Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet14/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Ikkinchi blok - ma’lumotlarni qabul qiluvchi, qayta ishlovchi va xotirasida saqlovchi blok. Bu blok bosh miya yarim sharlarida joylashgan bo‘lib, ensa (ko‘ruv), chakka (eshituv) va tepa (umumiy sezgi) sohalaridan iborat. Ikkinchi blokka taalluqli bu sohalar iyerarxik tuzilishga ega. Shartli ravishda ularning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi soha (maydon) lari farqlanadi (4-rasm). Birinchisi tashqi olamdan qabul qilingan ta’sirotlarni (eshituv, ko'ruv, sezgi) mayda belgilarga parchalaydi. Ikkinchi blokning ikkinchi sohasi bu belgilardan har xil tasvirlar yaratadi, uchinchisi esa ko'ruv, eshituv, hid bilish va teridan keluvchi ma’lumotlarni jamlaydi.
Uchinchi blok - ruhiy faoliyatni nazorat qiluvchi va dasturlar tuzuvchi blok. Bu blokni, asosan, miyaning peshona bo'lagi tashkil qiladi. Peshona bo'lagi zararlangan bemoming xulqi buziladi, oddiy harakatlami bajara olmaydigan bo'lib qoladi. Bir so'z bilan aytganda, insonning shaxsi buziladi.
Miyaga kelib tushayotgan ma’lumotlaming analiz va sintezi natijasida aniq shartlarga javob beruvchi harakat dasturi ishlab chiqiladi. Mabodo ushbu dastur yordamida «topshiriq» bajarilmasa, miyada ketma-ket yangi dasturlar yaratilaveradi. Buning natijasida tushayotgan signallarga bosh miya, albatta, javob qaytaradi. Shunday qilib, bosh miyada murakkab qaroming paydo bo'lish jarayoniga qo'zg'alishning zanjirli reaksiyasi sifatida qarash kerak. Bu aylana bosh miya va uning turli bo'limlari faoliyatining asosini tashkil qiladi. Bosh miyada assotsiativ yo'llaming katta imkoniyatlari borligi va po'stloq neyronlarining keng ixtisoslashganligi turli-tuman neyronlararo aloqalarning yuzaga kelishi va har xil vazifalarni bajaruvchi murakkab neyronlar to'plamining shakllanishiga imkon yaratadi.
Bu jarayonlami yanada to'laroq tushunish uchun asab sistemasining filogenezi va ontogenezi bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Asab tizimining filogenezi
Evolyutsiya jarayonida asab tizimi rivojlanib, murakkablashib va takomillashib bordi. Oddiy bir hujayrali organizmdagi (amyobalar) yolg'iz hujayraning o'zi sezgi, harakat, hazm qilish va himoya funksiyalarini bajarib keldi. Tirik to'qima qo‘zg‘alish, ya’ni tashqi




ta’sirlarga javob berish xususiyatiga egadir. Filogenezda asab hujayralarining paydo bo‘lishi organizm uchun tashqi ta’sirlami qabul qilish, to‘plash va tarqatish imkonini yaratib berdi.
Asab hujayralari orasidagi bog'lanishlaming paydo bo'lishi va oddiy asab tizimining shakllanishi organizmni integratsiyaning yangi bosqichiga ko‘tardi. Oddiy (primitiv) asab tizimiga ega jonzotlarda qo'zg'alish hujayralardan barcha yo'nalishlarda tarqalishi mumkin, go'yo bu impuls barcha hujayralarga taalluqli bo'lib, ma’lum bir manzilga ega emasdek. Shunday bo‘lsa-da, bu impulslar organizmdagi u yoki bu jarayonlarning kechishida faol ishtirok etadi, lekin analiz qilish qobiliyati hali ularda bo'lmaydi. Qo'zg'alishning asab hujayralarida to'planishi xotiraga o'xshash jarayonga zamin yaratadi.
Organizm rivojlangan va asab to'qimalari ishi takomillashgan sayin asab hujayralaridagi jarayonlar qo'zg'alishni tez o'tkazishi va ma’lum bir manzilga yo'naltirilganligi bilan ajralib turadi. Asab tizimining murakkablashib, takomillashib borishi, qabul qiluvchi (afferent) va uzatuvchi (efferent) sistemalaming paydo bo'lishi bilan kechadi. Nerv tarmoqlarining chekkasida maxsus retseptorlar paydo bo'lib, har bin faqat o'ziga tegishli bo'lgan ta’sirlarni farqlab qabul qila boshlaydi. Asab hujayralarining ixtisoslashib va takomillashib borishi natijasida impulslarning faqat bir tomonga yo'nalishini ta’minlaydigan sinapslar paydo bo'ladi. Xuddi shu bosqichda ba’zi vazifalami bajaruvchi oddiy «aylana» tuzilmalar hosil bo'ladi.
Keyinchalik evolyutsiya mobaynida nerv tugunlari - gangliyalar paydo bo'lib, ular bir yoki bir nechta vazifani amalga oshira boshlaydi. Gangliyalarning ishlash uslubi shundan iboratki, har bir gangliya tanadagi ma’lum segment (soha) uchun javob beradi. Ushbu segment darajasida o'ta aniq va soz boshqaruv jarayoni kechadi. Asab tizimida mavjud bo'lgan gangliyalar majmuasi sezishningmurakkab turlarini amalga oshira oladi. Gangliyada har qanday jarayon go'yoki aniq bir dasturga ega. Biroq segmentlar bir-biri bilan yetarli aloqaga ega emas - bosh miya hujayralaridan farqli ravishda bu gangliyalarda biron-bir markazning muvofiqlashtiruvchi ta’siri uncha rivojlanmagan.
Evolyutsiyaning keyingi davrlarida asab sistemasining rivojlanishi bosh miya rivojlanishining ustuvorligi bilan kechadi, so'ngra bosh miya yarim sharlari po'stlog'i paydo bo'lgan asab tizimi filogenezining bu davri sefalizatsiya davri deb ham ataladi. Sut emizuvchilarda asab tizimi yanada takomillasha borib, bosh miya katta yarim sharlar po'stlog'i va ulami o'zaro bog'lovchi yo'llar paydo bo'ldi. Organizmning barcha funksiyalarini boshqarib, nazorat qilib turuvchi, o'tkazuvchi yo'llar sistemasi shakllandi. Odamda katta yarim sharlar po'stlog'i, ayniqsa,


34




peshona va chakka bo'laklarining rivojlanishi yuksak darajaga yetdi. Hozirgi kunda odam bosh miyasining 78 foizini po‘stloq tashkil qilib, uning 30 foizi peshona bo‘lagiga to‘g‘ri keladi.
Evolyutsion rivojlanishning sefalizatsiya davrida bosh miyada paydo bo‘lgan markazlar quyi joylashgan tuzilmalarni o‘ziga bo‘ysundira boshladi. Natijada bosh miyada hayotiy muhim markazlar paydo bo‘lib, ular organizmning turli-tuman faoliyatini avtomatik tarzda boshqara boshladi. Ushbu markazlararo aloqalar iyerarxik tarzda faoliyat ko‘rsatadi. Integrativ jarayon va boshqarish funksiyasining vertikal uslubda faoliyat ko‘rsatishi muhim ahamiyatga ega.
Fiziologiyaning dastlabki rivojlanish davrida oliy nerv markazlari quyi markazlarga doimo tormozlovchi ta’sir ko‘rsatadi, degan fikr mavjud edi. Shuning uchun oliy markazlar zararlanganda quyi markazlar qo‘zg‘aladi, go'yoki ular faollashadi. Lekin fiziologik jarayonlar doim bu tarzda kechavermaydi. Evolyutsion jihatdan yosh markazlar zararlanganda, keksa markazlar faollashadi, go'yoki evolyutsion jarayon teskarisiga davom etadi. Bu nazariya dissolyatsiya nazariyasi deb nom olgan. Darh; qiqat, yuqori pog‘onada joylashgan markazlar zararlanganda quyi markazlar faollashganini ko‘ramiz. Bunga markaziy harakat neyroni zararlanganda orqa miyaning oldingi shoxida joylashgan periferik harakat neyronlarining faollashuvini misol qilib keltirish mumkin. Ammo bu buzilishlarning asl sababi dissolyatsiyada yoki quyi markazlarning yuqori markazlar «tutqunligidan» ozod bo‘lishida emas. Chunki oliy markazlar quyi markazlar faoliyatini faqat tormozlabgina qolmaydi, balki faollashtiradi ham. Markaziy ta’sirlar susayganda, quyi jarayonlaming avtomatizmi va boshqarish «san’ati» pasayadi, jarayon qo‘pol va sodda bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, quyida joylashgan markazlarning faollashuvi kompensator jarayonning bir ko‘rinishi sifatida qabul qilinishi ham mumkin.
Nerv markazlari iyerarxiyasida bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i asosiy o‘rinni egallaydi. Butun organizm va funksional sistema- lardan ma’lumotlarning po'stloqqa oqib kelishi, ularning murakkab analiz va sintez qilinishi, assotsiativ yo‘llarning paydo boiishi oliy nerv faoliyatining asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi.
Xo‘sh, asab tizimi tuzilmalarining ontogenezda rivojlanishi qanday kechadi va bu jarayondagi buzilishlar ruhiyatning shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?


35



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling