Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet30/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Operativ

- xotiraning maqsadli (ixtiyoriy) turi bo'lib, axborot ma’lum bir vaqtgacha, ya’ni oldindan belgilangan vaqtgacha eslab qolinadi. Uning qancha vaqt esda qolishi oldinga qo'yilgan vazifaning bajarilishiga bog'liq. Masalan, test savollarini yodlash, birov bilan uchrashib o'ziga kerak bo'lgan ishni hal qilish va h.k. Bu vazifalar bajarilganidan so'ng axborot xotiradan o'chib ketadi yoki uning izlari qoladi.

Xotira jarayonida analizatorlarning ustunligi bo‘yicha

Xotira
turlari

Qaysi analizator ustunlik qiladi?

Bosh miyaning qaysi sohasi ko‘proq ma’sul?

Ko'ruv

Ko'ruv anali/atori orqali qabul qilingan axborotlarni eslab qolish. Xotiraning eng kuchli turi.

Ensa bo'lagi

Eshituv

Eshituv analizatori orqali qabul qilin­gan axborotlarni eslab qolish. Xotiraning biroz sust turi.

Chakka bo'lagi


87




Harakat

Harakat analizatori orqali qabul qilingan axborotlami eslab qolish. Masalan, asosan harakat faoliyati orqali bajariladigan ishlar (tibbiy muolajalar, ustachilik va shu kabi jismoniy faoliyat turlari).

Oldingi markaziy pushta va premoior soha

Umumiy
sezgi

Umumiy sezgi (og'riq, harorat, taktil) analizatorlari orqali qabul qilingan axborotlami eslab qolish.

Orqa markaziy pushta va pariyetal pushtalar

Hidlov

Hidlov analizatori orqali qabul qilingan axborotlami eslab qolish. Masalan, gulning hidi, atiming hidi va h.k.

Asosan
gippokamp
pushtasi

Ta’m bilish

Ta’m bilish analizatori orqali qabul qilingan axborotlami eslab qolish. Masalan, achchiq, sho'r, shirin va h.k.

Asosan
gippokamp
pushtasi


Qisqa muddatli xotirada material yodda qolishi uchun uning hajmi uncha katta bo‘lmasJigi kerak. Masalan, reklamada bu qoidaga juda amal qilishadi. Shuning uchun ham reklamalarda uzundan-uzun matnlar uchramaydi. Bemor bilan suhbatlashayotgan vrach qisqa va lo‘nda jumlalami ishlatishi kerak. Ana shunda vrachning tavsiyalari bemorning yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Yoki zarur so'zlarga alohida urg'ularni ishlatgan holda gapirish maqsadga muvofiqdir. Eslab qolishda urg‘uli so‘zlar xotirada asosiy axborot sifatida saqlanib qoladi. Boshqa so'zlai esa faqat shovqinni anglatadi. Bu usul gipnozda ko‘p qo‘llaniladi.
Shuni ta’kidlab o'tish lozimki, uzundan-uzoq gapiruvchi notiqlar, ko'pincha, jumlalami grammatik jihatdan noto‘g‘ri talaffuz qilishadi, ya’ni jumla boshlanishi uning oxiriga mos kelmaydi, chunki ana shu jumlani talaffuz etish paytida odam uning boshlanishini unutib qo‘yadi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni ham xuddi shunday eslab qolish qiyin.
Qisqa muddatli xotira jarayonlarini o‘rganishda psixologlar ko‘p tadqiqotlar o‘tkazishgan. Axborot qisqa muddatli xotiradan qanday qilib uzoq muddatliga o'tishi mumkin?
Dastlab axborot qisqa muddatli xotira bloklariga tushadi, bu bloklarga asab hujayralarining muayyan guruhlari xizmat ko‘rsatadi. Ana shu bloklarda saqlanib turgan axborot keyinchalik uzoq muddatli xotira bloklariga o‘tadi. Lekin hammavaqt ham shunday bo'lavermaydi. Qisqa muddatli xotira uzoq muddatliga aylanishi uchun axborot «tanlanadi». Tabiiyki, uzoq muddatli xotira bloklarining axborot izlari asab




9
8
7
6
5
4
3
2
1
О
10
9
8
7
6
5
4
3
2
1
0
10
9
8
1
0
UZ

“tli;
si





1 II III IV V VI VII VIII IX X





в





suit bo'yicha sog‘lom odamlarda 10 ta so‘zdan iborat qatorni yod jshirish: A - faqat o‘zbek tilidagi so‘zlar; В - o‘zbekcha-ruscha faqat rus tilidagi so‘zlardan iborat qator. Abssissa o‘qi bo‘yicha ini ko‘rsatuvchi raqamlar; ordinata bo'yicha yodga tushirilgan zlar soni (Z.R. Ibodullayev tajribasi, 2001).


89




hujayralarida o‘ta turg‘un joylashgan bo'ladi. Bu jarayon xotiraning ana shu ikki turi bilan cheklanmasa kerak, degan fikrlar mavjud. Chunonchi, o‘ta qisqa muddatli yoki operativ xotira ham farq qiladi. Matn bosuvchining xotirasi bunga misol bo‘la oladi, u xotirasida atigi bir necha so‘zlarni klaviaturada bosilgungacha saqlab qoladi, xolos. Shuni aytib o'tish lozimki, qisqa muddatli xotiraning uzoq muddatliga o‘tish mexanizmi yetarli o‘rganilmagan, lekin bu jarayonda takrorlash asosiy ahamiyatga egadir.
Shu o‘rinda odam o‘z ona tili va begona tilda aytiladigan so'zlarni qancha vaqtgacha eslab qolishi haqida so‘z yuritsak. Ba’zi mutaxassislar o‘z ona tilidagi so‘zlar yaxshi eslab qolinishini ta’kidlashadi. Bu, albatta, uzoq muddatli xotiraga taalluqli. Lekin qisqa muddatli xotirada-chi? Bu savolga javob topish uchun Moskva Davlat universiteti va boshqa ba’zi xorijiy institutlarda tadqiqotlar o‘tkazilgan va turli xil natijalar olingan.
Z.R. Ibodullayev (2001) shu tajribani rus tilini yaxshi biladigan o'zbek talabalari orasida o‘tkazdi.
U sogiom o'zbek talabalariga o'zbek va rus tilidagi 10 ta so‘zni (5 ta o'zbek + 5 ta rus tilida) yodlatib, qayta esga tushirishni Ebbingauz usuli bilan tekshirib ko‘rdi (bundan oldin faqat o‘zbek, so‘ng rus tilidagi so‘zlar qatori yodlatib tekshirib ko‘rildi va deyarli bir xil natija olindi). Talabalardan qoidaga binoan ma’no jihatdan bir-biriga o'xshash bo‘lmagan so'zlar (masalan, uy, voda, havo, zima, qog'oz, tram, barg va h.k.)
ni yodlash va qayta esga tushirish so‘raldi. Tajriba bir necha bor qaytarildi. Talabalar yodlagan va qayta esga tushirgan o‘zbek va rus tilidagi so'zlar soni deyarli bir xil bo‘lib chiqdi (17-rasm). Faqat o‘zbek tilidagi so‘zlar (A), o'zbekcha-ruscha aralash so‘zlar (В) va faqat ruscha so'zlar (F) bi’an o‘tkazilgan tajribaaa nani natijalar deyarli bir xil bo'ldi. Demak, aynan o‘zbek va rus tili bilan bog‘liq bo'lgan mana shu tadqiqotda qisqa muddatli xotira uchun tilning ahamiyati aniqlanmadi. Biroq bu yerda rus tilidagi so'zlar tanishligi va tushunarli ekanini ham e’tiborga olish kerak.


  1. Download 0.96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling