Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet10/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Z.Freyd
(1856-1939)


17




«Transkortikal motor afaziyada bemorning gapira olmaslik sababi Brok markazi funksional faoliyatining pasayishidir», degan edi.
Z. Freyd fanda yangi yo‘nalish, ya’nj psixo-analizni yaratadi. U ruhiy-asabiy buzilish-larning har bir belgisini tahlil qildi, isterik simptomlaming sababi va sirlarini o'rgandi, ulami ruhiy ta’sir qilish yo'li bilan davolay boshladi. Ongsizlik haqidagi ta’limotni yaratdi. Seksual hayotning ruhiy faoliyat bilan uzviy bog'liqligini o'rgandi. Z. Freyd fiziologlar (I.P. Pavlov) hamda nevropatolog va psixolog olimlarning (Ernst Krechmer, Emil Krepelin, Eygen Eleyler) ishlaridan ham xabardor edi.
Z.Freyd fan olamida mard olimlardan biri edi. Agar uning dunyoqarashiga zid va isbotlangan yangi dalillar paydo bo'lsa, Z. Freyd ularni o'ziga xos mardlik bilan qabul qilardi. Masalan, isteriyalarni faqat seksual buzilishlar nuqtai nazaridan tushuntirib bergan Z. Freyd birinchi jahon urushida juda ko'p askarlar orasida isterik simptomlami kuzatgan, urushdan qaytgandan so'ng esa ularda bu belgilar butunlay yo'q bo‘lib ketgan. Bu holatni kuzatgan Freyd panseksualizm g'oyasidan biroz chekindi. Shuni ta’kidlash lozimki, mashhur fiziolog I.P. Pavlovning eksperimental nevrozlar konsepsiyasini yaratish g'oyasiga Z. Freydning shu sohaga taalluqli maqolasi ham sabab bo'lgan.
Z.Freyd isterik nevrozlarning kelib chiqishida I.P. Pavlovning tormozlanish va qo'zg'alish jarayonlari haqidagi ta’limotini yuqori baholagan. Sobiq sho'ro tuzumi davrida bu ikkala buyuk olimning ishlari bir-biriga qarama-qarshi qo'yilib, mashhur psixoanalitik Z. Freyd asossiz qoralab kelindi. Ammo uning inson psixologiyasini o'rganishda qilgan olamshumul ishlari butun dunyoda tan olingan edi.
Z. Freyd katta bir maktab yaratdi va buning natijasida fanda freydizm yo'nalishi paydo bo'ldi. Bu haqda kitobning «ongsizlik» qismida batafsil ma’lumot beramiz. Uning dastlabki safdoshlari va shogirdlari A. Adler va K.G. Yunglar nevrozlarning kelib chiqishiga oid o'z nazariyalarini ilgari surishdi. A. Adler fanda individual psixologiya g'oyasini ko'tarib chiqqan bo'lsa, K.G. Yung o'z e’tiborini analitik psixologiyaga qaratdi.
XX asrning birinchi yarnida mashhur psixiatr E. Krechmer (uni tibbiyot psixologiyasining otasi deb ham atashadi) «Tibbiyot psixologiyasi» asarini yozadi. U tibbiyot psixologiyasini alohida fan sifatida ajratdi va bu uni barcha tibbiy, falsafiy va biologik fanlar yutug'iga asoslanib o'rganish zarurligini uqtirdi. E. Krechmer odam ruhiyatining shakllanishi va buzilishida tug'ma konstitutsional omillarga katta e’tibor berdi.


18





Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling