Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aleksandr Romanovich Luriyadir
Barcha ruhiy kuchlarning manbai miyadir.
Abu Ali ibn Sino Neyropsixologiya fani haqida tushuncha va uning qisqacha tarixi Neyropsixologiya fani miya va psixologik jarayonlar orasidagi o'zaro munosabatlami, bosh miyaning lokal va diffuz zararlanishlarida oliy ruhiy funksiyalarning buzilishlarini o‘rganuvchi fandir. Neyropsixologiya psixologiya, fiziologiya va nevrologiya fanlarining yutuqlariga tayangan holda XX asrning 40-yillarida alohida fan sifatida shakllana boshladi. Lekin dastlabki neyropsixologik tekshiruvlar o'tgan asrning boshlarida o'tkazila boshlangan. Bu davrda neyropsixologiyaning rivojlanishiga G.Xed, K.Goldshteyn, K.Kleyst, U.Penfild, M.Gazzaniga, X.Lipmann, G.Jasper kabi olimlar katta hissa qo‘shdilar. Lekin dastlab alohida fan bo‘lib shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan olim, uning asoschilaridan biri akademik Aleksandr Romanovich Luriyadir (1902-1977). Neyropsixologiya fani quyidagi masalalami o'rganadi: psixologik sistemalar ta’limoti; oliy ruhiy funksiyalarning shakllanish qonuniyatlari va ularning dinamik joylashuvi; bosh miya katta yarim sharlarining spetsifik funksiyalari yoki funksional asimmetriya ta’limoti; neyropsixologik buzilishlarning sindromolik tahlili; topografik diagnostika usullari (Luriya usullari); neyropsixologik korreksiya usullari va hokazo. Bugungi kunda neyropsixologiya fanining vazifalari biroz boshqacha talqin qilinadi. 0‘z ilmiy yo'nalishlarini yo‘qotmagan holda, neyropsixologiya fani tibbiy amaliyotga keskin kirib keldi. Neyropsixologlar jamiyati safi nevrologlar hisobiga kengaydi. Ko‘pgina tibbiy universitetlarda klinik neyropsixologiya bo'limlari (kafedralari) faoliyat ko'rsata boshladi. Mashhur klinik psixologlar - Judit Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling