Gipnoterapiya — gipnoz usulini qo'llab davolash.
Gipnofobiya — uxlashdan qo'rqish, uxlasa xuddi o‘lib qolaman deb o‘ylaydi.
Gistrionizm — unga bo'lgan to'g'ri munosabatga qattiq reaksiya ko'rsatish, hissiy bczovtalik, egoizm bilan namoyon bo'Iuvchi isterik reaksiya.
Gomitsidomaniya — chidab bo'lmaydigan darajada birovni o'ldirishga intilish.
Gratsidomaniya — chidab bo‘lmaydigan darajada ozishga intilish, semirib ketishdan qo'rqish.
Daknomaniya — atrofdagilarni tishlab olishga intilish.
Dansomaniya — raqs tushishni juda xohlash, unga intilish.
Debyut (fr. debut — boshi) kasallikning boshlang‘ich davri.
Dezadaptatsiya — organizmning yashash sharoitlariga moslasha olmasligi.
Dezintegratsiya — integrativ jarayonlarning buzilishi.
Deliriy — ongning tumanlashuvi bo'lib, ko'ruv gallyutsinatsiyalari, illyuziyalar, psixomotor buzilishlar, vaqtga va atrof-muhitga bo'lgan oriyentirning buzilishi bilan namoyon bo‘ladi.
Depersonalizatsiya — shaxsning parchalanishi, o'z shaxsini anglay olmaslik.
Depressiya—kayfiyatning tushishi, fikrlar karaxtligi va harakat faolligining pasayib ketishi bilan kechuvchi ruhiy buzilish.
Dermatomaniya — terisini shikastlashga, timoqlarini va sochini yulishga bo'lgan intilish.
Dinofobiya — bosh aylanishdan qattiq qo‘rqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |