Qadimgi Sharq falsafasi va uning milliy yo‘nalishlari. Sharq
qadimiy madaniyat o‘chog‘i va jahon sivilizatsiyasining beshigi
deya bejiz ta’riflanmagan. Zero, Sharqning o‘ziga xosligi, unga
mansub bolgan madaniy taraqqiyot ja h o i sivilizatsiyasining
beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani
ham sir emas.
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda,
ko‘pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bobil
va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri
bo‘lgan Shumer davrlarini, qadimgi Xitoy va Hindiston diyorida
yashagan xalqlarning ma’naviy merosini esga oladi. Bularning
har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining
o‘ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan
tarzda namoyon bolishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat
o‘choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida «Eng qadimgi tarix»
darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o‘sha davrlarda
qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va
imperiyalar bolganini yaxshi biladi. Biz bugun o‘sha davrlardagi
falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari,
o‘ziga xos ta’limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq
tanishmoqchimiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |