Tibbiyot psixologiy asi
Enurez qanday bolalarda ko‘p uchraydi?
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- td qayerda hoIsa, bto ham o‘sha yerda. Zignnmd Freyd
Enurez qanday bolalarda ko‘p uchraydi?
211
td qayerda ho'Isa, bto ham o‘sha yerda. Zignnmd Freyd Jinsiy a’zolar haqida umumiy ma’lumot Asab tizimining funksional kasalliklarida jinsiy buzilishlar juda ko‘p uchraydi. Ayniqsa, isteriya, depressiya, ipoxondriya va fobik sindromlarda jinsiy buzilishlar tez-tez kuzatilib turadi. Jinsiy buzilishlarga ta’rif berishga o‘tishdan oldin odamda jinsiy funksiyalarning asab tizimi tomonidan boshqarilish mexanizmlarini ko‘rib chiqamiz. Odamning jinsiy faoliyatini boshqarishda quyidagi markazlar ishtirok etadi: Bosh miya katta yarim sharlari po‘st!og‘i. Bu yerda jinsiy faoliyat ongli tarzda boshqariladi va umumiy nazorat qilinadi. Gipotalamus. Jinsiy faoliyat paytida kuzatiladigan vegetativ reaksiyalarni ta’minlaydi. Orqa miyaning II-IV dumg'aza segmentlarida joylashgan ereksiya va II-IV bel qismi segmentlarida joylashgan eyakulyatsiya markazi. Spinal markazlar gipotalamus va po'stloq markazlari hamda jinsiy a’zolarda joylashgan retseptorlar bilan bog‘langan. Jinsiy markazlarning o‘zaro ishi juda muvofiqlashtirilgandir. Jinsiy mayl (libido) va orgazm serebrospinal markazlarning murakkab faoliyati natijasida yuzaga keladigan murakkab psixofiziologik jarayondir. Ereksiya va eyakulyatsiya spinai reflekslar sirasiga kiradi, shuning uchun ham bel-dumg‘aza segmentlaridan yuqorida joylashgan jarohatlanishlarda bu funksiyalar saqlanib qoladi. Biroq jinsiy jarayonlardagi birorta faoliyat pasaysa, qolganlariga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ereksiya va eyakulyatsiyaning boshqarilish mexanizmi 33-rasmda keltirilgan. Jinsiy gormonlar jinsiy markazlarning shartsiz reflektor qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi va jinsiy maylning kuchi va tonusini belgilab beradi. Prostata, gipofiz va buyrak usti bezi gormonlarining ahamiyat) juda kattadir. Prostata bezining gormonlari muntazam qonga tushib turadi; ular kam miqdorda tushsa, urug‘don sekretsiyasini faollashtiradi, ko'p miqdorda tushsa, susaytiradi. Agar erkak kishi bir necha kun jinsiy aloqasiz yashasa, unda jinsiy maylning susayishi kuzatilishi mumkin va aksincha, yana jinsiy aloqa qila boshlasa, libido paydo bo'ladi. Bu holatni quyidagicha tushuntirish mumkin: tez-tez bo'ladigan jinsiy aloqada, eyakulyatsiya bilan tashqariga ko'p miqdorda prostata sekreti chiqariladi va uning juda 212 Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling