Tibbiyot psixologiy asi


-rasm (b). Psixofunksional mexanizmlami ta’minlovchi asosiy tuzilmalar


Download 0.96 Mb.
bet16/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

5-rasm (b). Psixofunksional mexanizmlami ta’minlovchi asosiy tuzilmalar


Sistemogenezga yaqqol misol bo‘la oladigan, go'dakda kuzatiladigan, ushlab olish refleksi mexanizmiga e’tibor beraylik. Embrional rivojlanish­ning IV-VI oylarida qo‘lning barcha nerv tolalari ichida eng yaxshi yetilgani barmoqlaming bukilishini ta’minlovchi nerv tolalaridir. Bundan tashqari, bu davrga kelib sakkizinchi bo‘yin segmentining oldingi shox motor hujayralari ham takomillashgan bo'ladi. Bu motor hujayralar barmoqlarni bukuvchi mushaklarni nervlaydi, bundan tashqari, ushbu


40




hujayralarni boshqaruvchi asab tizimining yuqorida joylashgan tuzilmalari ham shakllangan bo‘ladi.
Sistemogenezning bir nechta muhim jihatlari o‘rganilgan. Birinchisi shundan iboratki, funksional sistemalar bir vaqtda shakllanmaydi. Organizm uchun hayotiy muhim bo'lgan sistemalar avval shakllana boradi. Masalan, yangi tug'ilgan chaqaioq uchun hayotiy muhim bo‘lgan jarayonlar

  • emish, yutish, nafas olish tug'ilgan zahoti faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Ba’zi jonzotlarda esa funksional sistema tug‘ilgan zahoti mukammallashgan bo'ladi. Kenguruning bolasi tug‘ilgan zahoti onasining qornidagi xaltachaga sakrab chiqa oladi yoki endigina tuxumdan chiqqan g'ozning bolasi onasining izidan yura boshlaydi va hokazo.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqda tug‘ma mexanizmlar go‘yo kamdek tuyulsa-da, ba’zi boshqaruvchi vazifalarning juda nozik ishi kishi e’tiborini o‘ziga tortadi. Masalan, go‘dakda yutish va nafas olish bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi, keyinchalik bu qobiliyat yo'qolib boradi. Shu bilan birga ko‘ruv, eshituv, harakat reaksiyalari yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Asab tizimi ba’zi bo'limlarining bir maromda rivojlanmasligi va yetilmasligiga geteroxronlik prinsipi deyiladi.
Sistemogenezning ikkinchi prinsipi sistemalararo va sistemalar ichra geteroxronlik prinsipidir. Sistemalararo geteroxronlik - bu turli funksional sistemalaming (emish va ko'ruv nazorati) turli davrlarda paydo bo'lishi va shakllanishidir. Sistemalar ichra geteroxronlik - bu shakllangan funksiyaning asta-sekin murakkablashib borishidir. Dastavval minimal funksiyani bajara oluvchi asab to'qimalari yetilib boradi, keyinchalik tashqi va ichki ta’sirlarga javob beruvchi shu sistemaning boshqa bo'limlari ham safga turadi. Masalan, go'dakda 3 oygacha so'rish refleksi juda oson chaqiriladi, lunji yoki iyagiga qo'l tekkizilsa bas, u darrov labini cho'chchaytiradi. Shu bilan birga, go'dakda qalqib ketish yoki havo yutib yuborish holatlari ham tez-tez kuzatilib turadi. Uch oylikdan so'ng so'rg'ich harakatlari faqat labiga tekkanda paydo bo'ladi va qalqib ketishlar kam uchraydi. Xuddi shunday holatni ushlab olish refleksiga nisbatan ham kuzatishimiz mumkin. Go'daklik davrining birinchi oylarida uning kaftiga sal tegilsa, qoiini musht qilib oladi, keyinchalik ushlab olish biroz pasayadi, ya’ni bosh barmoq qolganlariga qarshilik ko'rsata boshlaydi.
Sistemalar ichra geteroxronlik biror funksional sistemaning nafaqat yetilishi, balki sistemalararo aloqaning o'rnatilishi bilan ham kechadi. Masalan, avtomatik tarzda ushlab olishda harakat murakkablashib boradi, shu bilan birga qo'lning harakati ustidan ko'zning nazorati kuchaya boshlaydi.
Sistemogenez haqidagi ta’limot bolaning asabiy-ruhiy rivojlanishining uzviyligi va ketma-ket rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Masalan


41




u boshini ushlagach o'tiradi, so‘ng tik turadi va asta-sekin yura boshlaydi. Boshini ushlab turish qobiliyati tana holatini nazorat qilishga zamin yaratib beradi. Bu muvozanat a’zosi va ko'ruv nazoratining takoraillashuvi natijasida araalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, juda ko‘p funksional sistemalarning o‘zi bir qancha kichik sistemalardan tarkib topgan. Bular bir vaqtning o'zida paydo bo‘lmaydi va o‘zaro bog‘lanishlami asta-sekin murakkablashtirib boradi. Masalan, harakatni boshqarish kompleksiga muskul tonusi, tana muvozanati va koordinatsiyasini boshqaruvchi sistemalar kiradi. Bundan tashqari, har qanday harakatni amalga oshirish uchun biron-bir harakatni boshqa harakat bilan almashtiruvchi, uning ustidan nazorat qiluvchi dastur zarur bo'ladi. Masalan, oldinga bir qadara tashlash uchun tananing og‘irligini ikkinchi oyoqqa o‘tkazish, shu vaqtda tananing muvozanatini saqlab qolish, bir guruh muskullarning qisqarishi va boshqalarining yozilishini amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Biz yurib borayotganimizda oyoqni qanday tashlash kerak, gavda, qo‘llar qay holatda harakat qilishi zarurligi hisob-kitobini qilmasdan hammasini beixtiyor tarzda araalga oshiramiz. To‘g‘ri, biz ongli ravishda tezlikni oshirishimiz yoki pasaytirishimiz, qadamni katta yoki kichik tashlashimiz mumkin, ammo qaysi muskulni qisqartirib, qaysi birini bo'shashtirishimiz kerakligini o‘ylamay amalga oshiramiz. Harakatni boshqaruvchi sistemalarning bunday kelishilgan holda ishlashi bolalik davridan rivojlana boshlaydi. Har xil yoshdagi bolalarning harakat faoliyatini kuzata borib, ularning harakat funksiyalari takomillashib borayotganligini va kichik sistemalardan yirik integrativ sistemalar paydo bo'lishini kuzatish mumkin.
Sistemogenez nuqtai nazaridan qaraganda, har bir yosh uchun xos bo'lgan normal funksiyalarning rivojlanish mexanizmlari va takomil- lashuvining kam-ko‘stini tushunib olish mumkin. Ba’zi funksional sistemalar yoki ularning bo'limlari rivojlanishi sust kechsa, boshqa funksional sistemalar esa normal rivojlanib va takomillashib boraveradi. Masalan, chaqqon, o‘yinqaroq bolalar diqqat-e’tibor talab qiluvchi nozik harakatlarni bajara olmaydi. Buning sababi harakatni boshqaruvchi miya po‘stlog‘i markazlari takomillashmaganligidir. Ba’zan kundalik hayotda beso'naqay bolalarda surat chizish, musiqiy asboblami chiroyli chalish kabi mahoratni kuzatish mumkin.
Bolalarda nutqning turli buzilishlari ko‘pincha, sistemalararo va sistemalar ichra aloqalarning yetilmay qolishi oqibatida kuzatiladi. Harakat beso'naqayligining duduqlanib gapirish bilan birga kelishi yoki harakati to‘liq rivojlangan bo‘lsa-da, duduqlanadigan bolalarni ko‘p uchratamiz. Ba’zan og‘zaki nutq juda yaxshi rivojlansa-da, husnixati xunuk bolalarni kuzatish mumkin.


42




Sistemogenez prinsiplari asab tizimining evolyutsion rivojlanish jarayonida kuzatiladigan morfofunksional o'zgarishlarni takomillash- tirishga yordam beradi, sistemalarning notog‘ri rivojlanishi olish yo‘llarini ko'rsatadi. Bu yetishmovchiliklarni tuzatishning prinsiplarini bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin:

  1. o'sish ko'rsatkichlaridan orqada qolayotgan funksiyalarni rag‘batlantirish;

  2. buzilib qayta rivojlanayotgan aloqalarni to‘xtatish yoki pasaytirish;

  3. sistemalararo va sistemalar ichra aloqalarning yangi komplekslari shakllanishiga yordam berish va hokazo.

Demak, nuqsonning konkret shaklini topib, davolash bir nechta yo‘nalishda olib borilishi kerak, lekin bunda individual rivojlanish bosqichlaridagi uzviylikni ham e’tiborga olish zarurdir.
Ko‘ruv va eshituv bosh miyaning murakkab funksional sistemalari guruhiga kiradi. Har qaysi funksional sistema yoki uning har bir bo'limi o'zining rivojlanish dasturiga ega bo‘lishiga qaramasdan, bosh miya doimo yagona yaxlit a’zo sifatida ishlaydi. Miyaning bu integrativ funksiyasi turli sistemalarning o‘zaro munosabatini mustahkamlaydi va rivojlantiradi. Bu holda rivojlanayotgan miyada sistemalararo aloqalarni o‘rnatish mexanizmi qanday kechadi, degan savolga duch kelamiz.
Miya o‘z faoliyatida yagona bo‘lib qolishiga qaramasdan, rivojlanish-ning har bir bosqichida u boshqacha miya va boshqacha sistemadir. Shuning uchun hatto ba’zi funksional sistemalar rivojlanishining xronologiyasini mukammal o‘rgansak-da, hayot yo‘lining har bir konkret rivojlanish darajasini to‘g‘ri baholab borish o‘ta murakkab muammodir. Bolada funksional sistemalarning rivojlanish tezligini velosipedchilar poygasiga ham qiyoslash mumkin. Masalan, bitta velosipedchi poyga davomida doimo oldinda boravermaydi, bunga uning kuchi ham yetmagan bo'lur edi. U goh oldinda, goh orqada qolib boradi va nihoyat, marrani birinchi bo'lib egallaydi. Rivojlanayotgan miyani o‘rganganimizda bolaning dastlabki yoshlarida shunga o'xshash holatni ko'ramiz. Rivojlanishning yangi shakllari paydo bo'lishi go'dakdagi birlamchi avtomatizmning reduksiyasi (yo‘qolishi) bilan kechadi.
Bunda ikkita, ya’ni yangilanish va yo‘qolish jarayoni bir maromda kechishi katta ahamiyatga egadir. Birlamchi avtomatizmning erta so‘nishi miya rivojlanishidagi uzviylikni buzib yuborishi mumkin. Shu bilan birga, eskirib qolgan funksiyalarning juda kech yo‘qolishi ham yaxshi emas, chunki u yangi, yanada murakkab sistemalarning paydo bo'lishiga


43




xaiaqit beradi, Reduksiya va yangilanish jarayonlarining bir maromda kechishiga bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda harakatning rivojlanishini misol qilib ko‘rsatsa bo'ladi. Go‘dakda boshning fazodagi holatini nazorat qiluvchi birlamchi tonik avtomatizm mavjud. Bu avtomatizm

  1. 3 oylarga borib so‘nib, o‘rniga boshni aniq ushlab turishni ta’minlovchi, muskul tonusini boshqaruvchi sistema rivojlanadi. Agar bu so‘nish muddatidan kechiksa, birlamchi tonik avtomatizmni anomal hodisa deb qabul qilish kerak, chunki u boshni ushlab turuvchi mexanizrnlarning rivojlanishiga xaiaqit beradi. Keyinchalik zanjirli patologik holatlar rivojlanib boraveradi: boshni ushlab tura olmaslik ko‘ruv nazorati va vestibulyar apparatning ishini buzadi, vestibulyar apparatning rivojlanmay qolishi natijasida o'tirishni ta’minlab beruvchi muskullar tonusi ishdan chiqadi va hokazo. Natijada yaxlit bir harakat mexanizmlari buzilib, aqliy zaiflik rivojlanishiga zamin yaratiladi. Demak, ruhiy buzilishlarning bolalik davrida oldini olish uchun dastlabki shakllanayotgan patologik jarayonni o‘z vaqtida davolash muhim ahamiyatga ega.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, reduksiya va yangilanish jarayonlarining bir maromda kechishi deganda, faqat bir funksiyaning ikkinchi funksiyaga yo‘l ochib berishini tushunmaslik kerak. Vaholanki, reduksiya faqat avtomatizmlarning butunlay yo‘qolishi degani ham emas, balki murakkab funksional sistemalarga qo'shilib ketishi degani hamdir. Shuning uchun birlamchi avtomatizm to‘la reduksiyaga uchramasa-da, rivojlanishning umumiy rejasiga xaiaqit bermasligi ham kerak. Agar reduksiyaning kechikishi yangi mexanizmlar shakllanishining sustligi bilan uyg'unlashib ketsa, funksional sistemalarning rivojlanishiga katta salbiy ta’sir ko'rsatib, asabiy-ruhiy qoloqlikka zamin yaratib beradi.
Shunday qilib, funksional sistema ba’zi bo‘limlarining geteroxron rivojlanishi bilan birga ularning o‘zaro munosabatida sinxronlik bo'lishi kerak, individual ontogenezning har qaysi davrida ba’zi sistemalar barkamollikning shu davrga mos bosqichida bo'lishi zarur. Boringki, bu farqlar har xil bo'lsin, lekin ular ma’lum bir paytda bir-biri bilan uyg'unlashgan bo'lishi shart, aks holda ziddiyatlar yuzaga kelib, funksional sistemalarning rivojlanishiga katta ziyon yetqizadi.
Ushbu bobda neyrofiziologik va psixofiziologik jarayonlar bilan tanishib chiqdik, funksional sistemalarning rivojlanish davrlarini o'rgandik. Keyingi bobda esa bosh miya katta yarim sharlarining patologiyasini, ya’ni oliy ruhiy funksiyalaming buzilishini o‘rganamiz. Bu muammo bilan neyropsixologiya fani shug'ullanadi.


44


Nazorat uchun savollar




  1. Tibbiyot psixologiyasi qanday fan?

  2. «Avesto» kitobi haqida so'zlab bering.

  3. Gippokrat Platon, Arestotel, Galenning psixologiya faniga qo'shgan hissasi haqida so'zlab bering.

  4. Abu Bakr ar-Roziyning tibbiyot faniga qo'shgan hissasi haqida so'zlab bering.

  5. Abu Ali ibn Sinoning ishlari haqida so'zlab bering.

  6. Ismoil Jurjoniy haqida so'zlab bering.

  7. Yevropada turg'unlik va Uyg'onish davrlari qachon bo'lgan?

  8. Dekart reflektor munosabatlami qanday tushungan?

  9. Zigmund Freyd haqida nimalar bilasiz?

  10. O'zbekistonda tibbiyot psixologiyasi fanining rivojlanishi haqida so'zlab bering

  11. Ruhiy faoliyatning reflektor tarzda boshqarilishi qanday kechadi?

  12. Giperaktiv sindrom nima?

  13. Analizatorlar haqida so'zlab bering.

  14. Funksional bloklarga ta’rif bering.

  15. Asab tizimining filogenezi va ontogenezi to'g'risida nimalami bilasiz?

  16. Miyaning funksional sistemasi haqida so'zlab bering.


45


  1. BOB. NEYROPSIXOLOGIYA ASOSLARI


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling