Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
228
kuzatilgan. U turmush o‘rtog‘i bilan ajrashib, o‘sha yigitga turmushga chiqqan. Bu voqea psixologik frigidlikka yaqqol misol bo‘la oladi va jinsiy aloqaning nafaqat fiziologik, balki psixologik jarayon ekanini tasdiqlaydi. Jinsiy tuyg‘uni to‘xtatadigan ruhiy omillarga jinsiy aloqa paytida kuzatiladigan og'riqli defloratsiya, kasallanib qolish va boshqalarga gap- so‘z bo‘lishdan qo‘rqish kabi holatlar ham kiradi. Simptomatik frigidlik. Birorta kasallik natijasida rivojlanadigan frigidlikka simptomatik frigidlik deb ataladi. Bosh miya va orqa miyaning organik, urologik, ginekologik, nasliy va og‘ir yuqumli kasalliklar, giyohvandlik, aroqxo‘rlik, turli etiologiyali ensefalopatiyalar, endokrin buzilishlar, endogen depressiyalar frigidlikka olib kelishi mumkin. Konstitutsional frigidlik. Buning asosida psixoseksual funksiyalarning tug'ma yetishmovchiligi yotadi. Masalan, xuddi tug'ma musiqiy karlik bo'lgani kabi tug'ma frigid ayollar ham bo'ladi. Bu ayollarda boshqa hamma a’zo va sistemalar sog'lom, jinsiy a’zolari anatomik jihatdan yaxshi rivojlangan, onalik funksiyasi saqlangan bo'lishi mumkin, lekin turli darajada rivojlangan frigidlik kuzatiladi. Ular uchun frigidlik kasallik emas, balki tug'ma nuqsondir. Odatda, bunday ayollar ichida onanizm bilan shug'ullanganlari bo'lmaydi, alar erkaklar bilan jinsiy yaqinlikka intilmaydi, odatda, sevib turmushga chiqmaydi, jinsiy aloqa orgazm bilan tugamaydi, vrachlarga borib davolanishni istashmaydi ham. Bu frigidlikning sabablari hozirgacha fanga noma’lum. Frigidlikning bunday tasnifini mukammal deb bo'lmaydi, chunki simptomatik va retardatsion frigidlikda psixologik omilni inkor qilish qiyin. Disgamiya Er-xotin orasidagi jinsiy munosabatlar uyg'unligining buzilishiga disgamiya deb ataladi. Disgamiya, ya’ni ikki tomondan birining jinsiy hirslarining qoniqmasligi oilaning buzilishi va xiyonat yoki turli darajadagi nevrozlarga sabab bo'ladi. Aksariyat hollarda disgamiyaning asosiy sababi jinsiy aloqaning tez tugashidir (sust ereksiya va vaqtli eyakulyatsiya sababli). Chunki ayol kishi jinsiy aloqaning orgazm bilan tugashini istaydi. Aytib o'tganimizdek, erkak kishiga qaraganda, ayollarda orgazm kelishi ancha mushkulroq. Jinsiy aloqaning vaqtli tugashi nafaqat ayolning, balki erkak kishining ham ruhiga katta ziyon yetkazadi va u rafiqasining oldida erkaklik burchini bajara olmaganidan o'zini gunohkor his qiladi. Frigidlikdan farqli o'laroq, disgamiyani ayollar ruhan og'ir kechiradi. Ayol kishi bir tomondan, turmush o'rtog'ini inson sifatida, bolalarining otasi sifatida yaxshi ko'radi, lekin ikkinchi tomondan, undan 229 jinsiy hirsini qondira olmaydi. Ko'p oilalar aynan mana shunday vaziyatga duch keladi va buning oqibatida tez-tez janjallar chiqadi. Erkakda ham, ayolda ham jinsiy aloqa bir xil paytda orgazm bilan tugasa, ikkala tomon ham jinsiy yaqinlikdan katta qoniqish his qiladi va o‘zaro ayblovlarga o‘rin qolmaydi. Ayollarda orgazm uzoqroq davom etadi. Erkak kishi jinsiy aloqa tugagach, tez turib ketishni istasa, ayol uni yana erkalatib yotishlarini istaydi. Ayollarda orgazm bir soatgacha davom etishi ham mumkin. Mutaxassislarning fikricha, orgazmning kelish tezligi va davomiyligi ayolning mizojiga ham bog'liq. Ba’zi ruhiy kasalliklarda orgazm juda cho'zilib ketishi ham mumkin. Ba’zi ayollar va erkaklar orgazmning kelishini olatning hajmiga ham bog'lashadi. Bu muammo qadimdan ko'pchilikni qiziqtirib kelgan va uni o'rganish uchun juda ko'p shaxsiy suhbatlar va so'rovlar o'tkazilgan. Bu sohani chuqur o'rgangan mutaxassislarning fikricha, orgazmning kelishi olatning hajmiga bog'liq emas va bu yerda ruhiy omil juda katta ahamiyatga ega. Chunki olatning kichik bo'lishi faqat og'ir endokrin kasalliklar (nanizm, gipopituitrizm) da kuzatiladi va bor-yo'g'i 2 foizni tashkil qiladi. Har xil statistik ma’lumotlarni to'plaganda, «erimning olati kichik», deb shikoyat qiladigan ayollar soni (jinsiy aloqadan qoniqishsa-da) o'rtacha 30 foizni tashkil qilarkan. Psixolog va seksologlaming fikricha, jinsiy yaqinlikda bo'ladigan ayollarning deyarli 90 foizdan ortig'i jinsiy aloqada eng asosiysi, uning qoniqish bilan tugashi deb hisoblasharkan. Turli holatda jinsiy aloqa qilish, erogen sohalami ko'proq ta’sirlantirish, aloqa tugagach ham shirin so'zlar bilan ayolni erkalatib yotish uning qoniqishida asosiy omil hisoblanadi. «Капш Su‘ua»da seksual munosabatlarga bag'ishlab ko'p narsalar bitilgan. Unda jinsiy aloqa qilishning 30 dan ortiq usuli, ayol va erkak kishi jinsiy aloqa qilayotgan paytidagi o'yinlar, erogen sohalarni ta’sirlantirish bo'yicha maslahatlar, jinsiy qondirishning antiqa usullari yoritilgan. Unda, shuningdek, «Turmush o'rtog'ining boshqa ayolga ketib qolmasligi uchun rafiqasi hirsni qondiruvchi barcha usullardan foydalanib, emi qondirish yo'lini izlashi кегак», deyilgan. Xuddi shu so'zlar erkak kishiga ham taalluqlidir. Asosiy maqsad qoniqish ekan, unga yetishning turli yo'llarini qo'llash lozim («Ars amatoria»). Seksologlaming fikricha, uylangan erkaklaming (ayollarning ham) boshqa ayollar (erkaklar) bilan yurib ketishining aksariyat sabablari «antiqa sevgi» izlashdir. Bunday odamlar «U bilan har xil usulda shug'ullana olaman, o'zimniki bilan esa mumkin emas», qabilida ish tutisharkan. Shuni unutmaslik lozimki, jinsiy yaqinlik paytida erkaklar ham, ayollar ham barcha sanitariya vagigiyena talablariga, albatta, amal qilishlari kerak. 230
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling