Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet26/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Nazorat uchun savollar

  1. Neyropsixologiya faniga ta’rif bering.

  2. Neyropsixologiya faniga kimlar asos solgan?

  3. Neyropsixologiya fani tarixi haqida so'zlab bering.

  4. A.R. Luriya neyropsixologiya fanining rivojlanishiga qanday hissa

qo'shgan?

  1. Neyropsixologiya fani usullari psixologiya fani usullaridan qanday

farq qiladi?

  1. Agnoziya va uning turlari haqida so'zlab bering.

  2. Afaziya va uning turlari haqida so'zlab bering.

  3. Agrafiya nima, uning qanday turlarini bilasiz?

  4. Apraksiya haqida so'zlab bering.


9


Ill BOB. SEZGI VA IDROK




Ota - aql, ona - idrok, Ota - hilak, ona - yurak.
O'zbek xalq maqoli

  1. Umumiy ma’lumotlar

Biz sezgi a’zolari orqali tevarak-atrofdagi olamdan doimo ma’lumot olib turamiz. Bu ma’lumotlar organizmga uzluksiz tushib turadi va asab tizimining maxsus tuzilmalari orqali qabul qilinadi, qayta ishlanadi va javob reaksiyasi tayyorlanadi. Atrof-muhitdagi barcha narsa va hodisalar tegishli retseptorlarga ta’sir etib sezgi hosil qiladi. Tashqi olamdan kishi ongigacha ma’lumotlar kirib keladigan yagona yo‘1 sezgi a’zolaridir. Ularga benihoya katta miqdorda turli-tuman ma’lumotlar oqimi kelib, bosh miyaga uzatilib turadi.
Sezgi tashqi olam va tanamiz to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni bilishning dastlabki manbaidir. Organizm me’yorda rivojlanishi uchun tashqi muhitdan hamisha axborot olib turishi kerak. Bu ma’lumotning ko‘payib va kamayib ketishiga organizm moslashib borishi zarur, aks holda sezgi va idrok orasida nomutanosiblik yuzaga kelib, asab tizimida funksional buzilishlar ro‘y berishi mumkin.
Fanda sensor izolyatsiya degan tushuncha bor. Kosmonavtlami tashqi axborotlardan to‘la izolyatsiya qilib, ularning asab tizimi chuqur o'rganiladi va koinotda yashashga moslashtiriladi. To‘la va qisman sensor izolyatsiya sinab ko‘rilganda,bir necha soatdan so‘ng sinaluvchilar ahvoli yomonlashganidan shikoyat qilib, tadqiqotni to‘xtatishni iltimos qilishgan. Bundan bir necha yil oldin Amerika Qo‘shma Shtatlarida infeksiya tushish xavfini mutlaqo yo'qotish uchun murakkab operatsiya o‘tkaziladigan xonalarga umuman oyna qo‘yishmagan va ularda faqat eshik bo‘lgan, xolos. Bunday xonalarda uzoq vaqt davom etadigan operatsiyalar paytida jarrohlar ruhan charchab qolavergan va bu operatsiyaning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Bundan ko'rinib turibdiki, eng murakkab jismoniy va aqliy mehnat talab qiladigan sharoitlarda sezgi a’zolarimizga tashqi olamdan kelib turuvchi axborotlaming ta’sir doirasi o‘ta kengdir. Bu va boshqa dalillar inson organizmining tashqi dunyodan sezgilar tarzidagi taassurotlarga ega bo‘lish ehtiyoji naqadar kuchli ekanligidan dalolat beradi.
Sezgi negizida idrok shakllanadi. Sezgi bizni o‘rab turgan muhitdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettirsa, idrok esa xilma-xil xossalarni tartibga solib, birlashtirib ongimizda aks ettiradi, narsa va hodisalarning yaxlit obrazini yaratadi. Idrok sezgiga qaraganda murakkabroq


70




jarayondir. Idrok qilish odamning kasbi, hayot tajribasi, bilimi va ehtiyojiga bog'liqdir. Rivojlanish jarayonida kishining idrok qilish qobiliyati takomillashib, saralanib boradi. Narsa va hodisalami idrok qilish odamning dunyoqarashiga ham bog‘liq: bir xil narsa yoki voqeani ikki kishi bir xil idrok qilmasligi mumkin. Bolalarda sezish idrok qilishdan ustun turadi, chunki ularda miyaning ba’zi tuzilmalari to‘la shakllanmaganligi sababli narsa-yu hodisalaming yaxlit obrazini yaratish qobiliyati sustroq bo‘ladi. Insonning butun umri mobaynida idrok qilish jarayoni o'zgarib boradi.
Idrokning asosiy xususiyati uning yaxlitligidir. Masalan, minbarda nutq so‘zlayotgan odamni idrok qilar ekanmiz, notiqning kiyim-boshi, o‘zini tutishi, kimligi, qancha vaqtdan buyon ma’ruza qilayotganligi, qachon tugatishi va hokazolarni umumlashtirib, ongimizda u odamning yaxlit obrazini yaratamiz, ya’ni idrok qilamiz. Biror narsa-yu hodisalami va odamlarni idrok qilishda awalgi tajribamiz muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni awalgi tajriba idrokni osonlashtiradi. Masalan, biz hayvonot bog'iga borganimizda, avval ko‘rmagan hayvon yoki qushlarga sinchkovlik bilan nazar tashlaymiz, ularning barcha xususiyatlarini o‘rganib idrok qilamiz. Keyingi gal borganimizda esa ularni idrok qilishimiz ancha osonlashadi.
Idrok qilish ehtiyoj, mayl va istaklarga ham uzviy bog'liq boMadi. Har qanday idrok saralash bosqichini o'taydi. Masalan, biz o‘zimiz uchun ahamiyatsiz bo‘lgan narsani idrok qilmaymiz (uni sezib tursakda). Bu yerda idrokning individualligini ham alohida ta’kidlab o'tish joizdir. Har bir kishi narsalaming o‘ziga kerakli xususiyatlarini yoki o‘zi tushungan jihatlarini idrok qiladi. Bunda idrokning individual xususiyatlari uning maqsadga yo‘naltirilganligi, hissiyligi, barqarorligi va hokazolarda o‘z aksini topadi. Idrok qilishda kuzatuvchanlikning ahamiyati ham juda kattadir. Odam o‘zi kuzatmagan narsa va voqea- hodisalarni idrok qilmaydi. Demak, idrok sezgidan farqli o‘laroq, faol va ongli jarayondir. Idrok qilishda inson tafakkuri ham muhim ahamiyat-ga ega, masalan, tafakkuri buzilgan yoki aqli zaif odamlarda idrok qilish ham sust bo'ladi.
Narsa va hodisalami sezish kabi ularni tasawur qilish ham idrok jarayoni uchun zarur vositalardan biridir. Avvallari idrok qilingan obrazlarni ongimizda jonlantirish, ya’ni qayta tiklashga tasawur deb ataladi. Tasawur bizning ongimizda to‘satdan paydo bo'lishi mumkin. Tasawur o‘ta individualdir, u odamning shaxsiga bog‘liq. Odamning kasb-koriga qarab birovda ko'ruv, boshqalarda esa eshituv a’zolari orqali tasawur qilish yaxshi rivojlangan bo'ladi.
Masalan, rassomlarda ko‘ruv tasavvuri kuchli rivojlangan boMadi. Ularning ba’zilari avval ko‘rgan narsasini fikrida toMaligicha qayta tiklay


71




olishadi. Bu hodisaga eydetizm deb ataladi. Bastakorlarda esa eshituv tasavvuri kuchli rivojlangan bo'ladi. Xuddi shu qobiliyat Bax va Motsartda o‘ta kuchli bo‘lgan.

  1. Sezgi va idrokning fiziologik mexanizmlari

Sezgi va idrok reflektor jarayondir. Xo‘sh, hayvonlardan farqli o‘laroq, bu jarayon odamda qanday kechadi? Asab tizimining qaysi tuzilmalari sezgi uchun javob beradi? Sezgi va idrokning anatomo-fiziologik asoslari nimalardan iborat?
Tashqi va ichki muhitdan kelayotgan har qanday ma’lumot maxsus retseptorlar orqali qabul qilinadi. Shartli ravishda uch guruh retseptorlar farq qilinadi:

  1. ekstraretseptorlar - tashqi muhitdan keluvchi ta’sirotlami qabul qiladi;

  2. intraretseptorlar - ichki a’zolardan keluvchi impulslami qabul qiladi;

  3. proprioretseptorlar - mushak, uning paylari, bo‘g‘imlar va suyaklardan keluvchi impulslarni qabul qiladi.

Terida joylashgan retseptorlar turli-tuman bo'lib, ularning har biri bitta tashqi ta’sir uchun javob beradi (1-rasmga qaralsin). Krauze kolbachalari sovuqqa ta’sirlanadi, Ruffini retseptorlari issiqlikni qabul qiladi, Meysner tanachalari tanani yengil silaganda qo‘zg‘aladi.
Retseptorlar analizatorlarning periferik qismi hisoblanadi. Og‘riq, harorat va taktil sezgilar yuzaki sezgi hisoblanadi va ekstraretseptorlar, tanamiz va oyoq-qo‘llarimizning fazodagi holati va harakatlari esa proprioretseptorlar orqali qabul qilinadi hamda ular chuqur sezgi deb ataladi. Bundan tashqari, murakkab sezgi ham farq qilinadi. Masalan, tanaga chizilgan turli figuralar va kaftga qo‘yilgan narsalarni ko‘zni yumgan holda aniqlash mumkin.
Sezgi va idrok birlamchi va ikkilamchi signal sistemalari ishtirokida amalga oshiriladi. Eshitish, ko'rish, og‘riq sezish, ta’m va hid bilish birlamchi signal sistemasini tashkil qiladi va ular odamlarda ham, hayvonlarda ham bo‘ladi. Ikkilamchi signal sistemasiga esa nutq va u bilan bog'liq bo‘lgan oliy ruhiy funksiyalar kiradiki, u faqat insonlar uchun xosdir. Bu barcha jarayonlar analizatorlar ishtirokida amalga oshiriladi. Har qanday analizator uch qismdan iborat:

  1. ta’sirotlarni qabul qiluvchi qismi, ya’ni retseptor;

  2. o‘tkazuvchi apparat, ya’ni nerv tolalari;

  3. ma’lumotlarni tahlil qiladigan markazlar. Bu markazlar bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i bo'ylab tarqalgan.


72




Bu yerda, ya’ni po‘stloqda tashqi va ichki muhitdan keladigan barcha ta’sirotlar analiz va sintez qilinadi. Ko‘ruv, eshituv, hid bilish, ta’m sezish va teri analizatorlari farq qilinadi. Demak, sezish jarayoni analizatorlar orqali amalga oshiriladi va bosh miya tuzilmalarida idrok qilinadi.
Bosh miya ikkita yarim shardan iborat bo'lib, uning ustki qatlami kulrang tusga ega. Bu qatlam bosh miya katta yarim sharlarining po‘stlog‘i deb nom olgan. Po‘stloq turli vazifani bajaruvchi ko‘p miqdordagi asab hujayralari (14 mlrd) to‘plangan joydir. Bu yerda murakkab integrativ jarayonlar ro‘y beradi. Analizatorlarning markaziy qismi joylashgan po‘stloqda turli toifaga mansub bo'lgan (ko'ruv, eshituv va h.k.) sezgilar doimo bir-biri bilan shartli bog‘lanishlar hosil qilib turishi natijasida odam idrok qilish qobiliyatiga ega bo'ladi.
Endi sezgi va idrok uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan ko‘ruv, eshituv va teri analizatorlarining anatomo-fiziologik xususiyatlari to‘g‘risida to'xtalib o‘tamiz. Ko‘ruv ta’sirotlari ko'zning to‘r pardasida joylashgan yorug'likka qo‘zg‘aluvchi retseptor hujayralar orqali qabul qilinadi. Bu hujayralar tayoqcha va kolbachalar shaklida bo'lib, birinchilari oq-qora, ikkinchilari rangli tasvirni qabul qiladi. To‘r parda hujayralarida paydo bo'lgan qo'zg'alishlar ko'ruv nervlari orqali markazga yo‘naltiriladi. Bu impulslar tayoqcha va kolbachalardan ko‘ruv nervlari, xiazma, ko‘ruv trakti, ko‘ruv do‘ngligi, u yerdan esa ko‘ruv ta’sirotlarini analiz va sintez qiladigan markaz - bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining ensa sohasida joylashgan 17-maydonga uzatiladi. Bu maydonda ko‘ruv impulslari birlamchi tahlil qilinadi. Bu maydon zararlanganda bemorda ko'rish buziladi. Ko‘ruv impulslari 17-maydondan 18 va 19-maydonlarga uzatiladi. Bu yerda ko‘ruv ta’sirotlari idrok qilinadi va murakkab ko'ruv obrazlari yaratiladi. Bu soha zararlansa, bemor o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turgan va awal taniydigan narsalar hamda odamlarni tanimaydi. Buni nevrologlar ko‘ruv agnoziyasi deb atashadi. Demak, 17-maydon ko'ruv ta’sirotlarini sezish markazi bo'lsa, 18 va 19-maydonlar ularni idrok qilish markazidir. Lekin idrok jarayonida po'stloqdagi barcha markazlar ishtirok etadi. Ko'ruv analizatorlari orqali qabul qilingan axborotlar xotirada saqlanadi va ko'ruv xotirasiga aylanadi.
Eshituv analizatori ham boshqa analizatorlar kabi bir nechta bo'limdan iborat. Odamning eshitish retseptorlari tebranish tezligi 16 dan 20000 Gis ga qadar bo'lgan tovush to'lqinlarini qabul qila oladi. Eshituv analizatori quyidagicha tuzilgan: ichki quloq chig'anog'ida tovush to'lqinlarini qabul qiladigan murakkab retseptor apparat joylashgan, uni kortiy organi deb atashadi. Eshituv ta’sirotlari koruv organi orqali qabul qilinib, eshituv yo'llari bo'ylab bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'ining chakka qismida joylashgan eshituv markazi (41-maydon)ga uzatiladi. Bu


73




markazda, ya’ni 41-maydonda eshituv apparatlaridan keluvchi tovush (ta’sirot) lar qabul qilinadi. Bu yerda tovushlar birlamchi analiz bosqichini o‘taydi. Eshituv ta’sirotlarini idrok qilish esa po‘stloqning chakka qismida joylashgan 22 va 42-maydonlarda kechadi. Bu maydonlarda eshitilgan tovushlarni tanish, ya’ni bilish markazi joylashgan. Bu sohalar zararlanganda bemor oddiy tovushlar (suvning oqishi, eshikning g‘ichirlashi, mashina motorining g‘urullashi va h.k.) ni eshitsada, lekin bu nimaning tovushi ekanini aytib bera olmaydi. Demak, atrof-muhitdagi tovushlar bemor uchun hech qanday ma’no kasb etmaydi. Agar bola tug‘ma kar bo‘lsa yoki ilk bolalik davridan eshitmaydigan bo'lib qolsa, unda nutq rivojlanmasdan qoladi. Nutq esa insonni hayvonlardan ajratib turuvchi oliy ruhiy jarayondir. Bundan ko‘rinib turibdiki, eshituv analizatorlari insonning ruhiy rivojlanishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Lekin qulog'i yaxshi eshitmaydigan odamlarda boshqa sezgilar mukammallashgan bo'ladi.


ш





Umumiy sezgining birlamchi proeksion sohasi


Ikkilamchi proeksion assotsiativ sohalar


Uch lam chi assotsiativ sohalar


  1. rasm. Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida teri-kinestetik (umumiy sezgi) analizatori joylashgan sohalar: 3-maydon - umumiy sezgining birlamchi proyeksion sohasi; 1, 2, 5, 7-maydonlar - umumiy sezgining ikkilamchi proyeksion-assotsiativ sohalari; 39, 40-maydonIar - uchlamchi assotsiativ sohalar.


74




Teri-kinestetik (yoki umumiy sezgi) analizatori o'ziga xos tuzilishga ega boiib, uning markazi orqa markaziy pushta (1,2, 3-maydonlar) da va qisman yuqori pariyetal bo'lak (5 va 7-maydonlar) da joylashgan (14-rasm).
Umumiy sezgi filogenetik jihatdan eng keksa bo‘lib, uning inson uchun biologik ahamiyati beqiyosdir. Odam hid yoki ta’m bilish, eshituv yoki ko‘ruv sezgilarisiz yashashi mumkin, biroq umumiy sezgisiz uning hayot kechirishi katta xavf ostida qoladi yoki umuman mumkin boMmaydi. Umumiy sezgi tushunchasi yig'ma tushuncha bo‘lib, unga taktil, og‘riq va harorat, mushak-bo‘g‘im va murakkab sezgilar kiradi. Ushbu sezgilardan judo bo'lgan nafaqat odamlarning, balki hayvonlarning ham hayot kechirishini tasawur qilish qiyin, albatta. Chunki tashqi olam va tanamizdan umumiy sezgi retseptorlari orqali doimo ma’lumot kelib turishi harakat faoliyatini, demak, yashash tarzimizni belgilab beradi. Masalan, og'riq va harorat sezgisi orqali issiq- sovuqni sezsak, mushak-bo‘g‘im sezgisi harakatlarimizning asosini tashkil qiladi, murakkab sezgi yordamida esa ko‘zimiz yumuq holatda bo‘lsa-da, kaftimizga qo‘yilgan narsalarni paypaslab nima ekanini ayta olamiz va hokazo.
Mushak, bo‘g‘im va suyaklardan miyaga kelib turuvchi doimiy signallar odam harakatining asosini tashkil qiladi. Oyoq-qo‘limiz ishlasa- da, bu sezgilarsiz biz bir qadam ham yura olmaymiz yoki qoshiq bilan ovqatni og‘zimizga olib kela olmaymiz, ya’ni harakat ham, muvozanat ham buziladi. Demak, sezgi a’zolari faqat tashqi va ichki olamdan ta’sirotlarni qabul qilib olish vazifasinigina bajarib qolmasdan, balki ijro qilish jarayonlarida qatnashadigan harakat a’zolari bilan ham uzviy bog‘langandir. Masalan, oldimizda turgan biror narsani paypaslab sezish va idrok qilish uchun qo'limizni cho‘zamiz va barmoqlarimizni harakatga keltiramiz. Bu yerda ham yuzaki, ham chuqur, ham murakkab sezgilar va harakat funksiyasining mujassamlashganini ko'ramiz.
Sog‘lom odamlarda barcha sezgi analizatorlari deyarli bir xil rivojlangan. Hayvonlarda esa unday emas. Delfinlarda eshituv (tovush), kalamushlarda hid bilish, burgutlarda ko‘rish analizatori kuchli rivojlangan. Maymunlarda ham ko‘ruv analizatori yaxshi rivojlangan va bu analizatorlarning miyadagi markazi ham shunga yarasha katta sohani egallaydi. Masalan, odamning bosh miya po‘stlog‘ida joylashgan ko‘ruv markazlari maymunlarnikiga qaraganda kichikroq.
Sezgi a’zolari bizning tashqi muhitga moslashib borishimizda katta ahamiyatga ega. Moslashuv, ya’ni adaptatsiya deb, sezgi a’zolari sezgirligining tashqi ta’sirotlar ostida o‘zgarib borishiga aytiladi.


75




Qo‘zg‘atuvchilar doimiy ta’sir qilib turaversa, sezish kamayib yoki yo‘qolib boradi. Masalan, teriga ta’sir qilayotgan narsaning og‘riq berishi biroz o‘tib susayib qoladi, yomon hid kelayotgan joyda turib qolsangiz, birozdan so‘ng shu hidga ko‘nikib qolasiz yoki ovqatning tuzini hadeb ko'raversangiz, uning sho‘r yoki sho'r emasligini bilolmay qolasiz. Shuningdek, qorong‘i xonadan birdan yorug' xonaga yoki aksincha, yorug' xonadan qorong‘i xonaga chiqqanda, avvaliga ko‘zimiz ko‘nikmay turadi, so‘ng sekin-asta moslashib oladi.

    1. Sezgi va idrokning buzilishi

Sezgi buzilishlari xilma-xil bo'ladi. Sezgi analizatorlarining periferik qismidan tortib, to po'stloqdagi markaziy qismigacha bo'lgan har qanday sohasining zararlanishi sezgi buzilishi bilan kechadi. Teri sezuvchanligining har xil o'zgarishlari asab kasalliklarida juda ko'p kuzatiladi. Teri sezuvchanligining (og'riq, harorat va taktil) pasayishiga gipesteziya, kuchayishiga giperesteziya, yo'qolishiga esa anesteziya deb ataladi. Harorat sezgisining yo'qolishi bilan kechuvchi kasalliklarda, masalan, siringomiyeliyada bemorning terisi qattiq kuysa ham og'riqni sezmaydi. Taktil (tanani yengil silaganda paydo bo'ladigan) sezgi og'riq va harorat sezgisiga qaraganda kamroq buziladi. Tana sezuvchanligi kuchayishining keskin turlarida bemorning badaniga arzimagan narsa bilan tegilsa ham kuchli og'riq paydo bo'ladi. Bunga giperpatiya deyiladi. Giperpatiyada ta’sir etilgan joydan boshqa joylarda ham og'riq kuzatiladi va biroz vaqt saqlanib turadi.
Giperesteziya psixologiyada kengroq ma’no kasb etuvchi atamadir. Giperesteziya tashqi qo'zg'aiishlami qabul qilishning me’vordan oshib ketishidir. Bunday bemorlar yorug'likka qaray olmaydi, arzimagan yorug'lik ham ularning ko'zini qamashtiradi. Boshqalar uchun oddiy bo'lgan tovushlar ularning qulog'iga jaranglab kiradi, hattoki eshikning g'ichirlagan tovushi, oqib turgan suvning jildirashi ham o'ta yoqimsiz tuyuladi. Ularning ba’zilarida bu tovushlardan qattiq bosh og'rig'i kuzatiladi. Birovning qo'li to'satdan ularning tanasiga tegib ketsa ham g'ashiga tegadi. Hatto o'z egnidagi kiyimlari ham tanasini ta’sirlantirib turadi. Oddiy hidlar ham o‘ta o'tkirdek tuyuladi. Bunday buzilishlar nevrozning ba’zi turlari, isteriya va psixozlar uchun xosdir. Uzoq davom etuvchi somatik kasalliklar ham giperesteziyalarga sabab bo'ladi. Bolalarda giperesteziyalar ortiqcha yig'loqilik bilan ham kechadi.
Psixogen gipesteziyalar giperesteziyalardan farqli o'laroq, tashqi ta’sirlarni qabul qilishning pasayishi bilan kechadi. Atrof-muhitdagi tovushlarning jarangdorligini bemor anglamaydi, hamma narsa qorong'i


76




tumandagidek ko'rinadi. Boshqa birovlarning ovoziaa jarangdorlik va joziba yo'qdek tuyuladi.
Senestopatiyalarda esa bemor go‘yoki badanning turli sohalari va ichki a’zolardan kelayotgan noxush sezgilarni his qiladi. Bu sezgilar xuddi kuydiruvchi, bosuvchi, siquvchi va guldirovchi xususiyatlarga ega bo'ladi. Poliyesteziyalarda tananing bitta joyi ta’sirlantirilganda, go*yoki uning ko‘p joylari ta’sirlantirilgandek tuyuladi. Biror-bir tashqi ta’siming boshqa bir ta’sir kabi qabul qilinishiga dizesteziya deb ataladi. Masalan, bemor issiq ta’simi sovuqdek, sovuqni issiqdek qabul qiladi.
Tananing yarmida sezgining yo'qolishiga gemianesteziya, bitta oyoq yoki qo'lda yo‘qolsa, monoanesteziya, og‘riq sezgisining yo‘qolishi analgeziya va harorat sezgisining yo‘qolishiga termoanesteziya deb ataladi. Hech qanday tashqi ta’sirlarsiz tanada nina sanchgandek, uvishgandek, teri tortishgandek, badanda chumoli yurgandek kabi turli xil sezgilaming paydo bo'lishiga paresteziyalar deyiladi. Tanada kuzatiladigan og‘riqlar teri sezuvchanligining buzilishida alohida o‘rin kasb etadi. Chunki og‘riqlar odamga tanada paydo bo'lgan yoki qo‘zg‘algan kasallik haqida axborot yetkazuvchi omil hamdir. Demak, u himoya vazifasini ham bajaradi. Bu og'riqlar periferik nervlar, nerv chigallari, orqa miyaning orqa ildizchalari, vegetativ tugunlar, ko'ruv do'ngligi, orqa markaziy pushta zararlanganida yoki ortiqcha ta’sirlantirilganda kuzatiladi. Ko'rib turganimizdek, teri sezuvchanligi buzilishlari turli-tuman bo'lib, ular asosan asab kasalliklarida ko'p kuzatiladi va nevrologiya darsliklarida batafsil yoritilgan. Mushak-bo'g'im sezgilarining buzilishi teri sezuvchanligining buzilishiga qaraganda kamroq kuzatiladi. Bunda bemor ko'zini yumgan holda bo'g'imlarda qilingan sust harakatlarni sezmaydi. Murakkab sezgining buzilishlaridan bo'lmish astereognoziyada bemor ko'zini yumgan holda qo'liga qo'yilgan narsalarni paypaslab aytib bera olmaydi, ko'zi ochiq holatda esa ularni bemalol ayta oladi.
Ko'ruv analizatorining buzilishlari haqida so‘z yuritadigan bo'lsak, isteriyada kuzatiladigan ko'rishning to'satdan pasayib ketishini alohida ta’kidlash zarur. Bunda ko'ruv yo'llarida organik buzilishlar kuzatilmaydi, lekin bemorning ko'zi ko'rmaydi yoki xira ko'radi. Bu holat qattiq hissiy zo'riqish oqibatida miya po'stlog'ining ma’lum qismlarida turg'un qo'zg'alishning paydo bo'lishi bilan tushuntiriladi. Ko'ruv analizatorininj retseptor qismidan tortib to markaziy qismigacha bo'lgan zararlanishlar ko'rishning turli xil buzilishlari bilan kechadi. Ko'ruv yo'llarining xiamiagacha bo'lgan qismi zararlansa, amavroz, xiazmaning ichki kesish^an qismi zararlansa, bitemporal gemianopsiya, tashqi, ya’ni kesishmegan qismi zararlansa, binazal gemianopsiya kuzatiladi. Miyaning с nap tomondagi ko'ruv trakti zararlansa, o'ng


77




tomoniama gemianopsiya, o‘ng tomondagisi zararlansa, chap tomoniama gemianopsiya kuzatiladi. Ko'ruv markazlari zararlansa, kvadrant gemianopsiyalar, skotoma (ko'ruv maydonida qora dog‘) lar kuzatiladi.
Idrokning buzilishi ayrim asab va ruhiy kasalliklarda kuzatiladi. Bularga gallyutsinatsiyalar, illyuziyalar va psixosensor buzilishlar kiradi.
Gallyntsinaisiyalar deb, aslida bemor oldida mavjud bo'lmagan obyekt va hodisalarni idrok qilishiga aytiladi. Gallyutsinatsiyalar bosh miya po‘stlog‘ida inert qo'zg'alishning paydo bo'lishi va uning dominantlik vazifasini bajarib turishi bilan tushuntiriladi. Inert qo'zg'alish bosh miya po'stlog'ining umumiy tormozlanishi oqibatida paydo bo'ladi. Bosh miyada moddalar almashinuvining buzilishi ham gallyutsinatsiyalarga olib kelishi mumkin. Ko'rish, eshitish, hid va ta’m bilish hamda umumiy sezgi bilan bog'liq bo'lgan gallyutsinatsiyalar farq qilinadi.
Gallyutsinatsiyalar soxta tasavvur hisoblanadi, chunki ular atrof- muhitda mavjud bo'lmasa ham bemor fikrida paydo bo'laveradi. Ba’zan bemorga o'zi idrok qilayotgan narsa, hodisalar haqiqatan ham bordek tuyuladi va o'zi ham bunga ishonadi. Gallyutsinatsiyalar shizofreniya kasalligida ko'p kuzatiladi. Nevroz bilan xastalangan va tez-tez affekt holatiga tushib turadigan bemorlarda ham gallyutsinasiyalar bo'lib turadi. Gallyutsinatsiyalar sog'lom odamda ham kuzatilishi mumkin. Masalan, sahroda adashib qolib bir o'zi ketayotgan odamning ko'ziga suv, qishloq, daraxtzor yoki u tomonga yurib kelayotgan odam ko'rinadi. Ko'ruv gallyutsinatsiyalarida bemor ko'z oldida har xil narsalar ko'rinadi. Narsalar yo katta (makropsiya), yo kichik (mikropsiya), bundan tashqari, bu narsalarning shakli ham qiyshiq va noaniq bo'lib ko'rinadi. Gallyutsinatsiyalar nafaqat psixoz yoki nevrozlarda, balki bosh miya po'stlog'ini ta’sirlantiruvchi organik kasalliklar (masalan, o'smalar) da ham kuzatilib, muhim diagnostik ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Eshitish gallyutsinatsiyalari turli-tuman bo'ladi. Tovushlar jarangdor, bo'g'iq, uzoq yo yaqindan, past yo tepadan kelgandek bo'lib tuyuladi. Shunga yarasha bemor boshini ham tovush kelgan tomonga buradi yoki yurib boradi. Verbal gallyutsinatsiyalar, ayniqsa, bemor uchun xavflidir. Har tomondan keluvchi ovozlar bemorga tahdid soluvchi, buyruq beruvchi tarzda bo'lib, yurib borayotgan avtomobil tagiga tashlash, tomdan sakrash, o'ziga yoki birovga pichoq sanchish, sevimli farzandini o'ldirish kabilarni buyuradi. Bular imperativ gallyutsinasiyalardir. Ovozlaming eng xavflisi - ularning hadeb takrorlanaverishidir. Bu tanish yoki notanish odamning, ayol yoki erkak kishining ovozi bo'lishi mumkin. Ovozlar bir marta paydo bo'lib, to'xtab ham qoladi. Bemorning qilgan ishlarini ma’qullovchi yoki tanqid qiluvchi ovozlar ham eshitiladi. Taktil


78










  1. rasm. Illyu/iyalar: Л - bir xil uzunlikdagi chiziqlaming kalta yoki uzun boMib ko‘rinishi; В - uzoqda joylashgan ustunning uzun bo‘lib ko‘rinishi; V - botayotgan oyning katta boMib ko‘rinishi; G - qora fonda oq chiroqlarning yonib turgandek


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling