Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum bir jarayonda


Download 40.24 Kb.
bet1/13
Sana05.01.2022
Hajmi40.24 Kb.
#218871
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
falsafa 10 mavzu


Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum bir jarayonda

takomillashib boradi. Uning shakllari o‘zgaradi, tarixiy

ko‘rinishlari muttasil yangilanib turadi.

Ma’lumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyoqarash

nihoyatda oddiy bolgan. Agar shunday bolmaganida, har

qanday jism o‘z hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqarish

xossasiga ega ekanini kashf etgan qadimgi zamonning buyuk

olimi Arximed hammomdan yalang'och holda chiqib, «Evrika!»,

ya’ni «Topdim!», deya qichqirmagan bo‘lar edi.

Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomillashib

borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qilingan

kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib,

uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko‘rsatadi. Bunda vorislik

an’anasi yaqqol ko‘zga tashlanadi: har bir davrning dunyoqarashi,

g'oyasi o‘tmishda yaratilgan ma’naviy qadriyatlarning eng

yaxshilarini, ilg‘or va ijobiylarini o‘zida saqlab qoladi. Shu asosda

yangi tamoyillarga ega bolgan dunyoqarash ham takomillashib

boradi. Oddiy bug‘ mashinasidan kosmik raketalargacha bolgan

fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol b o la oladi.

Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy

bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi

hamda rivojlanadi. Inson ongli ijtimoiy mavjudot bolgani

bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asoslanadi.

Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy

guruh yoki tabaqaning o‘z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan

holda borliqqa munosabatini ifodalovchi g‘oyalar, nazariyalar, bilimlar

majmuasi, ruhiy holat va e’tiqod mujassami hamda ularning

namoyon bolishidir.

Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga kola, ma’naviy faoliyat

bolgani bois, u borliqqa bolgan ongli, insoniy munosabatning

muayyan yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning

jamiyatdagi axloqiy munosabatlari — axloqiy dunyoqarashlarida,

huquqiy munosabatlari — huquqiy, siyosiy munosabatlari — siyosiy,

diniy munosabatlari — diniy, ekologik munosabatlari — ekologik

14

dunyoqarash shakllarida o‘z ifodasini topgan. Buni tizim tarzida



izohlaydigan bolsak, quyidagicha kolinish kasb etadi:

1. Axloqiy.

2. Diniy.

3. Huquqiy.

4. Siyosiy.

5. Ekologik.

6. Estetik.

Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash

shakllari o‘zaro bogliqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi.

Dunyoqarash tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyotiga

mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan tashqari, har

bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va

dunyoqarashida namoyon boladi. Boshqacha qilib aytganda,

dunyoqarash tizimi va ularning xususiyatlari muayyan inson, ijtimoiy

guruh, tabaqa va butun millatning ma’naviy qiyofasini

belgilab beradi.

«Dunyoqarash» tushunchasi o‘zlikni anglash, vatanparvarlik,

milliy g‘urur, tarixiy xotira, ma’naviy barkamollik kabi tuyg‘u

va tushunchalar bilan uzviy bogliq holda shakllanadi. Chunki,

dunyoqarash aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oydinlashadi,

umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir bolagiga

aylanadi.

Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining

qonuniy natijasi bolib, jamiyat rivojlanishining ma’naviy

mezoni sifatida namoyon bolgan. Taraqqiyotning dastlabki

bosqichlarida kishilarning tabiatga, o‘zlarining ijtimoiy hayotiga

bolgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o‘z ifodasini

topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan.

Yovuzlik va ezgulik oltasidagi kurashda yaxshilikning mudom

tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmunidan

dalolat beradi. Xususan, o‘zbek xalqi sivilizatsiyasi jarayonida

yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og‘zaki

ijod namunalari millatimiz tarixda qanday n a’naviy qiyofaga ega

bolganini hanuz kolsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ahlini

hayratga solmoqda.

inson


ma’naviy kamoloti uchun nihoyatda muhim. Tarix — buyuk

muallim, o‘tmishdan saboq beradigan tarbiyachidir. Gap eng qadimgi

davr falsafasi haqida borar ekan, bu haqiqat yanada katta

ahamiyat kasb etadi. Ayrimlar «Bizga ming yillar qa’rida yotgan

madaniyat va falsafadan nima foyda, yaxshisi, bugunning gapidan

gapiring?”, « 0 ‘tmish qa’ridan tashbeh izlagandan ko‘ra, bugungi

muammolar ustida bosh qotirgan ma’qul emasmi?» degan

xayollarga borishi mumkin. Bir qarashda ularning gapida ham

jon borga o‘xshaydi. Ammo bir narsa aniq: o‘tmishni bilmasdan

turib, kelajakni to‘g‘ri tasavvur etish mumkin emas. Zero,

o‘tmishsiz kelajak yo‘q.

Shu ma’noda, biz falsafa tarixini azbaroyi o‘tmishga qiziqqanimiz

uchun o‘rganmayapmiz. Biz uni turli zamonlarda ro‘y bergan

xilma-xil voqea va hodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday

aks etgani, ularni qanday g‘oyalarning tug‘ilishiga sabab bolgani,

qaysi ta’limotlar insoniyat taraqqiyotiga qanday ta’sir kolsatgani,

qaysi mafkura odamzodni ko‘proq rivojlanish yoki tanazzul tomon

yetaklagani kabi haqiqatlarni bilib olish uchun olganamiz.

Tarixni olganmoq va undan saboq olmoq har bir inson uchun

zarurdir. Bu — falsafa bilan shug‘ullanayotgan mutaxassis uchun

ham, uni olganayotgan talaba uchun ham birdek muhim ahamiyatga

ega. Tarixni falsafasiz to‘g‘ri tushunib bolmagani kabi,

falsafani ham tarix haqiqatisiz to‘g‘ri anglab bolmaydi.


Download 40.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling