, ishdagi kelishmovchiliklar hayz kelishining buzilishiga sabab bo'ladi. Mutaxassislarning fikricha, ayniqsa, xavotir bilan kechuvchi ruhiy-hissiy buzilishlar amenoreyaga olib kelishi mumkin. Demak, amenoreya nevrozning bir klinik ko'rinishidir. Hayz oldi sindromi Hayz kelishidan oldin ruhiy-asabiy, vegetativ, endokrin va somatik buzilishlar kuzatilishi mumkin. Ushbu buzilishlar umumiy vegetonevroz ko'rinishida namoyon bo'lib, ba’zi mutaxassislar uni hayz kelishi bilan bog'lashmaydi. Demak, hayz oldi sindromi deb atalmish affektiv buzilishlar mavjudligini vrachlar doimo yodda tutishi lozim. Ushbu belgilar hayz kelgandan so'ng yoki tugagach, o'tib ketadi. Nevrotik belgilarga boy hayz oldi sindromi ayol kishining ish faoliyati, o'qishi va shu kabi faol hayot tarzini talab qiluvchi vaziyatlarga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Bunday paytlarda u o'qish yoki ishga borgisi kelmaydi, uy yumushlarini tashlab qo'yadi, umumiy holsizlik kuzatiladi, apatiyaga tushadi, hech kim bilan gaplashmay uyda yotgisi keladi. Ba ’zan vrachlar e’tiboridan ham chetda qoladigan bu holat oila a’zolari tomonidan noto'g'ri qabul qilinishi va turli xil mojarolarga sabab bo'lishi mumkin. 320 Hayz oldi sindromi ruhiy-hissiy buzilishlar qo‘zg‘ashi mumkin. Masalan, depressiyaga moyil ayollarda depressiya, bosh og'riqqa moyillarda bosh og‘rig‘i, yurak qon-tomir kasalliklariga moyillarda kardialgiyalar, oshqozon-ichak sistemasi kasalliklariga moyil ayollarda psixosomatik buzilishlar kuzatilishi mumkin. Bosh og'riq bilan keladigan sindromlarda hayz migreni alohida o‘rin tutadi. Bunda hayz yaqinlashgan sayin migren xurujlari kuchayib kelaveradi, hayz tugagandan so‘ng o‘tib ketadi. Shuningdek, o‘z-o‘zidan yig'lash, fikrlarning chalg‘ib ketishi, parishonxotirlik, xavotir, uyquchanlik, kardiofobiya, ko‘krak uchi va elektrolitlar almashinuvining buzilishi hisobiga bo‘g‘imlarda og'riqlar, oyoq- qo'lning shishishi, qabziyat hamda boshqa psixosomatik buzilishlar kuzatiladi. Hayz oldi sindromi faqat monosimptomlar bilan ham namoyon bo'lishi mumkin, masalan, bosh aylanishi sindromi bilan. Buning asl sababi neyroregulyator buzilishdir, buni ba’zan shifokorlar kamqonlik bilan ham bog'lashadi. To'g'ri yig'ilgan anamnez va bemorning shikoyatlari xronologiyasi hayz oldi sindromini aniqlashni osonlashtiradi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan sindromlar hayz kelishidan 5-6 kun oldin kuchayib, hayz boshlanishi bilan keskin kamaya boshlaydi yoki butunlay o'tib ketadi. Aynan mana shu holat hayz oldi sindromini to'g'ri tashxislashga yordam beradi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling