Tibbiyot psixologiy asi
Epilepsiyada ruhiy buzilishlar
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davolash va parvarish qilish yo‘llari
Epilepsiyada ruhiy buzilishlar Epilepsiyada bemor xulq-atvorining turli darajada o'zgarishi bilan kechuvchi ruhiy buzilishlar kuzatiladi. Boshqa ruhiy buzilishlardan farqli o‘laroq, epilepsiyada bemor shaxsining o'zgarishi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadiki, buning natijasida, tibbiy amaliyotida «epileptik xulq- atvor» degan ibora paydo bo‘ldi. Bunday bemorlar juda ezma, qaysar, besabr, tez xafa bo‘ladigan, kayfiyati tez o'zgarib turadigan, arzimagan mayda ishlarga o'ralashib yuradigan, tez janjal ko‘taradigan, mayda gap va jahldor bo‘lishadi. Albatta, bemorda bu belgilar turli ko‘rinishda bo'lishi mumkin va ularning qanchalik yaqqol namoyon bo‘lishi tutqanoq xurujlarining naqadar ko‘p kuzatilishi, epilepsiya turi va bemorning davolanish tarziga bog'liq. Yaxshi kayfiyatda yurgan bemor birdan o‘zgarib qolishi va qo‘pol so'zlar bilan yaqinlarini haqorat qila boshlashi mumkin. Bunday holat u biror narsasini topa olmasa, uning qilayotgan ishiga chetdan kimdir aralashib xatosini ko‘rsatsa, uning fikriga zid flkr bildirsa va h.k. ro‘y beradi. Shunda bemor tezda janjal ko'tarib urishib ketadi, ba’zan arzimagan janjal affekt darajasigacha ko‘tarilishi va bemor o'ziga yoki atrofdagilarga tan jarohati yetkazib qo'yishi mumkin. Shuning uchun ham bunday bemorlarni davolayotgan vrachlar ularni psixiatr nazoratiga yuborishi kerak. Demak, xulq- atvorning keskin o'zgarishi bilan kechadigan epilepsiya kuzatilgan bemor psixiatr nazorati ostida davolanib turishi lozim. Epilepsiyada bemorlarning xulq-atvoridagi o'zgarishlar, ba’zan «ijobiy» tus olishi ham mumkin. Masalan, ular birovlarga keragidan ortiqcha mehribon, yaqin yordamchi, kulib turadigan, muloyim, har qanday ishga bel bog'lab kirishib ketadigan shaxslardir. Bu mehribonlik ba’zi hollarda oila a’zolariga emas, begonalarga ko'rsatiladi. Shunday bo'lsa-da, ularning jahlini chiqarish oson, qilayotgan ishlariga mos e’tiborni sezmasa yoki tanbeh olsa, ular yana o'zgarib, qaysar va o'jar bo'lib qoladi. Bemor birorta odamdan qattiq ranjisa, u bilan boshqa muloqotda bo'lmasligi mumkin. Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarning tafakkur doirasida ham patologik o'zgarishlar paydo bo'ladi, ya’ni fikrlar inertligi kuzatiladi, fikrlar teranligi susayadi, diqqatni bir joyga qo'ya olishmaydi, diqqat- e’tibor talab qiluvchi aqliy mashqlarni bajarishda qiynalishadi yoki uddasidan chiqa olishmaydi. Bir ishga kirishib ketib, oxiriga yetkaza olmay tashlab qo'yishadi. Ishlarning eng asosiysi va ikkinchi darajalisini ajrata olishmaydi, mayda, keraksiz ishlarga o'ralashib qolib ketishadi. Fikrlar inertligi bemorning nutqida ham aks etadi. Berilgan savollarga lo'nda qilib javob bera olmaydi, bir aytgan gapini so'ng yana 288 bir necha bor takrorlashi mumkin yoki suhbat boshida tushunarli bo‘lib qolgan voqeani yana takrorlayveradi. Ular hissiyotga berilib so‘zlashadi, ba’zan kamgap, ba’zan sergap bo'lishadi, bu - bemorning kayfiyatiga bog'liq. Epilepsiya bilan kasallangan ba’zi bemorlar yolg'onchi, boshqa birlari haqiqatparvar bo'lishadi, adolatsizlikka chiday olishmaydi. Uning uchun begona bo'lgan odam nohaqlikdan aziyat cheksa, uzoq vaqt u haqida gapirib yuradi, qo'lidan kelsa, yordamga shoshadi. Ba’zi bemorlar uyi va ishxonasini juda saranjom va sarishta tutadi, ozoda yuradi, chiroyli kiyinadi, ya’ni ular tartibga qattiq rioya qilishadi. Yoshi katta bemorlar, ayniqsa, ayollarda puyerilizm, ya’ni bolalarga xos xulq-atvor kuzatiladi. Ularning nafaqat xatti- harakatlari, balki fikrlash doirasi ham yoshidan orqada qolishi mumkin. Ba’zan esa 5-7 yashar bolalar o'z yoshiga mos kelmaydigan aql-zakovatni ko'rsatishi mumkin. Ular xuddi kattalardek fikr yuritishadi, foydali maslahatlar berib qo'yishadi. Ba’zi ota-onalar boladagi bunday qobiliyatdan qo'rqib ketib, psixiatrga ham ко'rsatishadi yoki bo'lmasa, faxrlanib yurishadi va bu noyob qobiliyatni epilepsiya bilan bog'lashmaydi. Demak, boshqa ruhiy kasalliklardan farqli o'laroq, epilepsiya bir-biriga zid bo'lgan ruhiy o'zgarishlar bilan kechuvchi kasallikdir. Aytib o'tilganidek, epilepsiyada kuzatiladigan shaxs buzilishlari darajasi kasallikning qaysi yoshda boshlanganligi, xurujlar soni va turi, o'tkazilayotgan davolash muolajalarining qanday olib borilayotganiga uzviy bog'liq. Kasallik qanchalik erta yoshda boshlangan bo'lsa, xurujlar hadeb takrorlanaversa (ayniqsa, hushning yo'qolishi bilan kechuvchi xurujlar), bemor shaxsidagi patologik o'zgarishlar shunchalik tez rivojlanadi va og'ir kechadi. Ayniqsa, bosh miyaning chakka bo'lagi zararlanishi sababli yuzaga kelgan epilepsiyalarda shaxs buzilishlari kuchli ifodalangan bo'ladi. Epilepsiyada kuzatiladigan tafakkur buzilishlari chuqurlashgan hollarda aqli zaiflik rivojlanadi. Turli darajadagi aqli zaiflik kasallik bolalik davrida boshlangan holatlarda ko'p kuzatiladi va u deyarli har ikkinchi bemorda namoyon bo'ladi. Buning sababi bolalarda oliy ruhiy funksiyalarning to'la shakllanmaganligidandir. Shuning uchun ham bolalik davrida kuzatiladigan bosh miyaning har qanday og'ir kasalligi ruhiyat va tafakkurning u yoki bu darajada buzilishlari bilan kechadi. Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda keyinchalik bosh miyaning turli kasalliklari kuzatilsa (masalan, bosh miya jarohati, meningit, qon tomir kasalliklari, alkogolizm va h.k.), tutqanoq xurujlari va ruhiy buzilishlar kuchayishi mumkin. 289 Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda ruhiyat buzilishlari yaqqol ko'zga tashlanadigan sindromlar bilan kechishi mumkin. Bular disforiya, deliriy, oneyroid sindrom, gallyutsinatsiyalar, epileptik stupor, amneziya, alahsirovchi psixozlar, patologik uyqu va h.k. Bulaming ichida eng ko'p uchraydigani disforiya bo'lib, u bemorda hech qanday sababsiz paydo bo'laverishi mumkin. Disforiyada nafaqat kayfiyatning buzilishi, balki sababsiz xavotir bo'lish, siqilish, qo'rquv, gumonsirash, miyaga turli fikrlarning yog'ilib kelishi, suitsidal fikrlar, birovni o'ldirish, o'g'rilikka intilish hissi kabi belgilar ham kuzatiladi. Juda kam holatlarda kayfiyatning ko'tarilib yurishi kuzatiladi. Ular begona odam bilan ham (keldi-kelmadi) hazillashaveradi, biror-bir kulgili voqea o'ylab topib, gaplashib ketaverishadi, masxarabozlik qilishadi, beparda latifalar o'ylab topishadi, gap orasida hadeb kechirim so'rayverishadi. Tanish odamlarni uchratibqolishsa, yig'lab ham olishadi. Ba’zi bemorlarda jinsiy faollikning oshib ketishi ham kuzatiladi. Epilepsiyada stupor turli ko'rinishda bo'lishi mumkin: oddiy kamharakatlikdan tortib, qotib qolishgacha. Qotib qolgan bemorlarda mutizm kuzatiladi, biroq ular birovning so'zi va harakatini takrorlashi ham mumkin. Odatda, stupor xurujlardan so'ng kuzatiladi va bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi. Stupor to'satdan to'xtab, faol harakatlar paydo bo'lishi va bemor atrofdagi narsalarni otib yuborib, yonidagilar bilan urishib ketishi ham mumkin, bunda to'la va qisman amneziya ham kuzatiladi. Epilepsiyada to'satdan paydo bo'luvchi depersonalizatsiya, dereali- zatsiya, katapleksiya, anozognoziya kuzatilishi mumkin. Bu simptomlarning klinik ko'rinishi awalgi boblarda keltirilgan. Epilepsiyada alahsirai.li bilan kechuvclii psiAo/iai, oualua, u‘ikii va surunkali ko'rinishda namoyon bo'ladi. O'tkir psixozlarda birov uni ta’qib qilayotgandek, zaharlamoqchidek, og'ir tan jarohati yetkazmoqchi bo'layotgandek tuyuladi. Bu holat epileptik paranoyya deb ham ataladi va u bir necha kundan bir necha oygacha davom etishi mumkin. Odatda, disforiya bilan paydo bo'lgan o'tkir psixozlar qisqa vaqt davom etadi. Psixozlar to'satdan paydo bo'lishi, yo'qolib ketishi, pasayishi va bir necha kundan so'ng yana paydo bo'lishi mumkin. Surunkali psixozlar ham paranoid va parafrenik belgilar bilan namoyon bo'ladi va odatda, epileptik oneyroid, deliriy yoki boshqa psixopatologik holatlardan so'ng rivojlanadi. Surunkali psixozlarning klinikasida alahsirash asosiy belgilardan biri hisoblanadi va u tez-tez takrorlanib turadi. Bunda ham yuqoridagi holatlar ko'p kuzatiladi. Epilepsiyada ruhiyat, hissiyot va tafakkurning buzilishlari kasallikning so'nggi bosqichlarida kuchli rivojlanadi va bu yaqqol ko'zga tashlanadi. 290 Bunday bemorlarda lutqanoq xurujlari butunlay to'xtagan bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun ham psixiatrlar epilepsiyaning so'nggi bosqichlarida tutqanoq xurujlari o'rnini ruhiyatning buzilishlari egallaydi, deb aytishadi. Davolash va parvarish qilish yo‘llari Aksariyat davlatlarda epileptologlar assotsiatsiyalari mavjud. Bir qancha ilmiy jamiyat, laboratoriya va institutlar epilepsiya kasalligi va uni davolash ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borishmoqda. Yiliga epilepsiyani davolashga oid yuzlab jiddiy ilmiy maqolalar chop qilinmoqda hamda samarali dori vositalari, xalqaro standartlar ishlab chiqilmoqda va bunga bemorlarni davolovchi barcha vrachlar amal qilishlari zarur. Bemorlarni davolashda antikonvulsantlarni ko'r-ko'rona tavsiya qilavermasdan, epilepsiyaning turi va unga ta’sir qiluvchi samarali dorilarni to'g'ri aniqlab olish zarur. Kuzatilgan bitta xurujdan so'ng darrov antikonvulsantlar tavsiya qilish ham noo'rindir. Aksariyat mutaxassislar tutqanoq xurujlari 2-3 marta kuzatilgandan so'nggina epilepsiya tashxisi haqida so'z yuritish va uni davolash rejasini tuzish mumkin,deyishsa, ayrimlari yi Ida 1 yoki 2 marta tutqanoq xurujlari kuzatiladigan bemorlarga ham antikonvulsantlar buyurish shart emas, deb hisoblashadi. Albatta, agar xurujlar soni ko'paymasa, antikonvulsantlar bermaslik mumkin, biroq ularni vrach nazoratiga olish zarur. Chunki xurujlar keyinchalik ko'payishi va har haftada yoki har kuni kuzatila boshlanishi mumkin. Davolashning muvaffaqiyatli kechishi to'g'ri aniqlangan tashxisga va to'g'ri tanlangan dori turiga bog'liq. Dastlab antikonvulsantlar kam miqdorda beriladi va ularning miqdori oshirib boriladi. Ma’lum bir samaraga erishilgach, dori berish ko'rsatilgan miqdorda davom ettiriladi. Agar tanlangan antikonvulsant samara bermasa, uning miqdori sekin- asta kamaytirilib, boshqa doriga o'tiladi. Dorini birdan to'xtatish mumkin emas, ayniqsa, yuqori miqdorda berilayotgan bo'lsa. Iloji boricha dorini ertalab va kechqurun tavsiya etish zarur, buning uchun ta’sir kuchi 12 soat davom etadigan dorilarni tanlagan ma’qul. Ularning soni ko'p. Chunki ertalab va kechqurun hamma uyda bo'ladi va bemorga dori ichishni eslatib turishadi. Juda ko'p mutaxassislar (hattoki, bemorlarning o'zi ham) xurujlarning takrorlanishi va qayta paydo bo'lishiga dori ichishni unutish sabab, deb bilishadi. Aksariyat holatlarda, dorining kunduz kuni ichiladigan qismi unutiladi. Epilepsiyaning aksariyat turlari uchun fikrlar inertligi va xotira buzilishi xos. Ba’zan uyda ham bemor dorini ichdim, deb o'ylaydi, kecha qabul qilgan dorisini xuddi bugun 291 ichgandek tuyuladi va shu sababli ham xurujlar takrorlanishi mumkin. Odatda, dori ichish to'xtatilgandan so'ng 2-3 kun o'tib, xuruj paydo bo'ladi. Xurujlar dori ichib yurgan taqdirda ham takrorlanaversa, uning miqdorini vrach ruxsatisiz oshirmaslik kerak yoki bu dori foyda qilmadi, deb to'xtatib qo'ymaslik kerak. Bu og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Hozirgi paytda epilepsiyada monoterapiyaga ko'proq e’tibor qaratilmoqda, chunki mutaxassislarning fikricha, epilepsiyaning aksariyat turlarini bir xil dori berib davolash mumkin. Epilepsiyaning ba’zi turlarida esa 2-3 xil antikonvulsantni birgalikda tavsiya etish mumkin, biroq undan ortig'ini emas. Lekin bir-birining ta’sirini pasaytiradigan yoki organizmga zaharli ta’sir ko'rsatadigan dorilarni bemorga tavsiya qilmaslik kerak. Valproatlar (depakin, konvuleks) epilepsiyaning deyarli barcha turlarida samarali dori vositasidir. Shuning uchun ham vrach bemorda epilepsiya tashxisini aniqlasa-yu, biroq uning turini aniqlashda va antikonvulsantlar tanlashda qiynalsa, davolashni valproatlardan boshlashi mumkin. Valproatlar epilepsiyada kuzatiladigan ruhiy buzilishlarni bartaraf etishda ham samarali vositadir. Valproatlarga monelik qiluvchi holatlarni aniqlab olgach, ularni kam miqdorda tavsiya qilib, davolashni boshlash lozim. Valproatlar ichida depakin eng ko'p tavsiya qilinadigan dorivor vositadir. Depakin ovqat mahalida ichiladi. Valproatlarni kam miqdorda boshlab, ularning dozasini har 3 kunda oshirib borish dorining ortiqcha sedativ ta’sirini kamaytiradi. Ma’lumki, antikonvulsantlarning sedativ ta’siri dastlabki kunlari yaqqol namoyon bo'ladi. Dastlab, dorini kechqurun ichish tavsiya qilinadi, so'ng kunduz kuni, undan keyin esa ertalab buyuriladi. Dorining dozasi ham kechqurun beriladigani hisobiga oshiriladi. Iloji boricha, dorini ertalab va kechqurun tavsiya qilish zarur va kechqurungi dcza eratlabkisidan yuqori bo'lishi kerak. Tutqanoq xurujlari butunlay to'xtagandan so'ng dorining terapevtik dozasini aniqlab olib, belgilangan miqdorda davom ettirish kerak. Dorining dozasi asossiz ravishda oshirilmasligi kerak. Tutqanoq xurujlarini kam miqdordagi antikonvulsantlar bilan to'xtatishga erishilsa, ular faqat kechqurun tavsiya qilingani ma’qul. Bunday paytlarda ta’siri uzoq davom etuvchi antikonvulsantlar buyuriladi, masalan, depakin xrono va h.k. Depakin o'tkir va surunkali gepatit, pankreatit, trombotsi- topeniya, gemorragik diatez hamda porfiriya holatlarida buyurilmaydi. Depakinni tavsiya qilish sxemasi 6-jadvalda keltirilgan. Agar xurujlar takrorlansa, depakin dozasi bemorning yoshi va tana vazniga qarab oshiriladi. Odatda, valproatlar buyurilgandan 2-4 kun o'tgach, xurujlar kamaya boshlaydi yoki to'xtaydi. Tanlangan dorining samaradorligini ko'rsatuvchi asosiy belgi xurujlarning to'xtaganligidir. Agar valproatlar bemor yoshi va tana vazniga mos ravishda yuqori 292
Mutaxassislar valproatlarni monoterapiya ko'rinishida berishni tavsiya qilishadi, masalan, karbamazepin valproatning ta’sirini pasaytirishi mumkin. Bemorga buyurilgan antikonvulsant ta’sir ko‘rsatmasa, u sekin- asta kamaytiriladi va shu asnoda boshqa doriga o'tiladi. 293
Epilepsiya va uning asoratlarini davolash yillab davom etadi. Antikonvulsantlarning dozasini kamaytirish yoki butunlay to'xtatish 3 yil mobaynida xurujlar kuzatilmayotgan holatlardagina amalga oshiriladi. Dorining kundalik miqdori kamaytira borilib, so‘ng to'xta- tiladi, to'satdan to'xtatish xurujlarning qayta paydo bo'lishiga yoki kuchayishiga sabab bo’ladi. Epilepsiyada ruhiy buzilishlarni davolash va oldini olish uchun finlepsin kuniga 200-400 mg tavsiya qilinadi. Zaruratga qarab, uning kundalik miqdorini 800 mg gacha oshirish mumkin. Yurak-qon tomir sistemasi hamda jigar va buyrakdagi og'ir kasalliklarda va yoshi ulug‘ 294
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling