Otamisiz aliment pullarini to’lab qo’ying-da!
Download 27.59 Kb.
|
Microsoft Word Document (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- U.Nurullayev, Tuman prokurorining katta yordamchisi, adliya maslahatchisi.
==Jinoyatga jazo muqarrar== “Otamisiz aliment pullarini to’lab qo’ying-da!” Odamlar juda qiziq. Ayrimlar oila qurib, farzandlik bo’lishadi. Bir-ikkita farzand qurgandan keyin arzimas vaj-korsonlar bilan turmush o’rtoqlari bilan ajrashib, ketishadi. O’rtada esa norasida go’daklar bo’zlab qolaveradilar. Xo’sh, begunoh bolalarda nima ayb? Bu savol har iymonli va diyonatli insonni o’ylantirishi tabiiy. Ayni kunda o’z farzandi uchun sud tomonlaridan belgilangan aliment pullarini to’lashdan bo’yin tovlab yurganlar topiladi. Quyida biz keltirayotgan jinoyat ishi tavsiloti ana shu haqda. 2022 yil noyabr oyining 9-kuni jinoyat ishlari bo’yicha Vobkent tuman sudi o’z binosida bo’lib o’tgan sud majlisida Shakarkent MFY da yashovchi sudlanuvchi Alimardon Roziqovga nisbatan 1-2005-2201/149-sonli jinoyat ko’rib chiqdi. Sud sudlanuvchi va jabrlanuvchining ko’rsatmalarini tinglab, ishda mavjud bo’lgan dalillarga baho berib, quyidagilarni aniqladi : Fuqarolik ishlari bo’yicha Peshku tumanlararo sudining 2018 yil 28-avgustdagi ijro varaqasiga asosan A.Roziqovdan undiruvchi ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo’lsa-da A.Roziqov voyaga yetmagan farzandlarini moddiy moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlab, aliment mablag’larini jami bo’lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to’lashdan bo’yin tovlaganligi sababli, jinoyat ishlari bo’yicha Vobkent tuman sudining 2022 yil 4-martdagi qaroriga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi MJtK ning 47.4 – moddasi bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan, o’ziga tegishli xulosa chiqarmasdan 2022 yil 1-martdan 2022 yil 1-sentyabrga qadar, ya’ni ikki oydan ortiqmuddat mobaynida jami bo’lib 3.807.106 so’mlik aliment pullarini to’lashdan qasddan bo’yin tovlab kelgan. Sud O’zbekiston Respublikasi JtKning tegishli moddalariga amal qilib, sud sudlanuvchi Alimardon Roziqovni O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 122-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topdi va unga shu modda bilan 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Shuningdek, sud sudlanuvchi A.Roziqovdan jabrlanuvchi N.Nazarovaning foydasiga 3.807.106 so’m aliment pullarini undirish xususida hukm chiqardi. Endi A.Roziqov o’z farzandi uchun belgilangan aliment pullarini ham to’laydi, 6 oy qamoqda ham o’tirib chiqadi. Aslini olganda, sudlanuvchi A.Roziqov aybdor va aliment to’lashdan qochib yurgani ayon. Ayting-ayting, u 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosida o’ziga tegishlicha saboq vhiqarib olsin-da. Bo’lmasa, bundan keyingi ahvoliga maymunlar yig’lashi hech gap emas. Alimentni to’lashdan bo’yin tovlab yurgan otalarga aytadigan gapimiz shu: “Otamisiz, aliment pullarini vaqtida to’lab qo’ying-da ?” U.Nurullayev, Tuman prokurorining katta yordamchisi, adliya maslahatchisi. Download 27.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling