Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
Davolash. Giyohvandlikka ruju qo'yganlarni davolash tamoyillari maxsus adabiyot va dasrliklarda mukammal yoritilgan. Ammo tibbiy psixolog bemorlarni davolash bilan bog'liq bo'lgan bir qator muammolarni bilishi zarur.
Dastavval, bemor statsionarga yotqizilishi shart, chunki davolanish sharoitida kuzatiladigan noxush holatlar va abstinent sindromning qaytadan paydo bo'lishi, giyohvand moddani yana iste’mol qilishga majbur qiladi. Davolash muolajalari narkolog nazorati ostida giyohvand moddalarni qabul qilishni to'xtatishdan boshlanishi lozim. Sog'lom va yosh bemorlarda giyohvand moddalarni qabul qilishni birdaniga va butunlay to'xtatish mumkin, keksa va o'ta ojizlarda esa bu jarayon bosqichma-bosqich olib boriladi. Giyohvandlikni davolash, odatda, bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bular dezintoksikatsiya muolajalari, psixopatologik va somatonevrologik buzilishlarni davolash, metabolik buzilishlarni bartaraf etish, ruhiy qaramlikning asosiy mexanizmlariga qarshi yo'naltirilgan davolash muolajalari o'tkazish, kasallikning takrorlanishiga qarshi davolash choralarini ta’minlash. Dezintoksikatsiya maqsadida reopoliglyukin, xlorid natriyning izotonik eritmasi va boshqa elektrolitlar kuniga 2000 ml. gacha yuboriladi. Zaruratga qarab, qon preparatlari - albumin, plazma, toza qon ham 305 buyuriladi. Og'ir vaziyatlarda gemosorbsiya va gemodializ muoiajalari o'tkaziladi. Shuningdek, 10 ml 10 foizli kalsiy xlor, 10 ml 30 foizli tiosulfat natriy, 5-10 ml 25 foizli magniya sulfat tomir ichiga, 5-10 ml 5 foizli unitiol mushak orasiga yuboriladi. Abstinent sindromni davolashda psixotrop dorilardan 2,5 foizli aminazin 1-3 ml >7 kun mobaynida t/i, m/o ga yoki 2,5 foizli tizersin 2-4 ml t/ m/o ga, 1 foizli dimedrol 1-2 ml, 0,5 foizli valium 2-4 ml t/i, m/o ga. Shuningdek, kordiamin, kamfora, kofein, meprobamat, galoperidol kabi dorilarni ham buyurish mumkin. Yurak va nafas faoliyatini normal holatda ushlab turish uchun albatta, kordiamin tavsiya qilinadi. Neyroleptiklardan neuleptil kuniga 10-20 mg, sonapaks 100 mg. dan, ta’siri uzoq davom etuvchi neyroleptiklardan piportil 2 mg. dan 2 haftada mahal, keyinchalik har oyda bir mahal. Antidepressantlardan fluoksetin, zoloft kabi dorilar buyuriladi. Albatta, giyohvandlikni davolash o‘ta murakkab va mashaqqatli jarayon bo'lib, farmakologik dorilar bilan davolash usullari narkologiya darsliklarida batafsil yoritilgan. Giyohvandlikni davolashda ishlatiladigan psixoterapiya usullari turli-tumandir - oddiy suhbatdan tortib gipnozgacha. Psixoanaliz usullari ham juda samaralidir. Bemorning jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishi esa davolash jarayoniga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Bemor abstinent holatdan chiqqandan so'ng uzoq vaqt narkolog va psixolog nazoratida turishi lozim. Nazorat uchun savollar Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling