Paranoyya — fikrlash qobiliyatining buzilishi bo'lib, borliqni, bo'layotgan voqealarni noto'g'ri tahlil qilish bilan namoyon bo'ladi.
Parapsixologiya — inson sezgi a’zolari faoliyatiga aloqador bo'lmagan idrok turlari mavjudligini ilgari suruvchi fan.
Parashizofreniya — haqiqiy shizofreniyaga o'xshab kechadigan reaktiv holat bo'lib, aksariyat hollarda bemorning to'la tuzalishi bilan tugaydi.
Paroksizm — kasallik yoki patologik holatlaming o'tkir xuruji.
Parosmiya — hidlov gallyutsinatsiyalari va illyuziyalari.
Patogenez — kasallikning yoki patologik jarayonlaming kelib chiqishi, rivojlanishi, kechishi va tugallanishi qonuniyatlari haqidagi ta’limot.
Patomorfoz — turli omillar ta’siri ostida kasallikning klinik va morfologik belgilarinimg o'zgarishi, boshqacha tarzda kechishi.
Pedantizm - barcha tartib va qoidalarga qattiq rioya qilish, hamma ishlami aniq bajarishga intilish, rasmiyatchilikka berilish.
Paxigiriya - bosh miya katta yarim sharlari pushtalarining kattalashuvi.
Pedoflliya - yosh bolalar bilan jinsiy yaqinlikka intilish.
Piromaniya - o't qo'yishga intilish.
Pirofobiya - olovdan, o'tdan qo'rqish.
Platseboterapiya - indifferent dorini qo'llab bemorni ishontirib davolash usuli.
Polipnoye - nafas olishning tezlashuvi.
Porentsefaliya — turli bo'shliqlar bilan namoyon bo'Iuvchi bosh miya anomaliyasi.
Premorbid holat — kasallik rivojlanishida, shakllanishida va kechishida katta ahamiyatga ega bo'lgan tug'ma, oritirilgan, biologik va psixologik omillar yig'indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |