Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum bir jarayonda
Download 40.24 Kb.
|
falsafa 10 mavzu
Qadimgi Xitoy falsafasi. Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat
o‘ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o‘rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo‘jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qoliga olgan. Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bolishini o‘ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o‘z ta’sirini olkazgan. 32 Bunday ruhdagi falsafiy g‘oyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy (551—479) ijodida yaqqol aks etgan. Uning «Hikmatlari », ya’ni aforizmlari juda mashhur. Konfutsiy ta’limotida umuminsoniy qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida o‘ziga xos tarzda namoyon bolishi, bu xalqqa xos ma’naviy mezonlar aks etgan. Bu ta’limot bir necha asrlar davomida ushbu hududda milliy g‘oyalar majmuyi, millatning mafkurasi sifatida odamlarning ma’naviy ongi va qiyofasi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan. U hozirgi Xitoyda ham o‘zining muayyan ahamiyatini saqlab qolgan. Bunda, avvalo jamiyatning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotida yuz beradigan ijobiy o‘zgarishlar uni harakatlantiruvchi, taraqqiy ettiruvchi asosiy omil — inson tafakkuri, ruhiyati, his-tuyg‘ulariga samarali ta’sir etadi. Shu bilan bogliq ravishda, Vatan va xalq tarixi, ma’naviy-madaniy meros, ona tili, din, milliy turmush tarzi, milliy urf-odatlarni ya ngi davrning mohiyat- mazmunidan kelib chiqqan holda tiklash, boyitish va milliy g‘urur-iftixorning yuksalishida juda ulkan o‘rin tutadi. 25 Falsafiy dunyoqarashni yangilash zarurati bir qator yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi. 1. Avvalo bu kelajagi buyuk davlatni barpo etish bilan bog‘liq. Bunda ana shu yaratilajak yangi jamiyat haqida, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning qaror topa borishi, islohotlarning inson manfaatlariga xizmat qilishi, milliy uyg‘onish ijtimoiy taraqqiyot taqozosi, komil insonni voyaga yetkazish davr talabi ekani kabi dasturiy vazifalarning hayotiyligi to‘g‘risidagi g'oyalarni odamlar dunyoqarashida qaror toptirish zarur. 2. Falsafiy ongning yangilanishi mohiyat e’tibori bilan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida iqtisodiy mustaqillikka erishish orqali siyosiy mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va aloqalarining o‘sib borishi, tinchlik, osoyishtalik, milliy totuvlik, bahamjihatlikka xizmat qiluvchi g‘oyalarga tayanadi. Uning hayotiyligi xalq irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg‘ulari, orzu-intilishlariga mosligi bilan belgilanadi. 3. Albatta, falsafadagi yangilanish millat va Vatan manfaatlari, istiqbol rejalari, milliy qadriyatlarimiz ruhiga mos holda kechadi. Bu esa, o‘z navbatida, yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, davlatimizning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida xalqimizda to‘g‘ri tasavvur va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini ko‘rsatadi. 4. Falsafiy tafakkur yangilanishi taqozo etadigan eng muhim vazifa poklanish jarayoni odamlar ruhiyati va tafakkurida amaliy tus olishi uchun 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida mujassam etilgan maqsad va g‘oyalarni amalga oshirish yo‘lida xizmat qilishdir. Bu maqsad va g‘oyalar omma manfaatlarini aks ettirgani bois ularni ma’naviy hayot tarzining tarkibiy qismiga aylantirish muhim ahamiyatga ega.
5. Mamlakatimiz mustaqilligi, tinchligi, uning fuqarolari totuvligi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning qadriga yetish, jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi ogohlikni kuchaytirishda falsafa va umuman, ijtimoiy fanlarning ahamiyati beqiyos. Shu bois o‘z xalqi tarixini, o‘z mil- 26 liy madaniyatini, urf-odat va an’analarini yaxshi biladigan, milliy g‘ururi yuksak avlodni tarbiyalash falsafaning muhim vazifasidii. 6. Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi, mohiyat e’tiboriga ko‘ra, insondan, uning ijtimoiy xususiyatlari takomillashuvidim chetda kechadigan jarayon emas. U nafaqat umumjamiyat mit| yosidagi, balki har bir inson kamoloti uchun ham zarur shart sharoit yaratadigan jarayondir. Shu ma’noda, u ham, jamiyatdagi boshqa o‘zgarishlar kabi, avvalo, inson uchun, uning kamoli va hayot farovonligini ta’minlaydigan islohotdir. Mamlakatimizda bu borada juda keng kolamli ishlar boslv lab yuborildi. Bugun ijtimoiy fanlar rivojini zamon talablari da rajasiga yetkazish borasida davlat va jamoat tashkilotlari, olim va ziyolilar oldida g‘oyatda mas’uliyatli vazifalar turibdi. Birgina «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishning o‘zi bir necha yillarga moljallangan keng kolamli faoliyat yo‘nalishlarini nazarda tutadi. Bugungi kunda siyosiy, mafkuraviy va ma’naviy sohalardagi taraqqiyot vazifalari o‘zaro uyg‘unlashib bormoqda, ta’sir doirasi ancha kengaymoqda. Ayniqsa, mafkura borasidagi nazariy faoliyat, targlbot va tashviqotni har tomonlama kuchay tirishga alohida ahamiyat berish zaruratga aylanib bormoqda. Galdagi vazifalar esa, ana shu imkoniyatlarni amaliy ishga aylan tirishda har birimiz o‘z mas’ulligimizni qay darajada sezishimiz va qanday faoliyat yuritishimizga bogliq Inson va jamiyat hayotida axloq talab qiluvchi, tartibga soluvchi, boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi kuch bo‘lganligi uchun ham buyuk mutafakkirlar, shoirlar, olimlar, davlat va jamoat arboblarining diqqatini o‘ziga tortib kelgan. Axloqning mohiyatini, tabiatini tadqiq qilish tarixiylik va mantiqiylik, tizimli yondashuv usullari (metodlari) orqali ish ko‘rishni taqozo etadi. Axloq ilmini o‘rganishga bag‘ishlangan xorijiy va o‘zbek tilidagi adabiyotlarda «axloq», «etika», «moral» degan tushunchalar ko‘plab ishlatiladi. «Etika» so‘zi qadimgi yunonistonlik mutafakkirlar tomonidan fanga kiritilgan. 0 ‘z vaqtida Gomer «ethos» (etos) so'zidan «birgalikda yashaydigan joy, uy, g‘or, uya, in, makon» ma’nosida foydalangan bo‘lsa, eramizdan avvalgi IV asrda yashagan yunon faylasufi Arastu «etos» so‘zidan ikkita: «Etika» (axloq) va «Etikaviylik » (axloqiylik) degan tushunchalarni keltirib chiqaradi. U «axloqiylik»ni inson qalbining takomillashgan sifatlari — xotirjamlik, og‘irlik, vazminlik, bosiqlik, mardlik, botirlik, jasurlik, qahramonlik, o‘rtachalik, mo‘tadillik va hokazolarni ifodalovchi tushuncha deb bilgan. Shu asosda u etikani-yaxshi fazilatlarga (xislatlar) ega bo‘lgan kishilarni yoki kishilarning yaxshi sifatla- rini, ya’ni xayrli, saxovat va himmatli, ezgu ishlarini o‘rgatuvchi ilm sohasi deb tushungan. Darhaqiqat, Arastu etikaga; insonlar o'rtasidagi munosabat doirasi va oqil ijtimoiy hayvon (individ)ning axloqini o‘rganuvchi fan deb, ta’rif bergan. Bu haqda «Nikomax etikasi», «Evdem etikasi », «Katta etika» kitoblarini yozib «etika» faniga asos solgan1. Demak, G‘arbiy Yevropada bundan 2500 yil oldin axloq masalasi ilm sohasi sifatida o‘rganila boshlangan. Axloqshunoslik ilmi tarixida axloq va uning mazmun-mohiyatiga doir juda ko‘plab ta’riflar berilgan. Jumladan, «Falsafa: qomusiy lug‘at»ida: «Axloq (arab. Xulqning ko‘pligi; lot. Moralis — xulq-atvor) — ijtimoiy ong shakllaridan biri. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o‘zaro, Shuningdek, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarni tartibga solib turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar yig‘indisi»2, — deb ta’riflangan. Ba’zi mualliflar «axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega ekanligini, ya’ni umumiy tushuncha sifatida u fanning predmetini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti- harakatining eng qamrovli qismini bildirib, jamiyat, zamon, ba’zan insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan umumbashariy ahamiyatga ega ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa ekanligini ta’kidlaydi3. Har bir insondan umri davomida jamiyatda qabul qilingan urf-odat, an’ana va qonun-qoidalarga amal qilishi talab etiladi. Ana shu jarayonda inson va jamiyat o‘rtasida yuzaga keladigan obyektiv aloqadorlik, ya’ni ijtimoiy munosabat — xulq atvor, odob, xatti-harakat, prinsip va normalarning majmuasi axloq- ning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Binobarin, axloqning tnanbai jamiyat ehtiyoji va manfaatlaridan iborat. Etika axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganadi. «Axloq» so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmuyini, fe’lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so‘zining ko‘plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Demak, axloq deb, avvalo inson bilan inson, so‘ngra inson bilan jamiyat o‘rtasidagi obyektiv va subyektiv aloqadorliklar tufayli kelib chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvoflqlashtirib turish asosida har bir shaxs, jamoa, ijtimoiy guruh, millat, elatning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan, yaxshi ezgu niyatlar sari yo‘naltiradigan, qadriyat maqomini olgan muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat, tamoyil va normalarning majmuyiga aytiladi. Jamiyatning axloqiy hayotini o‘zida aks ettiruvchi axloqni ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida tarkibiy tuzilishi bo‘yicha uchta: — birinchidan, kishilarning kundalik hayotida sodir etadigan axloqiy xatti-harakatlaridan iborat bo‘lgan amaldagi axloq, ya’ni axloqiy amaliyot; — ikkinchidan, muayyan qadriyatlar asosida fikr yuritish, baholash, qadr-qimmatini belgilashni o‘z ichiga oluvchi axloqiy ong; — uchinchidan, o‘zini o‘zi axloqiy anglash — mavjud vaziyatni axloqiy jihatdan tahlil qilishni, ya’ni qalban o‘zi bilan gaplashish, o'zicha baholash, o‘zini nazorat qilish, o‘zini o‘zi takomillashtirish, boshqa odamlar bilan birga ich-ichidan aziyat chekish; aniq vaziyatda yaxshi va yomonni qalban his qilish, yaxshi va yomondan birini tanlashga irodaviy jihatdan tayyor turish kabi darajalarga ajratish mumkin. Ana shu uchta darajadan o‘tgan ijobiy xatti-harakatlar, xususan, yaxshilik, mehr-muruvvat, fidoyilik, saxovat, o‘zaro hurmat, beg'arazlik, shijoat, sadoqat va hokazolar asta-sekinlik bilan axloqiy qadriyatlarga aylanib boradi. Download 40.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling