Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
ketishi osonlashadi.
355 Psixoterapiya bir necha bemorni to‘plagan holda ham olib boriladi. M. Bexterev bemorlarni to‘pIab, gipnoz o‘tkazishning ahamiyati to‘g‘risida shunday degan edi: «Ko'pchilik bilan seans o'tkazish paytida bemorlar gipnozni bir-biriga yuqtirishadi va uning ta’sir kuchi yanada oshadi. Bemorni gipnoz usuli bilan davolamoqchi bo'lgan vrach bemor shikoyatlarini aytayotganda nimalarni ko'p takrorlayotganiga ahamiyat berishi va bundan foydalanishi kerak». Gipnoterapiya paytida «bo'rtib» turgan belgilarga e’tibor berish lozim. Gipnoz o'tkazayotgan vrach bemorga silash, Psixoterapevtik tajribasi bo'lmagan vrach bemorni davolashda qiynaladi, ayniqsa, nevroz bilan kasallangan bemorda psixosomatik belgilar kuzatilsa, tashxis qo'yish ham ancha mushkullashadi. Bu yerda nevropatologlar ham, terapevtlar ham bir xil muammoga duch kelishadi. Masalan, bemorga uning shikoyatlariga qarab (maxsus tekshirishlar o'tkazilmasdan), «oshqozon yarasi» tashxisi qo'yiladi. U bu kasallik bilan 10 yildan buyon og'riydi. Qorindagi og'riqlar siqilganda kuchayib, tinchlanganda kamaysa, ovqat rejimiga bog'liq bo'lmasa, tashxisning to'g'riligi, albatta, gumon uyg'otadi. Kuchli og'riq bilan kechib, 10 yillab davom etadigan «oshqozon yarasi» biron-bir asorat berishi gastroen- terolog va jarrohlarga ayon, albatta. Demak, bu o'rinda bemorni maxsus tekshirishlardan o'tkazib, «oshqozon yarasi» tashxisini inkor qilgandan so'ng vrach uni psixologik usullardan foydalangan holda davolashi lozim. Bu ish bilan faqat nevropatolog yoki psixonevrolog shug'ullanishi shart emas, albatta. O'zining sohasiga taalluqli kasali bo'lmagan bemorni «Sizda nevroz bor, endi nevropatologda davolaning», deb doktordan-doktorga yuboraverish yomon natijalarga olib kelishi mumkin. Qolaversa, nevrozga chalingan bemorga barcha mutaxassislikdagi vrachlar dastlabki yordamni ko'rsata olishlari kerak. Iloji boricha, bemorni davolaydigan vrachlar soni kam bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Bu haqda mashhur vrach F. Gufelyand (1762-1836) shunday degan edi: «Bitta vrach davolasa yaxshi, ikkitasiga ham chidasa bo'ladi, lekin uchtasi - bu dahshat!» Bu bilan bemorni davolovchi vrachlar hadeb ko'payaversa, bemorning tuzalishi qiyinlashadi, demoqchi. Doktorlarni maslahatga chaqirish mumkin, lekin davolovchi vrach bitta bo'lmog'i kerak. Psixoterapevtik muolajalar farmakoterapiya, fizioterapiya va davolash gimnastikalari bilan olib borilsa, natijasi yanada samaraliroq bo'ladi. Bu borada kasallik anamnezini yig'ishga ham katta e’tibor qaratish lozim. 356 «To'la yig'ilgan anamrie? - yarim davo». deb bejiz aytishmagan. Ba’zan bemor shifoxonada necha kun yotsa, shuncha kun anamnez yig'ish bilan o'tadi, natijada tashxis ham, davolash ham hadeb o'zgartirilaveradi. Bu, albatta, bemorningasabiga tegadi. Davolovchi vrach to‘plagan anamnez dotsentni, u yiqqan anamnez professorni qoniqtirmaydi va hokazo. Anamnez yig‘ish boshqa, uni tahlil qilish boshqadir. Masalan, bemor o'zi kuyib-pishib gapirayotgan belgi tashxis uchun ahamiyatsiz bo'lib, kasalning jig'iga tegayotgan bir simptom bo'lishi mumkin, xolos. Vrach tashxis qo'yayotganda, ba’zan subyektiv simptomlarning quli bo'lib qoladi. Bunday simptomlar tunda butalar orasidagi sharpaga o'xshaydi. Sharpa eshitiladi, odam qo'rqadi, qochadi yoki bekinib oladi. Aslida, sharpa esib turgan begunoh shamoldir. Kasallikning obyektiv belgilariga katta ahamiyat berish lozim. Har bir subyektiv va obyektiv belgi tanqidiy tahlil qilinishi kerak, ana shunda xatoga yo'l qo'yilmaydi. Yatrogeniyalar ham aynan mana shu sabablar natijasida paydo bo'ladi. Yatrogeniya deb. vrach yoki boshqa tibbiyot xodimining bexosdan aytib qo'ygan so'zi yoki tibbiy muolajalardan bemor avval mavjud bo'lmagan kasallik alomatlarining paydo bo'lishiga aytiladi. Buning oqibatida yatropatiyalar rivojlanadi. Masalan, ukoldan so'ng bemorning qo'li yoki oyog'i «ishlamay» qolishi, noto'g'ri tibbiy xulosalardan so'ng organik xususiyatga ega bo'lmagan kasalliklardan davolanib yurish va h.k. Yatropatiyalarga misollar awalgi boblarda keltirilgan. Ba’zan vrach tomonidan olib borilayotgan to'g'ri davolash muoiajalari ta’siri bemorning yaqinlarini qoniqtirmasligi yoki surunkali kasallikdan aziyat chekayotgan bemor doktordan ko'ra boshqalarga ishonishi ham mumkin. Shunday hollar bo'ladiki, tajribali, obro'li doktor tavsiya qilgan dorini, deylik, tramvay haydovchisi: «Е, bu dori bo'lmaydi, mening ammam ichgan edilar, ta’sir qilmadi», desa bemor uni sotib olmay, doktorning oldiga boshqa dori yozib berishlarini so'rab qaytib keladi. Bemorni davolayotgan paytda vrach bu vaziyatlarni ham ko'zda tutishi, bemorning yaqinlari, tanish-bilishlari bilan ham muloqotda bo'lib turishi kerak. Bemorda psixoterapevtik muolajalar o'tkazayotgan paytda o'z- o'zini boshqarish hissini uyg'ota bilish kerak. Undagi ishonchsizlikni ishonch va ixlos tuyg'ulari bilan, yolg'izlikka intilishni jamoaga intilish hissi bilan o'zgartirish vrachning burchidir. Bu muammolami hal qilmay turib, psixoterapevtik natija olish ancha mushkuldir. Psixoterapevtik usullar psixotrop dorilarni qo'llab olib borilsa, davolash yanada muvaffaqiyatli kechadi. 357
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling