Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epilepsiya va tutqanoq sindromlarida bemorlar psixologiyasi
Nucleus
canJalus Thalamus Subslanlia nigra 39-rasm. Enscfalitda zararlanadigan po'stlog' osti tuzilmalari. 280 Bolaning xulq-atvori boshqarib bo'lmaydigan darajada o'zgaradi, albatta, bu buzilishlaming qay darajada ifodalanishi oyoq-qo‘llardagi falajliklar darajasiga ham bog'liq. Odatda, chuqur falajliklar xulq- atvorning og'ir buzilishlari bilan namoyon bo'ladi. Tetraparezlar (ikkala qo'l va ikkala oyog'dagi falajliklar) bilan kuzatiladigan meningoensefalitlarda aksincha bola o'ta sust, nutqi buzilgan, aqliy rivojlanishdan orqada qolgan va tos a’zolari vazifalari buzilgan bo'ladi. Bunday bolalar doimiy yordamga muhtoj bo'lib, odatda, uzoq yashamaydilar. Chunki tana harorati ko'tarilishi bilan kechuvchi kasalliklarda ularning ahvoli yanada og'irlashishi mumkin. Meningoensefalit o'tkazgan bolalarda yurak faoliyati ham buzilgan bo'ladi, odatda bradikardiya ko'p kuzatiladi. Falajliklaming uzoq davom etishi umurtqa pog'onasida deformatsiya, qo'l va oyoq bo'g'imlarida kontrakturalarning rivojlanishiga sababchi bo'ladi. Bu esa neyropsixoreabilitatsiya jarayonlarini yanada qiyinlashtiradi. Ba’zan meningoensefalitlarda falajliklar to'la yo'qolib, bolada nutq va xulq-atvor buzilishlarining yengil turlari kuzatiladi. Rejali tarzda olib boriladigan davolashlar natijasida bunday buzilishlar to'la barham topishi mumkin. Ensefalit - bosh miya to'qimalarining yallig'lanishi. Agar patologik jarayon po'stlog' osti tuzilmalarida joylashsa, unda pallidar (parkinsonizm) yoki striar (giperkinezlar) sindrom rivojlanadi. Bu holat po'stloq osti ensefaliti uchun xosdir. Po'stloq osti tuzilmalari hissiyot shakllanishida o'ta muhim ahamiyatga ega. Hissiyot va uni ta’minlab beruvchi tuzilmalar haqida VI bobda batafsil ma’lumot berilgan. Po'stloq osti tuzilmalarining har qanday patologiyasi, albatta, hissiyot buzilishi bilan namoyon bo'ladi. Masalan, bolaning burun bo'shliqlarida uzoq davom etuvchi yallig'lanish jarayonlari kuzatilsa va shu sababli hidlov funksiyasi buzilsa bolaning xulq-atvori buziladi, ya’ni unda giperaktiv sindrom belgilari paydo bo'ladi. Chunki hidlov nervi orqali po'stloq osti tuzilmalariga kelib turuvchi impulslar hissiyot aylanasi bo'lmish Papes aylanasi faoliyati uchun o'ta muhimdir. Xushbo'y hid kayfiyatni ko'tarishining sababi ham ana shunda. Po'stloq osti tuzilmalari ushbu rasmda keltirilgan. Pallidar sindrom bilan namoyon bo'luvchi ensefalitlarda bolaning barcha ixtiyoriy harakatlari o'ta sustlashgan bo'ladi, ular sekin gapiradi (monoton nutq), sekin harakatlanadi (bradikineziya), mimik mushaklar harakati ham sust bo'lib (amimiya, gipomimiya), ularning tashqi ko'rinishi yuziga niqob kiygan odamni eslatadi. Hatto ko'z mushaklari harakatlari ham sustlashadi, shuning uchun ham ular bir nuqtaga tikilib qarab turishadi. Yuzda ifodalangan bunday patologik belgilar bolalar 281 va o'smirlar uchun xos bo'lgan quvnoqlik va sho'xlik alomatlarini butunlay yo'qqa chiqaradi, hissiy reaksiyalami aks ettirib turuvchi yuz va ko'zlar go'yoki qotib qoladi. Bunday bolalaming tashqi ko'rinishi va harakatlari yoshi bir joyga borib qolgan odamni eslatadi. Ular kam kulishadi, kulsayam ochilib kula olmaydi, bunga qotib qolgan mimik mushaklar yo'l qo'ymaydi va natijada kulmoqchi bo'lgan bolada og'iz ko'ndalangiga cho'ziladi, xolos. Buni «ko'ndalang kulgi» deb atashadi. Husnixat ham o'zgaradi, ya’ni kattaroq harflar bilan boshJangan yozuv kichrayib boraveradi (mikrografiya). Buning asl sababi harakatlangan sayin barmoq mushaklari tonusining oshib borishidir. Bemor ovqatlanayotganda, kiyinayotganda, sochini tarayotganda, tishini yuvayotganda sekin harakat qiladi. U biror bir yumushni uzoq vaqt bajara olmaydi, chunki bunga qo'l va oyoqlarda plastik tarzda oshgan mushak tonuslari yo'l qo'ymaydi. Bemor harakatlangan sayin mushaklar tonusi oshib boraveradi, bu holat plastik gipertonus uchun xosdir. Insultlarda kuzatiladigan spastik falajliklarda esa harakatlangan sayin mushaklar tonusi pasayib boradi. Ko'z olmasi va mimik mushaklardan tortib, to oyoq va qo'llarda joylashgan yirik mushaklar tonusining bu tarzda oshuvi bemorni xuddi muzeylarda biroz bukilib turgan manekenga o'xshatib qo'yadi. Bo'yin mushaklari tonusining oshganligi sababli bosh biroz oldinga bukiladi, qo'l va barmoqlardagi bukuvchi mushaklar tonusining oshgani hisobiga ular ham bukilgan holatda bo'ladi, oyoqni bukuvchi mushaklar tonusining oshishi esa gavdani bukib qo'yadi. Bunday holatni «bukiluvchilar holati» deb atashadi. Pallidar sistema zararlanganda kuzatiladigan bunday patologik simptomlar Parkinson kasalligi uchun ham xosdir. Bunday bemorlar bir ioyda tik qotib soatlab turib qolishlari mumkin, ular uchun turgan joydan harakatni boshlash qiyin, keyin esa boshlangan harakatni to'xtatish qiyin bo'ladi. Bemor yurib boshlasa xuddi orqadan birov turtib yuborgandek tez yurib ketadi. Bu holat propulsiya deb ataladi. Bemomi orqaga turtib yuborsa orqaga yurib ketishi (retropulsiya), yon tomondan turtsa yon tomonga yurib ketishi (lateropulsiya) mumkin. Pallidar sindrom uchun ipoxondrik buzilishlar xos. Bunday bemorlar sal narsaga xafa bo'lishadi, tez yig'lashadi, ularning fikrini gumon egallagan bo'ladi, hech kimga ishonishmaydi, bir gapni hadeb takrorlashaveradi, qaysar bo'lishadi. Bemorning uyqusi ham buzilgan bo'ladi, kechalari uxlamay chiqadi yoki tez uyg'onadi. Kunduzi esa uxlashi mumkin. Ularning xotirasi buzilgan bo'ladi, fikrlash doirasi torayadi, ijodiy ishlarni bajara olishmaydi. Odatda, bunday bemorlarni davolash yillab davom etadi. Ijobiy natija tez kuzatilavermagach bemorda 282 davolanishga bo'lgan ishonch yo'qoladi. Bunday paytlarda vrach bemorni tinchlantirib, davolash jarayoni uzoq davom etishi mumkinligini, buning uchun sabr-toqat va irodali bo'lish kerakligini aytish kerak. Po'stloq osti ensefalitlari giperkinezlar bilan ham namoyon bo'ladi, agar patologik jarayon striar sistema yadrolarida joylashsa. Giperkinezlar tananing turli joylarida kuzatiladigan ixtiyorsiz harakatlardir. Bular ichida xoreya alohida o'rin tutadi. Xoreya - asosan yuzda joylashgan mushaklarda kechadigan tez-tez bo'lib turuvchi giperkinezlardir. Biroq xoreik giperkinezlar tez orada bo'yin mushaklari va qo'l barmoqlariga ham o'tishi mumkin. Xoreik giperkinezlar bolalarda ko'p uchraydi va buning sababi LOR a’zolari infeksiyalari, ayniqsa tonzillitdir. Tonzillit sababli paydo bo'lgan xoreik giperkinezlar odatda kasallik sababi yo'qotilgandan keyin o'tib ketadi, biroq po'stloq osti ensefalitlarida esa ijobiy natijaga erishish ancha qiyin kechadi. Xoreik giperkinezlar boshlashdan bir necha oy ilgari bolaning xulq- atvori o'zgarib boshlaydi. Ota-ona, hatto vrachlar ham bolada jiddiy kasallik boshlanayotganligini darrov payqashmaydi va unga «Giperdinamik sindrom» deb tashxis qo'yishaui (1-bobga qarang). Bolaning xulq-atvori shu darajada o'zgaradiki uni maktabda ham, uyda ham tartibga chaqirishaveradi. Ammo ular yordam bermaydi. Biron oylardan keyin bolaning ko'z atrofi mushaklarida giperkinezlar paydo bo'ladi, bola ko'zini yumib ochaveradi, qoshini qoqaveradi. Ko'zni yumib-ochuvchi mushaklarda bo'ladigan bunday giperkinezlar blefarospazm deb ataladi. Bunday bolalar joyida ham tinch o'tira olmaydi, ovqatlanayotgan paytda choyni yoki qoshiqdagi ovqatni to'kib yuboradi, shoshib ovqatlanadi. Bunday bolalar ota-onasidan tez-tez dakki yeb turishadi. Xoreik giperkinezlar, ayniqsa yuzdagi, hayajonlanganda kuchayadi, tinchlanganda kamayadi, uyqu paytida esa bo'lmaydi. Xoreik giperkinez bilan kasallangan bemorlar nafaqat uyda, balki ko'chadan ham dakki yeb kelishlari mumkin. Toshkent metrosida shunday bir qiziq voqea yuz bergan. Yuzida xoreik giperkinezlar bor N. ismli 15 yashar yigit ertalab metroga tushadi. Vagonda uning ro'parasiga xuddi shu yoshlardagi qiz onasi bilan o'tirib qoladi. Qiz juda chiroyli bo'lganligi sababli N. unga tikilib qarayveradi. Qiz ham unga kulib qaraydi. Hayajonlanganidan N. ning ko'z atrofi mushaklarida giperkinezlar boshlanadi, ya’ni u qoshini qoqib, ko'zini pirpirataveradi. Ikkala yosh orasidagi bunday vaziyatdan jahli chiqqan va atrofdagilardan uyalgan ona «Yoshgina bo'lib uyalmaysanmi?!» deb yigitning yuziga bir shapaloq tushiradi. Bola qattiq uyalganidan keyingi bekatda vagondan tushib ketadi va uyiga kelib «Meni doktorga olib boring» deb janjal ko'taradi. Shu kuni bu yigit onasi bilan bizning qabulimizga keldi. Kulgili bu 283 vaziyatning yuzaga kelishiga sabab giperkinezlarning bitta, ya’ni faqat o‘ng ko‘zda bo'layotgani edi. Giperkinezlarning kam uchraydigan, biroq og‘ir turlari ham mavjud. Bular torsion distoniya, atetoz, gemiballizm, gemitremor va h.k. Ular haqida ma’lumotlar nevrologiya darsliklarida keltirilgan. Shunday qilib, bosh miya va uning yallig'lanish kasalliklarida kuzatiladigan ruhiyatning turli darajadagi buzilishlari va ularning nevrologik simptomlar bilan birgalikda namoyon bo'lishi bu buzilishlami erta aniqlash, davolash va reabilitatsiya muolajalarini to'g'ri olib borishni taqozo etadi. Epilepsiya va tutqanoq sindromlarida bemorlar psixologiyasi Epilepsiya asab sistemasining eng ko'p tarqalgan kasalliklaridan biri bo'lib, katta tibbiy-ijtimoiy muammoga aylangan. Epilepsiya - bosh miyaning xurujlar bilan kechuvchi surunkali kasalligi bo'lib, harakat, sezgi, vegetativ va ruhiy-hissiy buzilishlar bilan namoyon bo'ladi. Epilepsiyaning aholi orasida tarqalishi 1000 kishiga 7-10 ta. Kasallik ko'p etiologiyali bo'lganligi sababli turli yoshda uchrashi mumkin, biroq epilepsiyaning 75 foizi 20 yoshgacha bo'lgan davrda boshlanadi. Kasallanish darajasi erkak va ayollarda deyarli bir xil tarqalgan. Mutaxassislar ma’lumotlariga qaraganda, epilepsiya bilan kasallangan bemorlarning kamida 30 foizida ruhiy buzilishlar kuzatiladi. Tarixdan ma’lumki, Suqrot, Platon, Yuliy Sezar, Janna D ‘Ark, Van Gog, Napoleon, F. Dostoyevskiy kabi buyuk shaxslar epilepsiya kasali bilan og'rigan. Shuning uchun ham ba’zi mutaxassislar faqat kuchli tafakkur egalari epilepsiya bilan og'rishadi deyishsa, boshqa birlari esa tutqanoq xurujlari odamda talant kurtaklarini qo'zg'ab yuboradi, deb hisoblashadi. Bu fikrlarga to‘liq qo'shilish qiyin, biroq epilepsiya bilan og'riydigan ba’zi bemorlarda kuchli talant belgilarini uchratish mumkin. Masalan, biz ham o‘z amaliyotimizda «Qur’on» va «Hadis» kitoblarini yoddan biladigan yosh yigitni, kuchli rassom, shoir va matematiklarni uchratganmiz. Bunday bemorlar ichida inson hayratda qoladigan hikmatli iboralar o'ylab topuvchilar, hikmatlarga boy bo'lgan to'rtliklar bituvchilarni kuzatganmiz. Ularni vrachlar yon daftarlariga yozib yurishsa, foydadan xoli bo'lmaydi. Doimo xuruj kшatiladigan bir bemor qizda sezgi va idrok qobiliyatining kuchayganini kuzatganmiz. Biroq epilepsiya kasali bor aksariyat bemorlarda tutqanoq xurujlari vaqtida to'xtatilmasa, og'ir ruhiy buzilishlarga olib keladi, ularning aqli zaiflashib boradi. Tutqanoq xurujlari qanchalik erta yoshda boshlansa, ruhiy buzilishlar 284 shuncha erta rivojlanishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, og‘ir ruhiy buzilishlar epilepsiyaning barcha turida ham kuzatilavermaydi. Xuddi boshqa asab kasalliklaridagi kabi epilepsiya ham nasliy omilga bog'liq. 0‘tgan asrning 50-yillarigacha aksariyat davlatlarda bu bog'liqlik juda bo'rttirib ko‘rsatilgan, keyinchalik ilm-fanning yutuqlari bunday gumonni yo‘qqa chiqardi. Hozirgi davrning statistik ma’lumotlariga qaraganda, ota-onaning biri epilepsiya bilan og'risa, ulardan kasal bola tug‘ilishi xavfi 10 foizdan oshmaydi. Epilepsiya sabablari umumlashtirilib 5 jadvalda keltirilgan. Epilepsiyaning etiologiyasi, klinik ko‘rinishlari aksariyat hollarda bemorning yoshiga bog‘liq. Masalan, erta bolalik davrida kuzatiladigan tutqanoq xurujlarining sababi homila va bola tug'ilishi davrlarida yuzaga keladigan gipoksiya holatlari, virusli infeksiyalar, anemiyalar va h.k. Epilepsiyaning tasnifi ko‘p bo‘lib, tibbiy amaliyotda ko‘proq 3 turga ajratib o‘rganiladi. Agar epilepsiya bosh miyaning biror-bir kasalligi sababli rivojlansa - simptomatik epilepsiya, nasliy omil aniqlangan va bosh miya kasalliklari aniqlanmagan holatlarda - idiopatik epilepsiya va nihoyat, hech qanday sabab aniqlanmagan holatlarda - kriptogen epilepsiya, shuningdek, o'choqli (partsial, fokal, lokal) xurujlar farq qilinadi. 0‘choqli xurujlar bosh miya tuzilmalari, ayniqsa, po'stloq markazlarining qo‘zg‘alishlari natijasida kelib chiqadi. Ular qaysi markazlar qo‘zg‘alishiga qarab, yuz, qo‘l va oyoqda harakat va sezgi xurujlari bilan namoyon bo'ladi. Shuningdek, o'choqli xurujlar ko'ruv, eshituv, hid va ta’m bilish gallyutsinatsiyalari hamda «avval ko'rgan» yoki «hech qachon ko'rmagan» fenomeni to'satdan keladigan qo'rquv va qorinda kuzatiladigan og'riq xurujlari ko'rinishida ham kuzatiladi. Ularning davomiyligi 30 sekunddan oshmaydi. O'choqli xurujlarda bemor hushini yo'qotmaydi va bular oddiy partsial xurujlar, agar hushdan ketish bilan namoyon bo'lsa, murakkab partsial xurujlar deb ataladi. Murakkab partsial xurujlarda hushsiz yotgan bemorda yutinish, chaynash, biror joyini silash, chapak chalish kabi avtomatik harakatlar kuzatiladi. Murakkab partsial xurujlarning davomiyligi ham 30 sekunddan atrofida bo'ladi va bemor o'ziga kelgandan so'ng biroz karaxt bo'lib turadi. Epilepsiyaning tonik va klonik xurujlar bilan kechishi biroz og'ir turi bo'lib, bemorning yaqinlarini ko'proq vahimaga soladi. Chunki bu xurujlar kechayotganda bemor hushsiz bo'lib, bunda ruhiy buzilishlar ham ko'p kuzatiladi. Tonik va klonik xurujlarda epilepsiya auralar bilan boshlanishi mumkin. Auralami epilepsiyaning xabarchilai i deb ham atashadi. Xurujlar boshlanishiga bir necha soat qolganda. ba'zun esa bir-ikki kun oldin 285
Agar xurujlar aura kuzatilgandan so‘ng boshlansa, bunday xurujlarni ikkilamchi tarqalgan xurujlar deb atashadi. Agar xurujlar aurasiz kuzatilsa, ularni birlamchi tarqalgan xurujlar deb ataladi. Xuruj boshlanganda, dastlab mushaklarda tonik qisqarishlar ro‘y beradi, bu paytda bemor 286 qichqirib yuborishi va tilini tishlab olishi mumkin. Qisqa vaqt nafas ham to‘xtab qoladi, rangi ko'karib ketadi. Bu davr xurujlarning tonik bosqichi deb ataladi va u, odatda, 30-60 sek. davom etgach, klonik bosqichi b oshlanadi. Bunda bosh va oyoq-qo‘llar titray boshlaydi. Bosh orqa va yon tomonga buraladi, ko'z olmasi yuqori va yon tomonga qarab og'adi. Shu holatda titrashlar davom etib turadi. Xurujning klonik bosqichi ko‘p holatlarda qovug'i bo'shab ketish bilan tugaydi. Bu bosqich 2-3 daqiqa davom etadi. Tonik-klonik xurujlarning umumiy davomiyligi 3-5 daqiqaga teng. Xurujlar tugagach, bemor qattiq uyquga ketadi, odatda, soat, bunday paytda uni uyg‘otmaslik kerak. Uyqudan turgandan so‘ng esa bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Epilepsiyaning tutqanoq xurujlarisiz kuzatiladigan turiga absanslar (petit mal) deb ataladi. Ular, asosan, bolalik va o'smirlik davrida kuzatiladi. Xuruj paytida bola bir nuqtaga qarab qotib qoladi, ko'zi ochiq bo'ladi, biroq qoshini pirpiratib turishi va boshi sal orqaga qayrilishi mumkin. Savollarga javob bermaydi, hushsiz qotib tursa-da, yiqilib tushmaydi. Xuruj 10-20 sek. davom etadi va ba’zan atrofdagilarga bilinmay o'tib ketadi. Bunday xurujlar bir kunda 20-30 marta kuzatilishi mumkin. Bu xurujni vrachning o'zi kuzatmoqchi bo'lsa, bemordan 5-6 marta tez-tez chuqur-chuqur nafas olishni talab qilishning o'zi kifoya. Tungi xurujlar. Tunda bo'ladigan xurujlar turli-tuman bo'ladi. Ularning ba’zilari quyidagicha kechishi mumkin: bemor birdan uyg'onib ketadi, qattiq boshi og'riyotgan bo'ladi, qayt qilishi mumkin va asta- sekin ko'zi va boshi yon tomonga qayrilgan holda tutqanoq xurujlari boshlanib ketadi. Yuz qiyshayib, so'lak oqadi va duduqlanib qoladi. Ba’zan yotgan joyidan to'satdan turib, o'tirib oladi, oyoqlari bilan velosiped haydayotgandek harakatlar qiladi yoki g'ujanak bo'lib yotib oladi, turib yurib ketadi va birozdan so'ng to'xtaydi, ba’zan uydan chiqib ketadi. Bu xurujlar 30 sek. dan 2-3 daqiqagacha davom etishi mumkin. Keyin bemor o'ziga keladi, nimalar qilganini eslay olmaydi, ba’zi bemorlar esa ba’zi qiliqlarini chala bo'lsa-da aytib beradi. Tunda bo'ladigan xurujlarda bemor tilini tishlab oladi, og'zidan qon aralash ko'pik chiqadi, qovug'i bo'shab ketadi. Epilepsiya bilan og'rigan bemorlar uchun kech uyquga ketish va majburan erta uyg'onish xavflidir, uyquning davomiyligi 8 soatdan kam bo'lmasligi kerak. Ertalab uyg'ongandan so'ng majburan ko'p uxlayverish ham mumkin emas. Bunday bemorlarda ba’zan kunduz kuni to'satdan uxlab qolish holatlari ham kuzatiladi va bu holat narkolepsiya deb ataladi. 287
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling