Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet22/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Dinamik afaziya. Nutq buzilishining bu turi 1934-yili K. Kleyst tomonidan yozilgan va o'rganilgan. Olim uni «nutq tashabbusining yetishmovchiligi» deb atagan. Ba’zi tadqiqotchilar dinamik afaziyani «nutq akineziyasi» deb ham atashadi. Dinamik afaziyaning xususiyati shundan iboratki, ularda nutq xotirasi, artikulyatsiya va fonematik eshituv saqlangan bo'ladi. Bemorlar tovush, so'z, jumlalarni va narsalarning nomini juda yaxshi takrorlashadi. O'qish va yozish ham buzilmagan bo'ladi. Ular na to'satdan, na mustaqil ravishda gapira oladi, biron-bir tushunarli so'z yoki gapni ravon ayta olishmaydi.
Ma’lumki, nutq faqat so'zdan emas, gaplardan tuzilgan. Odamlar bir-biri bilan faol tuzilgan gaplar orqali muloqotda bo'lishadi, fikrlarini


61


bayon qilishadi. Наг qanday fikrni bayon qilish ichki (impressiv) nutq yordamida yaratilgan dinamik jarayon bo‘lib, o‘zining perdikativligi bilan ta’riflanadi. Perdikativlik deganda, harakatni ifodalovchi gaplar tushuniladi. Masalan, «men kinoga bormoqchiman», «men kitob o‘qimoqchiman» va hokazo. Bu yerda «bormoqchiman», «o'qimoq- chiman» so‘zlaii perdikat hisoblanadi.


Demak, dinamik afaziyaning markaziy mexanizmlari ichki nutq yetishmovchiligi, perdikativligi va nutq faolligining buzilishidir. Bu bemorlarda nafaqat nutq faolligining pasayishi, balki harakat sistemasida ham sustlik, organizmning umumiy faolligining pasayishi, gipomimiya ham kuzatiladi, lekin o‘z holiga tanqidiy munosabat saqlangan bo‘ladi. Shuningdek, dinamik praksisning buzilishi, umumiy harakat va hissiyotning sustligi, atrofdagilarga qiziqishning pasayishi dinamik afaziya uchun xosdir.
Shunday qilib, dinamik afaziya - afaziyaning alohida bir turi bo'lib, unda nutqning sensor va motor mexanizmlari saqlanib qoladi, lekin gapirishga qobiliyat yo‘qoladi yoki keskin pasayadi.
Sensor afaziya. Sensor afaziyaning asosida fonematik eshituvning buzilishi, ya’ni so'zlarning tovush tarkibini farqlash qobiliyati buzilishi yotadi. Boshqacha qilib aytganda, tovushlarning akustik analizi va sintezi buziladi. Sensor afaziyaning asosiy nuqsoni nutqni tushunmaslikdir. So‘zlarning ma’nosi, ko'rsatmalar va birovning nutqiga bemor tushunmaydi.
Og‘zaki nutqda literal parafaziyalar ko‘payib ketadi, ya’ni bemor so‘zlayotganda, bitta tovush o‘rniga boshqasini aytib yuboradi. Masalan, «salom» o‘miga «salon» yoki «dori» o'raiga «tori» va hokazo. Sensor afaziyada bemor o‘z fikrini turli mimik harakatlar bilan ifodalashga intiladi.
Grammatik tarafdan buzilgan nutq bir-biriga bog‘lanmagan literal va verbal parafaziyalardan iborat bo‘ladi. Takroriy nutq ham o‘ta buzilgan bo‘ladi. Kuchli rivojlangan sensor afaziyada bemor bir so'zni, hatto bir harfni ham takror avta olmaydi. Fonematik tahlil buzilganligi sababli so'zlaming sifati ham juziladi, muxolif tovushlar o‘mi almashib ketadi. Buning oqibatida narsalaming nomi va ismi shariflar buzib aytiladi. Bemorlar narsalaming nomini bilsa-da, so'zning kerakli fonetik tuzilishini topa olmaydi, ya’ni so'zning tovush tarkibi parchalanadi. Bunday bemorlar so‘zlarni takrorlash va narsalaming nomini aytish uchun ko‘p urinishadi. Bemor «gapcionligi» (logorreya) bilan ajralib turadi, uning gapiga tushunib bo‘lmasa-da, gapiraveradi. Ularning nutqi hayajonli, intonatsiyaga boy bo'ladi. Sensor afaziyada o‘qish va yozish buziladi, lekin praksis va optik gnozis saqlanib qoladi.


62




Akustik-mnestik afaziya. Afaziyaning bu turi birinchi bor A.R. Luriya tomonidan tadqiq etilgan. Ba’zi olimlar bu afaziyani «o'tkazuvchi afaziya», «transkortikal motor afaziya» deb ham atashadi.
Akustik-mnestik afaziya uchun quyidagi simptomlar xos:

  1. nutqni tushunishning buzilishi, bunda bemor og‘zaki nutqni ham, matnlarni ham tushunmaydi;

  2. og‘zaki ekspressiv nutqning buzilishi;

  3. nutq nominativ funksiyasining buzilishi;

  4. so'zlar ma’nosini buzib aytish;

  5. verbal parafaziyalar, so‘zlayotganda so'zlarni tushirib qoldirish.

Bemorlarda og'zaki nutq va impressiv nutq buzilsa-da, yozish va o'qish
saqlanib qoladi. Bu afaziyaning sensor afaziyadan farqi shundaki, ularning nutqi suhbatdoshiga tushunarli bo'lishi mumkin, bemor so'zlayotganda, o'z xatosini anglaydi, gapdonlik va eyforiya kuzatilmaydi.
Akustik-mnestik afaziyada bemor narsaning qanday nomlanishini unutib qo'yadi. Uni tushuntirish uchun bemor o'sha narsani ta’rif laydi. Masalan, «pomidor» deb aytish uchun u «Haligi qizil, yumaloq bor-u, nimaydi?» va hokazo. Shuning uchun ham afaziyaning bu turini optik agnoziya bilan farqlash ancha mushkuldir. Demak, akustik-mnestik afaziyada fonematik eshituv va tovushlami farqlash saqlangan bo'ladi.
A.R. Luriyaning fikricha, bu afaziyada operativ xotira buziladi. So'zlarning ma’nosi «begonalashadi», narsalar tasvirini yaratish buziladi. Bu bemorlar narsalar tasvirini va hatto so'zning grafik tasvirini yaratib bera olmaydi. Bu esa ko'ruv va eshituv analizatorlarining o'zaro munosabati buzilganligidan dalolat beradi.
Sensor va akustik-mnestik afaziyaning o'xshash tomonlari:

  1. ikkala afaziyada ham so'zlar ma’nosi begonalashuvi kuzatiladi;

  2. so'zlarni izlayotganda, suhbatdoshining aytib yuborishi yordam bermaydi.

Agar so'zlar ma’nosining begonalashuviga sabab sensor afaziyada fonematik eshituvning buzilishi bo'lsa, akustik-mnestik afaziyada so'z bilan narsalar bog'liqligi buziladi.
Semantik afaziya. Semantik afaziyaning asosiy belgisi so'zlarning bir- biriga bog'lanishining, ya’ni konstruksiyasining buzilishidir. Bunda artikulyator va akustik buzilishlar kuzatilmaydi. K. Goldshteyn afaziyaning bu turini tafakkur yetishmovchiligi deb atagan. Odatda, ekspressiv nutq saqlanib qoladi, bemor so'zlashi va oddiy gaplarni tushunishi mumkin. Semantik afaziyada bemor tarkibida «ustida», «tagida», «yuqorida», «pastda», «oldida», «yonida», «dan» kabi so'z va qo'shimchalari bo'lgan jumlalarni o'qib tushunmaydi. Masalan, bemorlarga «aylana ustida xoch», «xoch aylana tagida»r «tundan so'ng


63




kun keladi», «pashsha fildan kichik» kabi gaplarda farq sezishmaydi. Shuningdek, bemorlar «ruchka qalamdan uzunroq», «Lola Ergashdan oqroq» kabi gaplar orasidagi o‘zaro bog'liqlikni tahlil qila olishmaydi.
Bemorlar «Qalam va ruchkani ko'rsating», degan ko‘rsatmani to‘g‘ri bajarishadi, lekin «Qalam bilan ruchkani» yoki «Ruchka bilan kitobni ko‘rsating», degan jumlalami tushunishmaydi va bajara olishmaydi.
Amnestik afaziya. Amnestik afaziyada nutqning nominativ funksiyasi buziladi. Masalan, bemorga olmani ko‘rsatib: «Bu nima?» deb so‘ralsa, и «Haligi, bu behi, ey, nok emas, bu, bilasizmi, yeganda juda mazali, ni- maydi, hamma joyda o'sadigan, haligi, hozir bilaman, ey, jin ursin, ayta olmayapman», degan noaniq jumlalami aytib yuboradi.
Amnestik afaziyaning mexanizmlarini tushuntirib berishga ko‘p urinishlar bo'lgan. Klassik tadqiqotchilarning bu boradagi fikrlarini keltirib o'tamiz: K. Vernike va A. Lixtgeym amnestik afaziyani «so‘zlarning motor va sensor obrazlari» orasidagi bog‘lanishlarning buzilishi deb bilsa, K. Kleyst va S. Xenshen so'zlar xotirasi markazining parchalanishi bilan bogMashgan. K. Goldshteyn amnestik afaziyada narsalaming nomini unutishni abstrakt fikrlashning buzilishi bilan bog'lagan. L.S. Vigotskiy esa «Afaziyaning bu turida, aksincha, abstrakt fikrlashdan aniq fikrlashga
о ‘tishnirtg buzilishi asosiy ahamiyatga ega», deb aytgan. A.R. Luriya «Amnestik afaziyada narsalaming nomini aytish va hodisalarni ta 'riflashda bemor ongida mavjud bo 'Igan bir nechta so ‘z/ardan keragitii tanlab olish buziladi», deb aytgan.
Sensor va akustik-mnestik afaziyadan farqli o‘laroq, amnestik afaziyada so'zning boshini aytib yuborish yordam beradi. Nutqning nominativ funksiyasi buzilsa-da, boshqa funksiyalari - yozish va o‘qish saqlanib qoladi. Amnestik afaziya alohida holda juda kam uchraydi va и asosan, akustik-mnestik yoki semantik afaziya bilan birgalikda kuzatiladi.
Agrafiya
Eksner 1881-yili birinchilardan bo'lib bosh miyada alohida xat (yozish) markazi borligini aytib o‘tgan. Ammo Vernike va Dejerin alohida xat markazi borligini inkor qilishgan. Agrafiya atamasi 1885-yili Benedikt tomonidan taklif qilingan bo‘lib, yozishning buzilishi degan ma’noni anglatadi. Xenshen 1922-yili ikkinchi peshona pushtasining orqa qismi zararlanganda agrafiya kuzatilishini aytgan. Nelson (1946) yozish jarayoni (qobiliyati) ikkinchi va uchinchi peshona pushtalarining orqa qismi, burchak pushtasi va ularni bir-biri bilan bog‘Iovchi yo‘llar zararlanishi hisobiga ham buzilishini ta’kidlab o‘tgan. A.R. Luriya (1973) bosh miyaning ensa sohasi, pastki pariyetal va yuqori chakka pushtasining orqa qismlari zararlanganda


64







12-rasm. Bosh miya chap yarim sharining o‘choqli zararlanishlarida kuzatiladigan neyropsixologik simptomlar; 1 - agrafiya; 2 - motor afaziya; 3 - sensor afaziya;

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling