Depressiyani baholash uchun Gamilton shkalasi
Depressiv kayfiyat
(tushkunlik, ishonchsizlik, o'zini kamsitish hissi)
- yo‘q
- ko'rsatilgan holatlar so'ralganda aytiladi
- to'satdan o'zi shikoyat qiladi
- xulq-atvori (tana vaziyati, mimikasi, ovozi, yig'loqilik)dan bilib olinadi
- ko'rsatilgan holatlar ham gapirishidan, ham xulq-atvoridan bilinib turadi
Aybdorlik hissi
- yo'q
- o'zini kamsitish, boshqalarga pand berganlik hissi
- o'zini kamsitish hissi, o'z xatolari va gunohlarini azob bilan eslash
- hozirgi kasalini go'yoki unga berilgan jazodek his qiladi, aybdorlik hissi
- ayblovchi va yoki aoralovchi mazmundagi verbal gallyutsinatsiyalar, va yoki qo'rqituvchi mazmundagi ko'ruv gallyutsinatsiyalari
Suitsidal niyatlar
- yo'q
- yashashning keragi yo'qdek his qilish
- o'lish istagi yoki o'lishi mumkinligi haqidagi xayollar
- o'z joniga qasd qilish haqida gapirish yoki imo-ishorasida bildirish
- suitsidal urinishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |