Korreksion ishning asosiy yo‘nalishlari Korreksiya


Download 157.5 Kb.
bet1/6
Sana29.01.2023
Hajmi157.5 Kb.
#1138515
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1545026897 73296


Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan psixokorreksion ishlar


Reja:


1.Korreksion ishlarning asosiy yo‘nalishlari.
2.Psixologik korreksiya tamoyillari.
3.Psixologik korreksiyaning modellari.
Korreksion ishning asosiy yo‘nalishlari
Korreksiya – to‘g‘irlash, yumshatish, hayotga moslashtirish, hayotda o‘z o‘rinlarini topishiga ko‘maklashish.
Adaptatsiya – tashqi sharoitlarga moslashish bo‘lib, buning o‘zi analizatorlarning o‘zgarishlarni sezish bilan bog‘liq fiziologik adaptatsiya va yangi guruhlardagi yangi faoliyat turiga moslashishdagi psixologik adaptatsiyalarga ajratiladi.
Kompensiya – zararlangan, ishdan chiqqan bir a’zo funksiyasini boshqa a’zoning qisman boshqarishi, to‘ldirish tushuniladi.
Bunday bolalar bilan o‘tkaziladigan korreksion ish, birinchi navbatda hissiyot va irodalarni shakllantirish, atrofdagilarga ijobiy xulqli munosabatni rivojlantirishga qaratiladi.
Nutqida kamchiligi bo‘lgan dagi ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan pastdir. Buning sababi, ichki tormozlanishning zaifligi va tashqi tormozlanishning yaqqol ko‘zga tashlanishidir. Qiyin boshqariladigan tashqi tormozlanish nutqida kamchiligi bo‘lgan da diqqatning turg‘unsizligiga olib keladi. Nutqida kamchiligi bo‘lgan dagi diqqatning taqsimlanishi, o‘tishining qiyinligi tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlarining mo‘rtligi asosida yuz beradi. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalardiqqatini tarbiyalab borishda ularning oliy asab faoliyatining tiplarini e’tiborga olish darkor.
Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan psixokorreksion tadbirlar rivojlanishdagi og‘ishlarni to‘g‘rilashga yo‘naltirilgan.

Korreksion maqsadlarni qo‘yish sohasida uchta asosiy yo‘nalish farqlanadi:
1.Rivojlanishning ijtimoiy holatini optimallashtirish.
2.Bolaning yetakchi faoliyat turlarini rivojlantirish.
3.Ishga doir psixologik hosilalarni shakllantirish.
Chet el psixologiyasida bola rivojlanishidagi qiyinchiliklar shaxsning ichki strukturasi buzilganda (Z.Freyd, M.Klayn va h.k.) yoki muhit buzilganligida, yoki ikkala sabab birlashganda yuzaga keladi, deb hisoblashadi. Korreksion ishning texnikasi va usullarining tanlanishi uning maqsadlari bilan belgilanadi.

Download 157.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling