Tibbiyot psixologiy asi
Bosh miya jarohatlarida bemorlar psixologiyasi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Posttravmatik asteniya (serebrasteniya)
Bosh miya jarohatlarida bemorlar psixologiyasi
Bosh miyajarohatlaridan so'ng nevrologik buzilishlar bilan birgalikda, ruhiyat va hissiyotning buzilishlari ham kuzatiladi. Ushbu buzilishlar jarohatning og'irligi, turi, bemorning yoshi, yo'ldosh kasalliklaming bor- yo'qligi va shu kabi boshqa omillarga bog'liq. Bosh miya jarohatlarida bosh miyaning lat yeyishi yoki miya chayqalishi ko‘p kuzatiladi. Bunday hollarda aksariyat bemorlar hushini yo‘qotadi va uning naqadar chuqur yo‘qolishi jarohat darajasiga bog‘liqdir. Odatda, bemor hushiga kelgach, turli ko‘rinish va darajada xotira buzilishlari kuzatiladi. Posttravmatik asteniya (serebrasteniya) Serebrasteniya bosh miyajarohatlaridan so‘ng kuzatiladigan eng ko‘p tarqalgan sindromdir. Uning uchrash darajasi haqida aniq bir statistik ma’lumot yo‘q, chunki serebrasteniya bilan aksariyat bemorlar vrachga murojaat qilishmaydi va serebrasteniya holatlari aynan bemor o‘tkazgan bosh miya jarohati bilan bog'liqligini ko'rsatib berish ham mushkul. Serebrasteniya turli xil subyektiv simptomlardan iborat. Bular jizzakilik, jahldorlik, sabrsizlik, ruhan tez charchab qolish, parishonxotirlik, uyqu buzilishlari, bosh og'riqlari va shu kabi boshqa belgilardir. Ko‘p hollarda bosh miya jarohatlaridan so‘ng kuchli fobiya rivojlanadi. Masalan, avtohalokat sababli jarohatlangan bemorlar ko'chaga chiqish, piyodalar uchun mo'ljallangan joylardan o‘tish va hattoki avtotransportlarda biror joyga borishdan ham qo‘rqishadi yoki o'lim qo'rquvi rivojlanadi. Bosh miya jarohatlari apatiya holatlarini yuzaga keltirishi mumkin. Klinik belgilari jihatdan depressiyaga yaqin bu holatni ba’zan to‘g‘ri aniqlash qiyin bo'ladi. Posttravmatik apatiyada umumiy karaxtlik, bo'shashish, atrofdagi voqealarga qiziqishning yoqligi va ish faoliyatida ijodkorlikning pasayishi, ishtiyoqning yo'qolishi, biror ishni boshlab oxiriga yetkazmay tashlab qo'yish yoki o‘sha ishi zarur bo‘lsa-da, u bilan shug'ullanmaslik hollari, xotiraning yengil darajada o'ziga xos buzilishlari kuzatiladi. Posttravmatik apatiya ba’zi hollarda yengil darajadagi vegetativ va psixosomatik buzilishlar bilan namoyon bo'ladi. 269
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling