Tibbiyot psixologiy asi


-jadval Natijalarni aks ettirish uchun blank (bu sinovchida bo‘ladi)


Download 0.96 Mb.
bet35/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

4-jadval


Natijalarni aks ettirish uchun blank (bu sinovchida bo‘ladi)

Ko'rib chiqilgan qatorlar soni

To‘g‘ri o‘chirilgan sonlar

Qo'yib yuborilgan sonlar (harflar, shakllar)




















  1. Krepelin bo‘yicha hisoblash qobiliyatini tekshirish usuli. Ushbu usul 1895-yili Krepelin tomonidan tavsiya etilgan va hanuzgacha qo‘llab kelinadi. Usul diqqat tezligini, turg‘unligini va diqqatni bir obyektdan (masaladan) ikkinchi obyektga ko'chirish darajasini tekshirish uchun qo‘llaniladi. Maxsus blanklarga raqamlar ustun- ustun qilib yozib chiqiladi. Sinaluvchi ushbu raqamlarni xayolda


102




14

18

7

24

21

22

1

10

9

6

16

5

8

20

11

23

2

25

3

15

16

13

17

12

4

9

5

11

23

20

14

25

17

19

13

3

21

7

16

1

18

12

6

24

4

8

15

10

2

22

5

14

12

23

2

18

25

7

24

13

1 1

3

20

4

16

6

10

19

22

1

21

15

9

17

8

21

12

7

1

20

6

15

17

3

18

19

4

8

25

13

24

2

22

10

5

9

14

11

23

16


  1. Sonlarni teskari tartibda ayirib borish usuli. Krepelin tomondan tavsiya qilingan. Sinaluvchi 100 dan bir xil sonni ayirib keladi (Masalan, 100-3 yoki 100-7). Sinaluvchi topshiriqni qanday bajarayotganligi nazorat qilib boriladi, ya’ni to'xtab qolish, noto‘g‘ri ayirish, boshqa raqamlarni ishlatib yuborish va h.k.


103






1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Ortiq­cha aytib yubor- gan so‘zi

uy

olma

qa­
lam

os­
mon

te­
mir

ot

gu!

qo-
g‘oz

daryo

rom

1


































2


































3


































4


































5


































6


































7


































30
min
so‘ng



































104


  1. Hikoyalarni takror aytib berish usuli. Sinaluvchiga kichikroq bir hikoya o‘qib eshittiriladi. Hikoya o‘qib bo‘lingandan so‘ng sinaluvchidan uni takror aytib berish yoki ushbu hikoyani qog'ozga tushirib berish so'raladi. Bunda sinaluvchi hikoyani naqadar to‘g‘ri aytayotgani yoki to‘g‘ri yozib bergani tekshiriladi. Sinaluvchi so'zlarning o‘rnini ma’no jihatdan boshqa so‘zlar bilan almashtirmay aytishi, so'zlarni takrorlaraasligi yoki juralalarni tushirib qoldirmasligi kerak. Chunki xotira tekshirilayapti. Sinov bir marta o'tkaziladi.

  2. Ko‘ruv xotirasini tekshirish usuli. Sinaluvchiga 10 ta karton qog‘ozga chizilgan turli xil geometrik figuralar va rasmlar ko‘rsatiladi. Masalan, romb, uchburchak, to'rtburchak, jo‘ja, quyosh, piyola, baliq, soyabon, mix, samolyot. Sinaluvchi ularni qog'ozga chizib berishi kerak yoki nomini yozishi kerak.

Nazorat uchun savollar

  1. Diqqat nima?

  2. Diqqatning fiziologik mexanizmlari nimalardan iborat?

  3. Diqqatning qanday turlari mavjud, ularga ta’rif bering.

  4. Diqqatning xususiyatlarini so'zlab bering.

  5. Diqqatning fiziologik va patologik toliqishlari deganda nimani

tushunasiz?

  1. Parishonxotirlik nima?

  2. Xotira nima?

  1. Xotiraning asosiy vazifalari nimalardan iboral?

  2. Xotira mexanizmlari haqida so‘zlab bering.

  3. Xotiraning qanday turlarini bilasiz?

  4. Amneziyaning qanday turlarini bilasiz?

  5. Konfabulyatsiya va psevdoreminitsensiya orasida qanday farq bor?

  6. Diqqat qandayusullar bilan tekshiriladi?

  7. Xotirani tekshirish usullarini sanab o‘ting.

  8. Bir-biringizning diqqat va xotirangizni tekshiring.


105


  1. BOB. TAFAKKUR


Fikrlash kishi ruhini charxlavdi.
Gippokrat

  1. Umumiy ta’rif

Analizatorlar sezgi a’zolari orqali odamni tashqi dunyo bilan bog‘lab turadi. Dunyoni o'rganish sezish va idrok qilishdan boshlanadi. Bizni o‘rab turgan borliqni sezgi a’zolarimiz orqali qabul qilamiz va idrok etamiz, hodisalar va narsalar, ular orasidagi bog‘lanishlami ongimizda aks ettiramiz, fikrlaymiz. Bu haqda biz o‘tgan boblarda ma’lumot berdik. Xo‘sh, tafakkur nima? Uning mexanizmlari nimalardan iborat?
Hozirga qadar tafakkurning bir qancha nazariyalari mavjud. Ularning ba’zilarini keltirib o‘tamiz.
Bixeviorizm (inglizchada xulq-atvor degani) tarafdorlari fikrlashning xulq-atvorga oid nazariyasini ilgari surishgan, ya’ni «Tafakkur ham nutq kabi harakat faoliyati bilan bog‘liqdir», deyishgan.
Darhaqiqat, lab mushaklaridan yozib olingan biotoklar murakkab masalalarni hal etish paytida lablar qimirlab turishini ko'rsatadi. Masala nechog'lik murakkab bo‘lsa, elektr faolligi shunchalik kuchli bo'ladi. Bu faoliyat, asosan, bolalik davrida rivojlangan bo‘ladi. Bu borada o'tkazilgan tajribalar natijasi bu fikrni rad etgan. Kurare zahari mushaklarni vaqtincha falaj qiladi. Bu tajribada sinab ko'rilganda elektromiogrammada hech qanday harakat qayd qilinmagan. Ayni paytda, sinaluvchilarga birorta mantiqiy masalani yechish taklif etilgan. Ular buning uddasidan chiqishgan. Demak, lablar qimirlamasligi fikrlash jarayoniga xalaqit bermagan.
Kognitiv psixologiya tarafdorlari olamni va o‘z-o‘zini anglash jarayoni dastlab hissiyot va harakat tusida bo'ladi, deb hisoblashadi. Bordi-yu, idrok etish voqelikni bevosita o'rganishga yordam bersa, tafakkur esa buyum va hodisalardagi umumiylikni aks ettirib, ayrim buyumlarga nisbatan umumlashtirishni qo'llaydi. Bu - voqelikni bevosita emas, balki bilvosita o'rganishdir. Tafakkur idrok etish va tasavvurdan ko‘ra kengroqdir, uni biz tasawur eta olmaydigan hodisalar qamrab olishi mumkin. Masalan, yerda hayotning paydo bo'lishi to‘g‘risida biz millionlab yillar haqida fikr yuritamiz, holbuki aslida million yil nimaligini tasawur etish amrimaholdir. Hodisa (voqea) lar, shu jumladan, sabab-oqibat orasidagi aloqalar va munosabatlar fosh etilar ekan, bu voqealar yoki hodisalami oldindan bilish va ularni boshqarish imkonini beradi.


106




Hodisalar va sabab-oqibat orasidagi munosabatlar shoiming quyidagi misralarida o'z aksini topgan:
Sen menga el bo'lmasang,
Men senga el bo'lmasam,
Qachon bizning elimiz El degudek el bo'lar?!
Men sen uchun o'lmasam,
Sen men uchun o‘lmasang,
Ertaga avlodlaring - Ko‘z yoshlari sel bo'lar...
Tafakkur, boshqa ruhiy jarayonlar singari, miya mahsuli bo'lib, bosh miyada amalga oshiriladi. Tabiiyki, hozirgi vaqtda bunga hech qanday shubha yo‘q. Biz bilamizki, miya shikastlanganda va unda kasallik jarayonlari sodir bo'lganda fikrlash buziladi, miya chala rivojlanganda to'laqonli fikrlash yuz bermaydi. Bundan tashqari, fikrlash jarayonida bosh miya po'stlog'ining tegishli bo'limlarida elektr to‘lqinlari o‘ta sezilarli darajada o'zgarishi bosh miya faoliyatini tekshiruvchi sezgir asboblar yordamida isbotlangan.
Boshqa tomondan, shuni esda tutish lozimki, tafakkur odamning boshqa ruhiy funksiyalari singari, tarbiya, o'qish va mehnat faoliyati ta’siri ostida, shuningdek, boshqa odamlar bilan doimo muloqotda bo'lish jarayonida taraqqiy etadi. Shunday qilib, tafakkur nafaqat biologik, balki ijtimoiy voqelik hamdir. Adabiyotlardan ma’lumki, o'rmondaadashib qolib ketgan jajji bola yillar mobaynida odamlar bilan muloqotda bo‘lmasdan, hayvonlar orasida yashagan. Unda fikrlash qobiliyati o‘ta past bo'lgan. Shunga o'xshash bolalar Hindistonda o'rganilgan edi. Ma’lum bo'lishicha, bunday bolalarda tushunsa bo'ladigan na nutq, na fikrlash bo'lgan. Ular aqliy jihatdan juda ham sust rivojlangan bo'lgan. Ularning o'zini tutishi, xulq-atvori ko'proq hayvonlarnikiga o'xshab ketgan. Bunday bolalar odamlar orasiga qaytarilganda ham ularning inson sifatida taraqqiy etishi juda qiyin kechgan.
Tafakkuming rivojlanishida diqqatning ahamiyati ham juda kattadir. Diqqat bir joyga to'planmasa, fikrlash ham izchil va unumli bo'lmaydi. Tafakkur irodaga ham aloqadordir, chunki mushkul masalalarni hal etish odamdan kuchli iroda talab qiladi. Tafakkur sezgi bilan ham bog'langandir, chunki yuqorida ta’kidlab o'tganimizdek, bilish jarayonlari dunyoni sezish va idrok etishdan boshlanadi.
Tafakkur uchun hissiyotning ahamiyati ham beqiyosdir. Biz biror mushkul ishning to'g'ri yechimini topganimizda, juda xursand bo'lamiz,


107




fikrlash qobiliyatimizdan quvonamiz. Mabodo, masalani yecha olmasak, ranjiymiz yoki xatoga yo‘l qo'ysak, darg'azab bo'lamiz. Shunday qilib, serqirra hayotni faqat tafakkurga bog‘lab qo'yish xato bo'lur edi.

  1. Tafakkurning buzilishi

Tafakkuming buzilishi nafaqat asab-ruhiy kasalliklarda, balki somatik kasalliklarda ham uchraydi. Bosh miyadagi integrativ faoliyatni buzuvchi har qanday kasallik fikrlashning buzilishiga olib keladi. Tafakkur buzilishi tezligi, izchilligi (sifati), mantiq va samaradorligi bo'yicha 4 turga ajratiladi:


  1. Download 0.96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling