Korreksion ishning asosiy yo‘nalishlari Korreksiya
Maqsadlarni konkretlashtirishda quyidagi qoidalarni xisobga olish lozim
Download 157.5 Kb.
|
1545026897 73296
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan olib boriladiga psixologik korreksiya dasturlarini tuzishda quyidagi asosiy tamoyillarga tayanish zarur
Maqsadlarni konkretlashtirishda quyidagi qoidalarni xisobga olish lozim:
1. Korreksiya maqsadlari ijobiy shaklda tuzilishi kerak. Maqsadlar inkor so‘zlari bilan tuzilmasligi shart, ularning ta'qiqlovchi harakterga ega bo‘lishi nutqida kamchiligi bo‘lgan ning rivojlanish imkoniyatlarini, tashabbuslarini chegaralab qo‘yishi mumkin. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan olib boriladiga psixologik korreksiya dasturlarini tuzishda quyidagi asosiy tamoyillarga tayanish zarur: Korreksion, profilaktik va rivojlantiruvchi masalalar tizimliligi tamoyili Korreksiya va psixologik diagnostikaning birligi tamoyili Kauzal ko‘rinishdagi korreksiyaning ustivorligi tamoyili Korreksiyaning faoliyatga doirligi tamoyili Nutqida kamchiligi bo‘lgan ning yoshga doir psixologik va individual xususiyatlarini inobatga olish tamoyili Psixologik ta’sir ko‘rsatish metodlarining kompleksliligi tamoyili Korreksiyaga nutqida kamchiligi bo‘lgan ning ijtimoiy muqitidagi yaqin kishilarni jalb etish tamoyili Psixik jarayonlar tuzilmasining turli darajalariga tayanish tamoyili Dasturlashtirilgan ta’lim berish tamoyili Murakkablikka tadrijiy o‘tish tamoyili Berilayotgan materialning qajmi va murakkablilik darajasini hisobga olish tamoyili Materialning emotsional murakkabligi inobatga olish tamoyili. Korreksion, profilaktik va rivojlantiruvchi masalalar tizimliligi tamoyili har qanday korreksion ishda 3 ko‘rinishdagi masala mavjudligini ta’kidlaydi, ya’ni 1) korreksion, 2) profilaktik va 3) rivojlantiruvchi. Bunda bola shaxsining har tomonlama rivojlanishidagi boqliqlik va notekislik borligini anglatadi. Tushunarliroq aytadigan bo‘lsak, har qaysi bola rivojlanishning turli bosqichlarida bo‘ladi, ya’ni: juda yuqori pog‘ona - rivojlanish me’yorda, past pog‘ona - rivojlanishda psixik qiyinchiliklar borligini anglatadi. Bunda notekis rivojlanish qonuniyati kelib chiqadi. Shaxsga doir taraqqiyotning ayrim jiqatlarini sustlashuvi nutq kamchiligiga ega bola intellekti rivojini ortda qolishi yoki boshqa qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Masalan: bilish va o‘qish motivlarining sust rivojlanganligini pirovard natijasida boladagi mantiqiy operasional intellekt ortda qoladi. Shuning uchun korreksion rivojlantiruvchi dasturlar masala va maqsadini aniqlaganda hozirgi kundagi dolzarb muammolar bilan cheklanmay rivojlanishning yaqin prog‘nozlaridan ham foydalanish kerak. Nutq kamchiligiga ega bola bilan o‘tkaziladigan har qanday psixologik ta’sir faqatgina ortda qolgan bosqichni korreksiya qilishgagina qaratilgan bo‘lmay, ortda qolishni oldini olishga, uyg‘un rivojlanishga yo‘l ochishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Download 157.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling