Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet18/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Luriya
(1902-1977)


46







P.Brok
(1824-1880)


Todd va Artur K.Bogart (2001) neyropsi-
xologiya fanini bosh miya zararlanishlarida
kuzatiladigan barcha psixologik buzilishlarni
(xulq-atvor, shaxs va h.k.) o‘rganuvchi fandir
hamda neyropsixologlar miya jarohatlarini
davolashda faol ishtirok etishlari kerak, deb
ta’kidlashadi.
Bu fanning tarixiga nazar tashlaydigan
bo'lsak, u bosh miya katta yarim sharlarining
po‘stlog‘ida oliy ruhiy funksiyalaming
markazlarini aniqlashga urinishlardan
boshlangan. 1836-yili Fransiyaning kichik bir
shahrida tibbiy jamiyatning yig‘ilishlaridan
birida oddiy vrach Mark Daks jamiyat raisidan
o'zining kuzatuvlari to‘g‘risida ma’lumot
berishga ruxsat so'raydi. Uning nutqida
quyidagi jumlalar bor edi: «Men bosh miyaning
chap yarim shari zararlangan bemorlarning barchasida nutq buzilishlarini
kuzatdim, lekin bosh miyaning o‘ng yarim shari zararlangan bemorlarning
birortasida ham nutq buzilishi uchramadi. Demak, aynan bosh miyaning
chap yarim shari nutq bilan bog'langan, ya’ni u yerda nutq markazlari
joylashgan». Bu paytgacha nutq uchun bosh miyaning ikkala yarim shari
ham javob beradi, deb faraz qilinardi. Lekin u o‘z mulohazalarini
anatomik tekshiruvlar bilan tasdiqlamagan (bunga imkoniyat bo‘lsa-da)
va chop qildirmagan. Shuning uchun ham M.Daksning og'zaki bergan
ma’lumoti tez orada unut bo'lib ketdi.
1861-yili yosh fransuz olimi P.Brok nutqi buzilgan va tanasining o'ng tomoni falajlangan bemorni kuzatadi. Bu bemor tez orada vafot etadi. Uning bosh miyasi ochib tekshirilganda, chap yarim shaming pastki peshona pushtasining orqa qismida infarkt o'chog'i aniqlanadi (bu markaz hozirgi kunda Brok markazi deb ataladi). Bemor atrofdagilarning gapiga tushunsa-da, o‘zi gapira olmasdi. Nutq buzilishining bu tun keyinchalik «motor afaziya» deb nom oldi. O'sha davrdan boshlab bosh miyada turli markazlami izlash katta qiziqish bilan boshlanib ketadi. Biroz vaqt o'tmay, nemis psixiatri K.Vemike 1874-yili bosh miyaning chap chakka bo'lagining ustki pushtasi zararlanganda ham nutq buzilishini kuzatib, sensor nutq markazini aniqlaydi.
1876-yili Ferriyer chakka bo'lagida eshituv markazini, 1881-yili Munk itlarning ensa sohalari olib tashlanganda «narsalarni ko'rsada, tanimasligini», o'sha yili Eksner o'rta peshona pushtasining orqa qismlari zararlanganda yozishning buzilishini aniqlaydilar.


47




Albatta, bu kashfiyotlar o‘sha davrdagi
olimlarni hayratga soladi, ya’ni ular bosh
miyada turli markazlarni, hatto ong, xotira,
tafakkur markazlarini izlay boshlashadi. Shu
davrdan boshlab, «lokalizatsionizm» degan
oqim yuzaga keladi. Fransuzchada bu so‘z
«joy» degan ma’noni bildiradi.
1870-yili Finkelnburg lokalizatsionchilarga
qarshi chiqib, bosh miya po‘stlog‘i
zararlanganda «asimboliya» rivojlanadi, deb
aytadi, ya’ni simvollami ishlatish qobiliyati
buzilishi natijasida nutq, narsalami tanish va
turli ongli harakatlar buziladi, degan fikrni
ilgari suradi. Lokalizatsionchilar nuqtai
nazarini 1864-1874-yillari o‘zining
kuzatuvlariga asoslanib, mashhur ingliz nevrologi D. Jekson tanqidiy tahlil
qildi. D. Jekson, asosan, nutqning dinamik tomonlari bilan qiziqdi. U
«Bosh miyada nutq buzilishiga sabab bo‘lgan zararlanishni joylashtirish»
va «nutqning o'zini joylashtirish» ikki xil narsadir», degan edi.
D. Jekson afaziyada nutq funksiyasining to‘la yo‘qolmasligiga e’tibor berdi. Afaziya kuzatilgan bemorda maqsadga yo‘naltirilgan nutq buzilishi mumkin, biroq hissiy nutq saqlanib qoladi, deb fikr yuritadi. Masalan, biron-bir so'zni bemor affekt holatida aytib yuborishi, ixtiyoriy holda esa gapira olmasligi mumkin. D. Jekson «Nutqini yo‘qotgan odam so‘zlardan ham judo bo'lgan, degani emas, chunki so‘zning anglanmagan qismi ham mavjud», degan edi. Shuning uchun «nutqidan judo» bo‘lgan bemorning fikrlash jarayoni biroz pasaysa-da, hali fikr yuritishga qobiliyatli. D. Jekson «Maqsadga yo‘naltirilgan nutq bosh miyaning chap yarim shari, hissiy nutq o‘ng yarim shari faoliyati bilan bog‘liq», deb aytgan.
D. Jekson birinchilardan bo‘lib, markaziy asab tizimi funksiy alarming murakkab tuzilishi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surdi.
D. Jekson fikriga ko‘ra, har bir funksiya uchta bosqichdan iborat: «quyi» (orqa miya, miya ustuni), «o‘rta» (bosh miya po‘stlog‘ining harakat va sezgi markazlari) va «oliy» (bosh miyaning peshona bo'lagi). «Oliy» markazlar zararlanganda nafaqat patologik simptomlar paydo bo‘ladi, balki ijobiy o‘zgarishlar ham kuzatiladi: «quyi» markazlar «oliy» markazlar nazoratidan xalos bo'lib, o‘z faoliyatini kuchaytiradi. Bunga markaziy piramidal yo'llar zararlanganda spinal reflekslarning kuchayishini misol qilib ko‘rsatish mumkin. «Agar afaziyada gapirish,
о ‘qish va yozish qobiliyatlarining buzilishi salbiy alomatlar bo ‘Isa, hissiy






Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling