Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
93
Eslab qolish Eslab qolish xotiraning birinchi bosqichi bo‘lib, ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘ladi. Kundalik kuzatuvlar va maxsus tajribalardan ma’lumki, axborotning zarurligini anglagan odamlarda eslab qolish durustroq bo‘ladi. Materialni tushunib olish eslab qolish uchun yanada katta ahamiyat kasb etadi. Tushunarsiz yoki yaxshi tushunilmagan materialni eslab qolish mushkulroq va aksincha, aniq misollar keltirilgan materialni puxta egallash va eslab qolish oson bo‘ladi. Masalan, kerakli materialni odam keraksiziga qaraganda 9 marotaba yaxshiroq eslab qolar ekan. 0‘qitish jarayonida o‘quvchilar diqqati o'rgatilayotgan materialga dalillar bilan qaratilsa, yanada yaxshiroq eslab qolinadi. Bu usuldan, ayniqsa, nazariy ilmlarni o‘qitishda unumli foydalanish mumkin. Masalan, biron- bir klinik masala yetarlicha tushunarli bo'lmasa, uni eslab qolish mushkul, albatta. Biroq, bu masalani o‘rganish mobaynida talabalar bevosita ishtirok etishsa va tushunib borishsa, uni yaxshi eslab qolishadi. Eslab qolish o‘rganilayotgan narsaning naqadar qiziqarli yoki zarurligiga ham bog‘liq. Qiziqarli yoki qiziqarsiz kitobni o‘qib bunga iqror bo‘lish mumkin. Shuningdek, odamda muayyan his-tuyg‘ularga sabab bo'ladigan voqealar osonroq esda qolishini yuqorida aytib o'tgan edik. Juda ham kuchli hayajonga keltiruvchi voqealar esa ko'pincha, butun umr esda saqlanib qoladi. Ma’lumki, eslab qolish turli xil analizatorlar orqali amalga oshiriladi. Materialni idrok etishda qatnashuvchi retseptorlar va analizatorlar nechog'lik ko‘p bo‘lsa, eslab qolish shunchalik soz bo‘ladi. Haqiqatan ham qandaydir tibbiy moslamaning tuzilishi va ishlash uslubini yaxshi eslab qolish uchun u haqda eshitish (eshituv analizatorlari), chizma va modellarni ko‘rib chiqish (ko'ruv analizatorlari), uning qismlarini yig‘ish va ajratish (kinestetik sezgi) da ishtirok etish kerak. Maktablarda ko‘rgazmali o‘qitish maqsadi ham ana shu mexanizmlarga asoslangan bo‘ladi. Konspekt yozishni to‘g‘ri tashkil etish eslab qolishning muhim shartlaridan biridir. Faqat to‘g‘ri yozilgan konspekt matni yaxshi eslab qolinadi. Konspekt yozganda kitobdan matnni anglamasdan turib daftarga qisqartirgan holda ko‘chirib qo‘yish materialni eslab qolishda qiyinchilik tug'diradi. Buning uchun uni bir yoki bir necha marta o‘qib chiqish o‘ta foydalidir. Materialni yaxshi tushunib olgandan so‘ng konspekt qilinsa yoki diqqat bilan qayta-qayta o'qilsa uning mazmuni yaxshi eslab qolinadi va xotirada uzoq vaqtgacha saqlanadi. Materialni qayta-qayta o‘qish orasidagi vaqt esa uni o‘zlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. Tajriba paytida sinaluvchilardan matnni to*la eslab qolishi uchun har yarim soatda, har ikki soatda va bir kunda bir marta qayta o‘qish talab qilingan. 94
95 Shuni ta’kidlash lozimki, sezgi a’zolarimiz orqali ta’sir qiladigan barcha narsalar esda qolavermaydi. Eslab qolish jarayoni dastlab idrokning bevosita davomi sifatida ko'riladi. Avvalo har bir narsa yoki hodisaning aniq ko‘zga lashlanib turadigan elementlari yaxshi esda qoladi. Axborotning xotirada saqlanishi uning turiga ham bog'liq. Mutaxassislar semantik va epizodik xotira turlarini farqlashadi. Semantik xotira - ma’no haqida ma’lumot beruvchi xotira turi hisoblanadi. Masalan, Zigmund Freyd tadqiqotchi olim, psixoanaliz haqidagi ta’limot asoschisidir. Z. Freyd to‘g‘risidagi axborot ma’no va mazmun ko'rinishida saqlanadi. U biror ilmiy yo'nalish bo'yicha mashhur bo'lgan olim. Ba’zan ushbu olim ilmning qaysi sohasi bo‘yicha mashhur bo‘lganligini odam yaxshi eslab qolsa-da, uning ismini unutib qo'yadi. Olimning familiyasi yoki ismini eslamoqchi bo'lsa, u «Haligi olimning familiyasi nima edi, u ko‘p tanqidga uchragan, mashhur nevrolog bo‘lgan-ku?!» deydi-yu, olimning ismini hech eslay olmaydi. Bu - semantik xotira buzilishining bii turidir. Epizodik xotirada biror-bir voqeaning bo‘rtib turgan qismi esda qoladi. Masalan, ko'chada birovni mashina urib ketdi va uni darhol kasalxonaga olib ketishdi. Bir qancha vaqt o'tgach, uning guvohi bo'lgan odamdan voqeaning tafsiloti so'ralsa, guvoh faqat kimnidir mashina urib yuborganini eslab qoladi, qolgan narsalar, ya’ni aynan qanday mashina urib yuborgani, haydovchining ko'rinishi va taxminiy yoshi, «tez yordam»ni kim chaqirganini eslay olmaydi. Shunday qilib, xotira murakkab funksional sistema sifatida ko‘rilishi kerak. Xotirada ikkinchi darajali narsa yoki voqealar eslab qolinmaydi. Esiab qolingan narsa Ya voqealar miyada sintez qilinadi va maxsus kodga aylanadi. Kodlanish jarayoni qisqa muddatli xotiraning uzoq muddatliga aylanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xotirada axborot ko'proq optik tasvirlar holida yaxshi saqlanadi, chunki aksariyat odamlarda ko'rish analizatori dunyoni idrok etishning yetakchi tizimi hisoblanadi. Shu bois eslab qolish usullaridan biri xotira turlarining birgalikda bo'lishidir. Ko'rish, eshitish, ta’m bilish, taktil ta’sirotlar bilan bog'liq xotira shular sirasiga kiradi. Xotira jarayonlari odam uchun hammavaqt muhim bo'lgan. Xotira qadim zamonlardan buyon olimu fuzalolarni qiziqtirib kelgan. Greklar xotirani mustahkamlash uchun mnemonika xudosiga sig'inishgan. Barcha insonlar kuchli xotiraga ega bo'lishni orzu qilishgan. Ko'pchilik olimlarning xotirasi kuchli bo'ladi, deydi. Bu hammavaqt ham haqiqatga to'g'ri kelavermaydi. Ba’zi olimlar olamshumul kashflyotlar qilishsa-da, xotirasi juda yomon bo'lgan. Masalan, Ch. Darvin xotirasida jiddiy kamchiliklar bo'lgan. Shunday bir voqea tarixchilar tomonidan yozib Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling