Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
Luriya
(1902-1977) 46 P.Brok (1824-1880) Todd va Artur K.Bogart (2001) neyropsi- xologiya fanini bosh miya zararlanishlarida kuzatiladigan barcha psixologik buzilishlarni (xulq-atvor, shaxs va h.k.) o‘rganuvchi fandir hamda neyropsixologlar miya jarohatlarini davolashda faol ishtirok etishlari kerak, deb ta’kidlashadi. Bu fanning tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, u bosh miya katta yarim sharlarining po‘stlog‘ida oliy ruhiy funksiyalaming markazlarini aniqlashga urinishlardan boshlangan. 1836-yili Fransiyaning kichik bir shahrida tibbiy jamiyatning yig‘ilishlaridan birida oddiy vrach Mark Daks jamiyat raisidan o'zining kuzatuvlari to‘g‘risida ma’lumot berishga ruxsat so'raydi. Uning nutqida quyidagi jumlalar bor edi: «Men bosh miyaning chap yarim shari zararlangan bemorlarning barchasida nutq buzilishlarini kuzatdim, lekin bosh miyaning o‘ng yarim shari zararlangan bemorlarning birortasida ham nutq buzilishi uchramadi. Demak, aynan bosh miyaning chap yarim shari nutq bilan bog'langan, ya’ni u yerda nutq markazlari joylashgan». Bu paytgacha nutq uchun bosh miyaning ikkala yarim shari ham javob beradi, deb faraz qilinardi. Lekin u o‘z mulohazalarini anatomik tekshiruvlar bilan tasdiqlamagan (bunga imkoniyat bo‘lsa-da) va chop qildirmagan. Shuning uchun ham M.Daksning og'zaki bergan ma’lumoti tez orada unut bo'lib ketdi. 1861-yili yosh fransuz olimi P.Brok nutqi buzilgan va tanasining o'ng tomoni falajlangan bemorni kuzatadi. Bu bemor tez orada vafot etadi. Uning bosh miyasi ochib tekshirilganda, chap yarim shaming pastki peshona pushtasining orqa qismida infarkt o'chog'i aniqlanadi (bu markaz hozirgi kunda Brok markazi deb ataladi). Bemor atrofdagilarning gapiga tushunsa-da, o‘zi gapira olmasdi. Nutq buzilishining bu tun keyinchalik «motor afaziya» deb nom oldi. O'sha davrdan boshlab bosh miyada turli markazlami izlash katta qiziqish bilan boshlanib ketadi. Biroz vaqt o'tmay, nemis psixiatri K.Vemike 1874-yili bosh miyaning chap chakka bo'lagining ustki pushtasi zararlanganda ham nutq buzilishini kuzatib, sensor nutq markazini aniqlaydi. 1876-yili Ferriyer chakka bo'lagida eshituv markazini, 1881-yili Munk itlarning ensa sohalari olib tashlanganda «narsalarni ko'rsada, tanimasligini», o'sha yili Eksner o'rta peshona pushtasining orqa qismlari zararlanganda yozishning buzilishini aniqlaydilar. 47 Albatta, bu kashfiyotlar o‘sha davrdagi olimlarni hayratga soladi, ya’ni ular bosh miyada turli markazlarni, hatto ong, xotira, tafakkur markazlarini izlay boshlashadi. Shu davrdan boshlab, «lokalizatsionizm» degan oqim yuzaga keladi. Fransuzchada bu so‘z «joy» degan ma’noni bildiradi. 1870-yili Finkelnburg lokalizatsionchilarga qarshi chiqib, bosh miya po‘stlog‘i zararlanganda «asimboliya» rivojlanadi, deb aytadi, ya’ni simvollami ishlatish qobiliyati buzilishi natijasida nutq, narsalami tanish va turli ongli harakatlar buziladi, degan fikrni ilgari suradi. Lokalizatsionchilar nuqtai nazarini 1864-1874-yillari o‘zining kuzatuvlariga asoslanib, mashhur ingliz nevrologi D. Jekson tanqidiy tahlil qildi. D. Jekson, asosan, nutqning dinamik tomonlari bilan qiziqdi. U «Bosh miyada nutq buzilishiga sabab bo‘lgan zararlanishni joylashtirish» va «nutqning o'zini joylashtirish» ikki xil narsadir», degan edi. D. Jekson afaziyada nutq funksiyasining to‘la yo‘qolmasligiga e’tibor berdi. Afaziya kuzatilgan bemorda maqsadga yo‘naltirilgan nutq buzilishi mumkin, biroq hissiy nutq saqlanib qoladi, deb fikr yuritadi. Masalan, biron-bir so'zni bemor affekt holatida aytib yuborishi, ixtiyoriy holda esa gapira olmasligi mumkin. D. Jekson «Nutqini yo‘qotgan odam so‘zlardan ham judo bo'lgan, degani emas, chunki so‘zning anglanmagan qismi ham mavjud», degan edi. Shuning uchun «nutqidan judo» bo‘lgan bemorning fikrlash jarayoni biroz pasaysa-da, hali fikr yuritishga qobiliyatli. D. Jekson «Maqsadga yo‘naltirilgan nutq bosh miyaning chap yarim shari, hissiy nutq o‘ng yarim shari faoliyati bilan bog‘liq», deb aytgan. D. Jekson birinchilardan bo‘lib, markaziy asab tizimi funksiy alarming murakkab tuzilishi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surdi. D. Jekson fikriga ko‘ra, har bir funksiya uchta bosqichdan iborat: «quyi» (orqa miya, miya ustuni), «o‘rta» (bosh miya po‘stlog‘ining harakat va sezgi markazlari) va «oliy» (bosh miyaning peshona bo'lagi). «Oliy» markazlar zararlanganda nafaqat patologik simptomlar paydo bo‘ladi, balki ijobiy o‘zgarishlar ham kuzatiladi: «quyi» markazlar «oliy» markazlar nazoratidan xalos bo'lib, o‘z faoliyatini kuchaytiradi. Bunga markaziy piramidal yo'llar zararlanganda spinal reflekslarning kuchayishini misol qilib ko‘rsatish mumkin. «Agar afaziyada gapirish, о ‘qish va yozish qobiliyatlarining buzilishi salbiy alomatlar bo ‘Isa, hissiy Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling