Tibbiyot psixologiy asi
Jarrohlik bilan psixologiyaning o'zaro bog'liqligi nimada?
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozingiz guvoh bolgan vaziyatlar haqida sozlab bering va muhokama qiling.
- Vrach - favlasufdir, axir tibbiyot va donolik orasida katta farq у о ‘q-ku.
Jarrohlik bilan psixologiyaning o'zaro bog'liqligi nimada?
Bemorni operatsiyaga tayyorlashda nimalarga e’tibor qaratmoq kerak? Jarroh, hamshira va bemor orasida ziddiyatli munosabatlar qanday yuzaga kelishi mumkin? O'zingiz guvoh bo'lgan vaziyatlar haqida so'zlab bering va muhokama qiling. 316
Vrach - favlasufdir, axir tibbiyot va donolik orasida katta farq у о ‘q-ku. Gippokrat Tug‘ruqdan so‘ng kuzatiladigan ruhiy o‘zgarishlar Ba’zi ayollarda tuqqanidan so‘ng turli-tuman ruhiy-hissiy buzilishlar kuzatiladi. Atrofdagilaming yaxshi munosabatidan qat’i nazar, tuqqan ayolning kayfiyati keskin o'zgarishi mumkin. Ayniqsa, sababsiz jizzakilik, tez xafa bo'lish, yig‘loqilik, vahima, uyquning buzilishi kabi belgilar ko‘p kuzatiladi va ular hech qanday tibbiy-psixologik yordamsiz o'tib ketishi mumkin. Bu holatlar, ayniqsa, birinchi bor tuqqan ayollarda kuzatiladi va ko'pincha, charchoq bilan namoyon bo'ladi. Bunday vaziyatlarda umr yo'ldoshi, ota-onasi va boshqa yaqinlarining katta e’tibori, mehr- oqibati ushbu ruhiy o'zgarishlami tezroq bartaraf qilishga yordam beradi. Ba’zi mutaxassislaming fikricha, tug'ruqdan keyingi bunday ruhiy o'zgarishlar 10-15 foiz ayollarda kuzatiladi va odatda, biroygacha davom etishi mumkin. Biroq hammavaqt ham bu statistika to'liq deb aytib bo'lmaydi, chunki aksariyat hollarda psixologga murojaat qilinmaydi va bunday buzilishlaming hisobi olib borilmaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tuqqan ayolning atrofida salbiy muhit yaratilsa, ruhiy o'zgarishlar chuqurlashib, ruhiy-hissiy buzilishlarga o'tishi mumkin (masalan, depressiyaga). Ruhiy-hissiy buzilishlar ichida tug'riqdan keyingi depressiyalar alohida o'rin tutadi va bu yerda, albatta, psixolog yordami kerak bo'ladi. Ayolning o'zi bu holatdan chiqib keta olmasligi mumkin. Tug'ruq bilan bog'liq bo'lgan depressiyalar, ayniqsa, bola o'lik yoki biror bir kamchilik bilan tug'ilgan vaziyatlarda ko'p kuzatiladi. Bola tirik tug'ilgan holatlarda kuzatiladigan depressiyalarning asosiy belgilaridan biri o'z bolasi va turmush o'rtog'iga qiziqishining yo'qolishidir. Bunday holatlarda bolani emizishga berish uchun yaqinlari va shifokorlar ba’zan soatlab yolvorib o'tirishadi. Bolasi yig'lab yotgan holatlarda uni qo'liga olmaydi, qo'liga berishsa ham qaytarib beradi, o'zi ham yig'layveradi. Ba’zan esa ko'ziga yig'i kelmaydi, bolasiga yoki atrofdagilarga teskari o'girilib yotib oladi. Kechalari uxlamay chiqadi. Ko'p holatlarda depressiyalar qo'rquv, xavotir va turli darajadagi vegetativ va somatik buzilishlar bilan namoyon bo'ladi. Ayniqsa, niqoblangan depressiyaning tug'ruqdan so'ng yuzaga kelishi vrachlar uchun 317 ham katta diagnostik mushkulliklar tug‘diradi. Awalgi boblarda aytib o‘tilganidek, niqoblangan depressiya bu turli somatik kasalliklar yoki sindromlar ko'rinishida namoyon bo‘luvchi depressiyadir. Shuning uchun ham niqoblangan depressiyani to‘g‘ri aniqlash ham tibbiy, ham psixologik tekshirishlarni talab qiladi. Odatda, niqoblangan depressiyada somatik buzilishlar subyektiv bo‘lib, obyektiv tekshiruvlarda tasdiqlanmaydi. Tug‘ruqdan so'ng kuzatiladigan ruhiy va xavotirli-depressiv buzilishlarni davolashda antidepressantlardan keng foydalaniladi. Bular fevarin, zoloft, portal, gelarikum, amitriptilin va shular kabi boshqa dorivor vositalardir. Biroq ruhiy buzilishlarni ushbu dori vositalari bilan davolashda ularni emizuvchi ayolga monelik qiluvchi tomonlari, go'dakka nojo‘ya ta’sirlari va ruhiy buzilishning og‘irlik darajasini e’tiborga olish lozim. Fluoksetin (prozak), zoloft va sipramillarni eksperimentda ham, klinik amaliyotda ham teratogen ta’siri aniqlanmagan. Ushbu dorilar homilador va tuqqan ayollarga depressiv buzilishlarda tavsiya etilishi mumkin. Tug‘ruqdan so‘ng rivojlanishi mumkin bo'lgan xavotirli-depressiv buzilishlarning oldini olish o'ta muhimdir. Buning uchun homilador ayollarni psixolog ko'rigidan o'tkazish zarur. Bu usul rivojlangan xorij davlatlarida bir necha o'n yillar oldin yo'lga qo'yilgan. Chunki endi rivojianib kelayotgan depressiyaning yashirin belgilarini faqat psixolog aniqlay oladi va ularni o'z vaqtida kam miqdordagi antidepressantlar yoki anksiolitiklar bilan bartaraf qilish mumkin. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling