Stressor — stress holatini yuzaga keltiruvchi omil.
Subdepressiya — yengil depressiya.
Suitsidomaniya — o'z joniga qasd qilishga intilish.
Talassofobiya — dengizdan qo'rqish.
Tanatofobiya — o'lishdan qo'rqish.
Taxipsixiya — ruhiy faoliyatning tezlashuvi.
Temperament — shaxsning individual xususiyati.
Teofobiya — xudodan, uning qahridan qo'rqish.
Tik — ba’zi mushaklarda avtomatik tarzda kuzatiladigan tebranishlar.
Toksikofobiya — zaharlanishdan qo'rqish.
Tolerantlik — dorilar ta'sirini zaharlanmasdan o'tkaza olish qobiliyati.
Topalgiya — tananing ma’lum bir joyida kuzatiladigan funksional xususiyatga ega og'riq.
Transvestizm — boshqa jins egasiga taalluqli bo'lgan kiyimlami kiyishga qiziqish.
Trema — jamoa oldida yoki katta majlislarda nutq so'zlashdan qo'rqish, hayajonlanish.
Umumlashtirish — abstraksiyaga teskari bo'lgan jarayon bo'lib, narsa va hodisalarning o'zaro bog'Iiqlik tomonlari va umumiy xususiyatlarini birgalikda o'rganishdir.
Fazmofobiya — jinlardan, ruhlardan, shaytondan qo'rqish.
Feminizatsiya —erkaklarda ayollarga xos bo'lgan ikkilamchi jinsiy alomatlarning (a’zolarning) paydo bo'lishi.
Feminizm — erkaklarda ayollarga xos bo'lgan mimik reaksiyalarning va xulq- atvorning paydo bo'lishi.
Fetishizm — boshqa jinsga taalluqli bo'lgan ichki kiyimlarni tasavvur qilib jinsiy qo'zg'alish. Asosan o'smir yoshidagi erkaklarda kuzatiladi.
383
Do'stlaringiz bilan baham: |